QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hujurat surasi · Oyatсураси · Оят10

إِنَّمَا ٱلْمُؤْمِنُونَ إِخْوَةٌ فَأَصْلِحُوا۟ بَيْنَ أَخَوَيْكُمْ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, mo`minlar birodardirlar, bas, ikki birodaringiz o`rtasini isloh qiling, Allohga taqvo qiling, shoyadki, rahim qilinsangiz.Албатта, мўминлар биродардирлар, бас, икки биродарингиз ўртасини ислоҳ қилинг, Аллоҳга тақво қилинг, шоядки, раҳим қилинсангиз.Alauddin Mansour: Moʻminlar hech shak-shubhasiz, ogʻa-inilardir. Bas, sizlar ikki ogʻa-iningizning oʻrtasini oʻnglab qoʻyinglar! Allohdan qoʻrqinglar — shoyad U zot tomonidan boʻladigan rahmatga erishsangizlar.Мўминлар ҳеч шак-шубҳасиз, оға-инилардир. Бас, сизлар икки оға-инингизнинг ўртасини ўнглаб қўйинглар! Аллоҳдан қўрқинглар — шояд У зот томонидан бўладиган раҳматга эришсангизлар.

516-sahifa · 26-juz · 52-hizb516-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّمَاalbatta, faqatалбатта, фақатٱلْمُؤْمِنُونَmoʻminlarмўминларإِخْوَةٌۭbirodardirlarбиродардирларفَأَصْلِحُوا۟bas, isloh qilingбас, ислоҳ қилингبَيْنَoʻrtasiniўртасиниأَخَوَيْكُمْ ۚikki birodaringizикки биродарингизوَٱتَّقُوا۟va taqvo qilingва тақво қилингٱللَّهَAllohgaАллоҳгаلَعَلَّكُمْshoyadkiшоядкиتُرْحَمُونَrahm qilinsangizраҳм қилинсангиз
TafsirТафсир

Oyati karimada «birodar» deb tarjima qilingan soʻzimiz arab tilida birlikda «axun» kalimasi bilan ifoda qilinib, ikki xil maʼnoda ishlatiladi.

Birinchisi–aka yoki uka, yaʼni,tugʻishgan birodar maʼnosida.

Ikkinchisi–doʻst, ogʻayni, yaʼni, tutingan birodar maʼnosida ham ishlatiladi.

Ammo xuddi shu soʻzning oʻzi jam siygʻasida kelganda, maʼnosiga qarab ikki xil shaklda keladi:

Birinchisi, «ixvatun» boʻlib, tugʻishgan birodarlar maʼnosini anglatadi.

Ikkinchisi, «ixvonun» boʻlib, doʻstlashgan birodarlar maʼnosini anglatadi.

Qurʼoni Karimning moʻʼjizaligini qarangki, moʻminlarning birodarligi haqida soʻz ketganda tugʻishgan birodarlar maʼnosidagi «ixvatun» soʻzi ishlatilgan va bu bilan moʻminlar xuddi tugʻishgan aka-ukalardek ekanligi taʼkidlangan.

«Albatta, moʻminlar birodardirlar.»

Darhaqiqat, bu birodarlik din qardoshligi boʻlib, dunyodagi barcha insoniy aloqalardan ustun turadi. Bu birodarlik Alloh uchun, dinu diyonat uchun, Islom-iymon uchundir va u oʻzaro muhabbat, tinchlik-omonlik va hamkorlik asosiga qurilgan boʻladi. Bu birodarlikka futur yetsa, zudlik bilan isloh qilishga oʻtmoq kerak. Shuning uchun ham, oyatda Alloh:

«bas, ikki birodaringiz oʻrtasini isloh qiling», deb taʼkidlamoqda.

Albatta, urushganlarning oʻrtasini sulh qilish oson emas, turli holatlar kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun ham, isloh qilmoqchi boʻlgan taraf oʻziga Allohning taqvosini qurol qilib olishi zarur. Faqat shundagina adolat bilan ish tutishga muyassar boʻladi. Oyatning oxiridagi amr shuning uchun keltirilgan:

«Va Allohga taqvo qiling, shoyadki, rahim qilinsangiz».

Keyingi keladigan oyatlarda mazkur qimmatli va zaruriy birodarlikni buzuvchi baʼzi ijtimoiy kasallik boʻlmish yomon odatlardan moʻminlarni qaytarish uchun koʻrsatmalar keladi.