وَهُوَ ٱلَّذِى كَفَّ أَيْدِيَهُمْ عَنكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ عَنْهُم بِبَطْنِ مَكَّةَ مِنۢ بَعْدِ أَنْ أَظْفَرَكُمْ عَلَيْهِمْ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot Makka vodiysida sizlarni ularning ustidan zafar qozontirganidan so`ng ularning qo`llarini sizdan, sizning qo`lingizni ulardan to`sgan Zotdir. Va Alloh qilayotgan amallaringizni ko`rib turuvchidir.У зот Макка водийсида сизларни уларнинг устидан зафар қозонтирганидан сўнг уларнинг қўлларини сиздан, сизнинг қўлингизни улардан тўсган Зотдир. Ва Аллоҳ қилаётган амалларингизни кўриб турувчидир.Alauddin Mansour: U (Alloh) Makkaning ichida (yaʼni, Hudaybiyyada) sizlarni ularning (Makka mushriklarining) ustiga gʻolib qilganidan keyin ularning qoʻllarini sizlardan, sizlarning qoʻllaringizni ulardan toʻsgan (yaʼni, oʻrtalaringizda sulh paydo qilgan) Zotdir. Alloh qilayotgan amallaringizni koʻrib turguvchi boʻlgan Zotdir.У (Аллоҳ) Макканинг ичида (яъни, Ҳудайбийяда) сизларни уларнинг (Макка мушрикларининг) устига ғолиб қилганидан кейин уларнинг қўлларини сизлардан, сизларнинг қўлларингизни улардан тўсган (яъни, ўрталарингизда сулҳ пайдо қилган) Зотдир. Аллоҳ қилаётган амалларингизни кўриб тургувчи бўлган Зотдир.
Bildikki, Hudaybiya sulhining oʻzi moʻminlar uchun katta zafar, gʻalabadir. Oʻsha zafar yakunlanish arafasida bir guruh mushriklar fitna qoʻzgʻab sulhni bekorga chiqarishga urinib koʻrishdi. Lekin Alloh taoloning inoyati bilan fitna sodir boʻlmadi, qon toʻkilmadi. Musulmonlar zafar quchib, mushriklar dogʻda qoldilar. Ushbu hodisani moʻminlar oʻz koʻzlari bilan koʻrganlar, ishtirok etganlar, endi esa, oʻzlari uchun eng mahbub boʻlgan ilohiy kitob Qurʼonda oyat boʻlib nozil boʻlmoqda.
Mazkur hodisani imom Ahmad ibn Hanbal Abdulloh ibn Magʻfal roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: «Alloh Qurʼonda zikr qilgan daraxt ostida Paygʻambar alayhissalom bilan oʻtirgan edik. Daraxtning shoxi Rasulullohning orqalariga tushib turardi. Ul zot Ali ibn Abu Tolibga sulh matnini aytar, u esa yozar edi. Birdan, oʻttiztacha yosh yigit qurollarini chiqarib, bizga hujum qilib qoldilar. Rasululloh alayhissalom duo qilgan edilar, ular joylarida qotib qoldilar. Oʻrnimizdan turib ularni ushlab keldik. Paygʻambar alayhissalom ularga: «Birovning ahdiga binoan keldinglarmi yoki birov sizlarga omonlik berdimi?»–dedilar. Ular: «yoʻq», deyishdi. Hammalarini qoʻyib yuborganlaridan soʻng, «U zot Makka vodiysida sizlarni ularning ustidan zafar qozontirganidan soʻng...» oyati tushdi.
Oyatda «Makka vodiysi» deb Hudaybiya nazarda tutilgan. Endi keladigan oyatlarda esa, moʻminlarning dushmani boʻlmish kofirlar va Makka mushriklarining holatlari bildiriladi: