هُمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَصَدُّوكُمْ عَنِ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ وَٱلْهَدْىَ مَعْكُوفًا أَن يَبْلُغَ مَحِلَّهُۥ ۚ وَلَوْلَا رِجَالٌ مُّؤْمِنُونَ وَنِسَآءٌ مُّؤْمِنَـٰتٌ لَّمْ تَعْلَمُوهُمْ أَن تَطَـُٔوهُمْ فَتُصِيبَكُم مِّنْهُم مَّعَرَّةٌۢ بِغَيْرِ عِلْمٍ ۖ لِّيُدْخِلَ ٱللَّهُ فِى رَحْمَتِهِۦ مَن يَشَآءُ ۚ لَوْ تَزَيَّلُوا۟ لَعَذَّبْنَا ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular kufr keltirgan, sizlarni Masjidul Haromdan, qurbonliklarni esa, ushlanib o`z joyiga yetishidan to`sgan kishilardir, agar siz bilmaydigan mo`min erkaklar va mo`mina ayollar bo`lmaganida, sizga bilmasdan ularni halok qilganingiz tufayli gunoh yetishi bo`lmaganida edi, Alloh kimni xohlasa, O`z rahmatiga kiritishi uchun, agar ajrab turganlarida edi, ulardan kofirlarini alamli azob ila azoblar edik.Улар куфр келтирган, сизларни Масжидул Ҳаромдан, қурбонликларни эса, ушланиб ўз жойига етишидан тўсган кишилардир, агар сиз билмайдиган мўмин эркаклар ва мўмина аёллар бўлмаганида, сизга билмасдан уларни ҳалок қилганингиз туфайли гуноҳ етиши бўлмаганида эди, Аллоҳ кимни хоҳласа, Ўз раҳматига киритиши учун, агар ажраб турганларида эди, улардан кофирларини аламли азоб ила азоблар эдик.Alauddin Mansour: Ular (Makka mushriklari) kofir boʻlgan va sizlarni Masjidul-Haromdan, hadya (qurbonlik qilish uchun olgan hayvonlaringiz)ni esa mahbus boʻlgan holida, oʻz joyiga yetishdan toʻsgan kimsalardir. Agar (Makkada) sizlar bilmagan moʻmin kishilar va moʻmina ayollar boʻlmasa edi — sizlar ularni bilmagan holingizda (mushriklardan deb oʻylab) bostirib — halok qilib qoʻyib, ular sababli sizlarga or-gunoh yetmasa edi, (Alloh sizlarni Makkaga yurish qilishdan toʻsmagan boʻlur edi). Alloh Oʻzi xohlagan kishilarni Oʻz rahmatiga doxil qilish uchun (yaʼni, ularni mushriklar qatorida halok boʻlib ketishlaridan asrash uchun sizlarni jang qilishdan toʻsdi). Agar (moʻminlar) ajralib olganlarida, albatta ulardan (yaʼni, Makka ahlidan) kofir boʻlgan kimsalarni alamli azob-la azoblagan boʻlur edik.Улар (Макка мушриклари) кофир бўлган ва сизларни Масжидул-Ҳаромдан, ҳадя (қурбонлик қилиш учун олган ҳайвонларингиз)ни эса маҳбус бўлган ҳолида, ўз жойига етишдан тўсган кимсалардир. Агар (Маккада) сизлар билмаган мўмин кишилар ва мўмина аёллар бўлмаса эди — сизлар уларни билмаган ҳолингизда (мушриклардан деб ўйлаб) бостириб — ҳалок қилиб қўйиб, улар сабабли сизларга ор-гуноҳ етмаса эди, (Аллоҳ сизларни Маккага юриш қилишдан тўсмаган бўлур эди). Аллоҳ Ўзи хоҳлаган кишиларни Ўз раҳматига дохил қилиш учун (яъни, уларни мушриклар қаторида ҳалок бўлиб кетишларидан асраш учун сизларни жанг қилишдан тўсди). Агар (мўминлар) ажралиб олганларида, албатта улардан (яъни, Макка аҳлидан) кофир бўлган кимсаларни аламли азоб-ла азоблаган бўлур эдик.
Ushbu oyatda dushmanlarning ochiq-oydin kofir ekanliklari taʼkidlanmoqda va avval bildirganimizdek, ular dunyoda hech kim qilmagan ishni sodir etganlarini, yaʼni, Kaʼbatullohni ziyorat qilgani kelayotgan kishilarning yoʻllarini toʻsib, ularni Masjidul Haromdan manʼ qilishgani aytilmoqda.
Shundan soʻng Alloh taolo musulmonlarga Hudaybiya sulhini ravo koʻrganining hikmatlaridan birini oshkor qiladi:
«Agar siz bilmagan moʻmin erkak va moʻmina ayollar boʻlmaganida, sizga bilmasdan ularni halok qilganingiz tufayli gunoh yetishi boʻlmaganida edi...»
Demak, Makkai Mukarramada kofirlardan qoʻrqib iymonini yashirib yurgan moʻmin va moʻminalar bor. Agar urushga ruxsat berilganda, musulmonlar bilmasdan oʻsha din qardoshlarini ham oʻldirib yuborishlari mumkin. Bu esa, katta musiybat boʻlar edi. Buning ustiga, musulmonlar oʻz dinidagilarni ham oʻldirishayapti, degan malomat tarqalar edi. Ayni chogʻda, kofirlarning ichida ham keyinchalik Islomga kelib, hidoyat yoʻliga kirishi mumkin boʻlgan kishilar koʻpchilik edilar. Haqiqatan ham, ularning barchasi Makka fathidan soʻng musulmon boʻlib dinga katta xizmatlar qilishdi. Shuning uchun ham, oyatning oʻrtasida,
«Alloh kimni xohlasa, Oʻz rahmatiga kiritishi uchun», degan jumla keltirildi.
Yaʼni, shu sabablardan urushning oldi olindi, ularning qoʻli sizdan, sizning qoʻlingiz ulardan toʻsildi, deyilmoqda.
Oyatning soʻnggi qismida esa, agar Makka ahlining kofir va moʻminlari bir-birlaridan ajrab turganlarida, Alloh taolo ulardan kofirlarini alamli azob ila tutishi turgan gap ekanligi taʼkidlanadi. Bu oyatda kofirlarning sirtlari vasf qilindi. Keyingi oyatda ularning ichlari fosh qilinadi: