إِذْ جَعَلَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فِى قُلُوبِهِمُ ٱلْحَمِيَّةَ حَمِيَّةَ ٱلْجَـٰهِلِيَّةِ فَأَنزَلَ ٱللَّهُ سَكِينَتَهُۥ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ وَعَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ وَأَلْزَمَهُمْ كَلِمَةَ ٱلتَّقْوَىٰ وَكَانُوٓا۟ أَحَقَّ بِهَا وَأَهْلَهَا ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Esla! Kufr keltirganlar qalblarida «hamiyyat»ni, «johiliyat hamiyyati»ni joylaganlarida, Alloh O`z sokinligini Payg`ambariga va mo`minlarga tushirdi va ularga taqvo kalimasini lozim ko`rdi, ular ushbuga haqli va ahl edilar. Va Alloh har bir narsani biluvchidir.Эсла! Куфр келтирганлар қалбларида «ҳамийят»ни, «жоҳилият ҳамийяти»ни жойлаганларида, Аллоҳ Ўз сокинлигини Пайғамбарига ва мўминларга туширди ва уларга тақво калимасини лозим кўрди, улар ушбуга ҳақли ва аҳл эдилар. Ва Аллоҳ ҳар бир нарсани билувчидир.Alauddin Mansour: Oʻshanda kofir boʻlgan kimsalar dillariga qiziqqonlikni — dinsizlik qiziqqonligini solganlarida (yaʼni, Muhammad alayhis-salotu vas-salomning paygʻambar ekanliklarini inkor etishib, musulmonlarni Makkaga kirishdan toʻsganlarida) Alloh Oʻz paygʻambarining va moʻminlarning ustiga Oʻz sakinat — oromini tushirdi va ularga taqvo kalimasini (yaʼni, «La ilaha illalloh» kalimasini) lozim qildi. Ular oʻsha (kalima)ga juda haqdor va ahl-loyiq edilar. Alloh barcha narsani bilguvchi boʻlgan Zotdir.Ўшанда кофир бўлган кимсалар дилларига қизиққонликни — динсизлик қизиққонлигини солганларида (яъни, Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломнинг пайғамбар эканликларини инкор этишиб, мусулмонларни Маккага киришдан тўсганларида) Аллоҳ Ўз пайғамбарининг ва мўминларнинг устига Ўз сакинат — оромини туширди ва уларга тақво калимасини (яъни, «Ла илаҳа иллаллоҳ» калимасини) лозим қилди. Улар ўша (калима)га жуда ҳақдор ва аҳл-лойиқ эдилар. Аллоҳ барча нарсани билгувчи бўлган Зотдир.
Hamiyyat, aslida, ijobiy maʼnodagi soʻz boʻlib, or-nomus himoyasini anglatadi. Ammo, bu oyatdagi kofirlarning johillarcha oʻz aytganlarini himoya qilishlari kesatiq maʼnosida «johiliyat hamiyyati» deb atalmoqda. Chunki, kofirlar gʻirt johillik qildilar. Nima boʻlsa ham, bizning aytganimiz boʻlishi kerak, deb turib oldilar. Holbuki, ular johiliyat uchun hamiyyat qilishdi. Din uchun, diyonat uchun yoki biror fazilat, yaxshilik uchun emas. Shuning orqasidan Muhammad alayhissalom boshchiliklaridagi sof niyatli musulmonlarni Masjidul Haromdan manʼ qildilar. Allohning uyini ziyorat qilishlariga yoʻl qoʻymadilar. Ularning qurbonlik niyatida Madiynadan haydab kelgan hayvonlarini ibodat joyiga olib borib soʻyishlariga ham imkon bermadilar. Hech bir vaqt, hech bir sharoitda ham sodir etilmagan sharmandalikni qildilar: Ular Baytullohning hurmatini oyoq osti etib, Masjidul Haromning muqaddasligiga munkir boʻldilar. Nima boʻlsa ham, bizning aytganimiz boʻlsin, deb turib oldilar.
Makka mushriklarining bu holatlariga qarshi ikkinchi taraf–Muhammad alayhissalom boshliq musulmonlar oʻzlarini qanday tutdilar? Ichki dunyolari qanday namoyon boʻldi?! Alloh taolo ularning qalbiga hamiyyatning oʻrniga sokinlik va halovat soldi. Ular mutakabbirlik qilmadilar, tugʻyonga ketmadilar, oʻzlari yo qabilalari uchun gʻazabga kelmadilar. Aksincha, hamma narsani kamtarlik va osoyishtalik bilan, Allohning roziligini tilab qildilar. Ularga Alloh taolo taqvo kalimasini ravo koʻrgani ham shundan. Shuning uchun ham, ular taqvo kalimasiga haqli va ahl boʻlganlar.
«Alloh har bir narsani biluvchi zotdir.»
Oʻtgan sahifalarda aytdikki, Paygʻambarimiz boshchiliklaridagi sahobai kiromlarning umra niyatida Makkai Mukarrama tomon yurishlarining asosiy sababi Muhammad alayhissalom koʻrgan tushlari edi. Tushlarida sochlarini olgan holatda Baytullohni ziyorat qilib yurganliklari ayon boʻlgan edi. Paygʻambarlarning tushi vahiy boʻlishiga, Kaʼbani tavof qilishlari aniqligiga hammaning ishonchi komil edi. Biroq, niyatlari roʻyobga chiqmadi, aksincha, mushriklar bilan oʻrtada sulh tuzilib, orqaga qaytishdi. Bu holatdan koʻpchilik musulmonlarning qalblarida, Rasulullohning tushlari oʻngidan kelmadi, degan fikr paydo boʻldi. Keyingi oyat bunday fikrlarning asossiz ekanligini maʼlum qiladi: