QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Fath surasi · Oyatсураси · Оят23

سُنَّةَ ٱللَّهِ ٱلَّتِى قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلُ ۖ وَلَن تَجِدَ لِسُنَّةِ ٱللَّهِ تَبْدِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning avvaldan kelayotgan sunnatidir. Va Allohning sunnatini hech o`zgartira olmassan.Аллоҳнинг аввалдан келаётган суннатидир. Ва Аллоҳнинг суннатини ҳеч ўзгартира олмассан.Alauddin Mansour: Bu, yaʼni moʻminlar zafar topib, kofirlar magʻlub boʻlishi Allohning yoʻli — qonuni boʻlib, ilgari ham oʻtgandir. Allohning yoʻlini esa hargiz oʻzgartira olmassiz.Бу, яъни мўминлар зафар топиб, кофирлар мағлуб бўлиши Аллоҳнинг йўли — қонуни бўлиб, илгари ҳам ўтгандир. Аллоҳнинг йўлини эса ҳаргиз ўзгартира олмассиз.

513-sahifa · 26-juz · 52-hizb513-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
سُنَّةَsunnatidirсуннатидирٱللَّهِAllohningАллоҳнингٱلَّتِىki, uки, уقَدْbatahqiqбатаҳқиқخَلَتْoʻtib kelganўтиб келганمِن-dan-данقَبْلُ ۖavvalаввалوَلَنva hargiz emasва ҳаргиз эмасتَجِدَtopasanтопасанلِسُنَّةِsunnatigaсуннатигаٱللَّهِAllohningАллоҳнингتَبْدِيلًۭاoʻzgartirishniўзгартиришни
TafsirТафсир

Shunday qilib, Alloh taolo moʻminlarning gʻalabasini va kofirlarning magʻlubiyatini Oʻz sunnatiga bogʻlab qoʻymoqda. Haqiqatan ham, iymon kufrdan, moʻminlar kofirlardan doimo ustun keladilar. Zafar doimo moʻminlarga yor boʻladi. Toʻgʻri, zafar kechikishi, ortga surilishi yoki vaqtinchalik magʻlubiyatlar boʻlishi mumkin. Bu hollar moʻminlarning shaxslaridagi kamchiliklari, goho iymon taqozosi darajasida yurmasliklari, maʼlum davrlarda hatto aqiydadan chekinib, xurofotu bidʼatlarga berilishlari, xullas, jaholatga botishlari sababli va yana Allohning Oʻzi biladigan boshqa hikmatlar tufayli roʻy beradi. Moʻminlarning kofirlar ustidan gʻalaba qilishlari Allohning hech oʻzgartirib boʻlmaydigan sunnati boʻlganidan keyin, moʻminlar koʻngilni toʻq qilib, harakatni kuchaytirishlari lozim. Kelasi oyatda Alloh taolo moʻminlarga Hudaybiya sulhi davomida ularga qilgan yana bir yaxshiligini eslatadi: