وَلَوْ قَـٰتَلَكُمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَوَلَّوُا۟ ٱلْأَدْبَـٰرَ ثُمَّ لَا يَجِدُونَ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar kofirlar sizlar bilan urushganlarida, orqaga qarab qochar edilar, so`ngra o`zlariga valiy ham, nusrat berguvchi ham topmasdilar.Агар кофирлар сизлар билан урушганларида, орқага қараб қочар эдилар, сўнгра ўзларига валий ҳам, нусрат бергувчи ҳам топмасдилар.Alauddin Mansour: Agar (Makka ahlidan) kofir boʻlgan kimsalar (sulh tuzish oʻrniga) sizlar bilan jang qilganlarida, albatta ortlariga qarab qochgan boʻlur edilar. Soʻngra ular na bir doʻst va na bir yordamchi toparlar.Агар (Макка аҳлидан) кофир бўлган кимсалар (сулҳ тузиш ўрнига) сизлар билан жанг қилганларида, албатта ортларига қараб қочган бўлур эдилар. Сўнгра улар на бир дўст ва на бир ёрдамчи топарлар.
Darhaqiqat, moʻminlar haqiqiy moʻmin boʻlsalar, kofirlar doimo ulardan yengiladilar, ular bilan toʻqnashganda ortga qarab qochadilar. Moʻminlarga doimo Alloh taoloning Oʻzi valiy va nusrat berguvchi boʻlib turgan bir paytda, kofirlarning bunday valiysi va nusrat berguvchisi boʻlmaydi. Chunki, bu narsa: