وَأُخْرَىٰ لَمْ تَقْدِرُوا۟ عَلَيْهَا قَدْ أَحَاطَ ٱللَّهُ بِهَا ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va sizlar qodir bo`lmagan boshqasini ham (va'da qildi). Uni Alloh ihota qilgan va Alloh har bir narsaga qodir Zotdir.Ва сизлар қодир бўлмаган бошқасини ҳам (ваъда қилди). Уни Аллоҳ иҳота қилган ва Аллоҳ ҳар бир нарсага қодир Зотдир.Alauddin Mansour: Yana boshqa sizlar hali-hanuz qodir boʻlmagan (oʻlja)lar ham borki, Alloh ularni (sizlarning oʻljalaringiz ekanini Oʻz ilmi ilohiysi bilan) ihota qilib olgandir. Alloh barcha narsaga qodir boʻlgan Zotdir.Яна бошқа сизлар ҳали-ҳануз қодир бўлмаган (ўлжа)лар ҳам борки, Аллоҳ уларни (сизларнинг ўлжаларингиз эканини Ўз илми илоҳийси билан) иҳота қилиб олгандир. Аллоҳ барча нарсага қодир бўлган Зотдир.
«Boshqa» fath borasida tafsir ulamolari turli taʼviyllar qilganlar. Jumladan, «boshqasini ham» deganda Xaybar fathi, Makka fathi va yana boshqa fathlarni nazarda tutilgan, deb ham aytishgan. Lekin oyatlarning umumiy maʼnolari, keyingi voqealar, fathlarning jarayoni sinchiklab kuzatilsa, gap Makka fathi ustida borayotgani quvvatliroq boʻlib chiqadi. Chunki, Hudaybiyadan keyin musulmonlar kuch-quvvat ishlatmasdan, aholining yordami ila erishgan eng katta fath Makka fathi edi. Uni shu tarzda amalga oshirishga faqat Alloh taologina qodirdir.
Demak, Hudaybiyadan sulh tufayli oʻljasiz qaytgan moʻminlarga Alloh taolo oʻljaning vaʼdasini berdi, keyinroq esa, oʻzlari qodir boʻlmagan «boshqasini» ham vaʼda qildi. Bundan, agar Hudaybiyada sulh oʻrniga urush boʻlganida, nima boʻlar edi, degan savol chiqadi. Bu savolning javobi keyingi oyatda beriladi. Shu bilan birga, Hudaybiyada moʻminlar zaif-u, mushriklar kuchli boʻlgani sababidan sulh tuzilmagani, balki buning tagida boshqa hikmatlar borligi uqtiriladi.