QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hujurat surasi · Oyatсураси · Оят9

وَإِن طَآئِفَتَانِ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ ٱقْتَتَلُوا۟ فَأَصْلِحُوا۟ بَيْنَهُمَا ۖ فَإِنۢ بَغَتْ إِحْدَىٰهُمَا عَلَى ٱلْأُخْرَىٰ فَقَـٰتِلُوا۟ ٱلَّتِى تَبْغِى حَتَّىٰ تَفِىٓءَ إِلَىٰٓ أَمْرِ ٱللَّهِ ۚ فَإِن فَآءَتْ فَأَصْلِحُوا۟ بَيْنَهُمَا بِٱلْعَدْلِ وَأَقْسِطُوٓا۟ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُقْسِطِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar mo`minlardan ikki toifa urishib ketsalar, bas, o`rtalarini isloh qiling. Agar ulardan biri ikkinchisiga tajovuz qilsa, siz tajovuz qilganiga qarshi, to u Allohning amriga qaytgunicha, urushing, agar qaytsa, bas, o`rtalarini adolat bilan isloh qiling. Odil bo`ling, albatta, Alloh adolat qilguvchilarni suyadir.Агар мўминлардан икки тоифа уришиб кетсалар, бас, ўрталарини ислоҳ қилинг. Агар улардан бири иккинчисига тажовуз қилса, сиз тажовуз қилганига қарши, то у Аллоҳнинг амрига қайтгунича, урушинг, агар қайтса, бас, ўрталарини адолат билан ислоҳ қилинг. Одил бўлинг, албатта, Аллоҳ адолат қилгувчиларни суядир.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), agar moʻminlardan boʻlgan ikki toifa (bir-birlari bilan) urushib qolsalar, darhol ularning oʻrtasini oʻnglab qoʻyinglar! Endi agar ulardan birovi ikkinchisining ustiga tajovuz qilsa, bas, to (tajovuzkor toifa) Allohning amriga qaytgunicha, sizlar tajovuz qilgan (toifa) bilan urushinglar! Endi agar u (toifa tajovuzkorlikdan) qaytsa, sizlar darhol ularning oʻrtasini adolat bilan oʻnglab qoʻyinglar. (Mudom) adolat qilinglar! Zero, Alloh adolat qilguvchilarni sevar.(Эй мўминлар), агар мўминлардан бўлган икки тоифа (бир-бирлари билан) урушиб қолсалар, дарҳол уларнинг ўртасини ўнглаб қўйинглар! Энди агар улардан бирови иккинчисининг устига тажовуз қилса, бас, то (тажовузкор тоифа) Аллоҳнинг амрига қайтгунича, сизлар тажовуз қилган (тоифа) билан урушинглар! Энди агар у (тоифа тажовузкорликдан) қайтса, сизлар дарҳол уларнинг ўртасини адолат билан ўнглаб қўйинглар. (Мудом) адолат қилинглар! Зеро, Аллоҳ адолат қилгувчиларни севар.

516-sahifa · 26-juz · 52-hizb516-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنva agarва агарطَآئِفَتَانِikki toifaикки тоифаمِنَ-dan-данٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlarмўминларٱقْتَتَلُوا۟urushib ketsalarурушиб кетсаларفَأَصْلِحُوا۟bas, isloh qilingбас, ислоҳ қилингبَيْنَهُمَا ۖikkovining oʻrtasiniикковининг ўртасиниفَإِنۢbas, agarбас, агарبَغَتْtajovuz qilsaтажовуз қилсаإِحْدَىٰهُمَاulardan biriулардан бириعَلَى-ga-гаٱلْأُخْرَىٰikkinchisigaиккинчисигаفَقَـٰتِلُوا۟bas, urushingбас, урушингٱلَّتِىoʻsha (toifaga)ўша (тоифага)تَبْغِىtajovuz qilganigaтажовуз қилганигаحَتَّىٰtoтоتَفِىٓءَqaytgunichaқайтгуничаإِلَىٰٓ-ga-гаأَمْرِamriамриٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингفَإِنbas, agarбас, агарفَآءَتْqaytsaқайтсаفَأَصْلِحُوا۟bas, isloh qilingбас, ислоҳ қилингبَيْنَهُمَاoʻrtalariniўрталариниبِٱلْعَدْلِadolat bilanадолат биланوَأَقْسِطُوٓا۟ ۖva odil boʻlingва одил бўлингإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳيُحِبُّsuyadirсуядирٱلْمُقْسِطِينَadolat qilguvchilarniадолат қилгувчиларни
TafsirТафсир

Aslida, moʻmin-musulmonlar bir oila farzandlaridek doʻst- birodar boʻlishlari zarur. Ularning bir-birlari bilan urishishlari harom. Paygʻambar alayhissalom, ikki musulmon qilichlari bilan toʻqnashsalar, oʻldirgan ham, oʻlgan ham doʻzaxdadir, deganlar. Lekin ushbu oyatdan maʼlum boʻlyaptiki, farazan, moʻminlardan ikki toifa urishib ketishlari mumkin. Alloh koʻrsatmasin-u, lekin mabodo, shunday boʻladigan boʻlsa, qolgan moʻminlarga urishib ketgan oʻsha ikki toifani yarashtirib, sulhga keltirib qoʻyish vojib boʻladi. Bu ish qilinmasa, hamma gunohkor boʻladi. Chunki, Alloh taoloning:

«Agar moʻminlardan ikki toifa urishib ketsalar, bas, oʻrtalarini isloh qiling», degan amri bajarilmagan boʻladi.

Isloh qilib boʻlingandan soʻng oʻsha urishgan ikki toifadan biri sulhni buzib, ikkinchisiga tajovuz qilsa u toifani «toifai bogʻiya», deb ataladi va unga qarshi barcha urush qiladi. Bu urush «toifai bogʻiya» Allohning amriga, yaʼni, Qurʼon va Sunnatga qaytguncha davom etadi. Oyatda

«Agar ulardan biri ikkinchisiga tajovuz qilsa, siz tajovuz qilganiga qarshi, to u Allohning amriga qaytgunicha urushing», deyilishidan murod shu.

Odatda, bir-ikki soʻzga koʻnmagan shaxs yoki toifaga nisbatan oradagi isloh qiluvchilarda ham maʼlum xafachilik, ginaxonlik paydo boʻlib qoladi. Urushdan keyin Allohning amriga qaytgan «toifai bogʻiya» bilan ikkinchi toifani yana isloh qilish paytida, mazkur ruhiy holat, xafachilik va ginaxonlik oʻzini koʻrsatib, adolatsizlikka yoʻl qoʻyilmasin, deb oyatning oxirida takror-takror adolatli boʻlishga amr qilinib, yana, Alloh adolatlilarni sevishi taʼkidlanmoqda.

«Odil boʻling, albatta, Alloh adolat qilguvchilarni suyadi.»

Urishib ketgan taraflar oʻrtasini isloh qilish nizomiga hozirgi kunda insoniyatning hojati tez-tez tushib turibdi. Lekin nizom toʻliq va adolatli boʻlmaganidan, orada yanada koʻproq nizolar chiqishiga sabab boʻlmoqda. Qurʼoni Karim bundan oʻn toʻrt asr avval olib kelgan nizom esa, eng adolatli nizomdir. Chunki, bu nizom boʻyicha, urishib qolgan bandalarning orasidagi mojaro barcha bandalarning bab-baravar tarbiyachisi boʻlgan Alloh–Robbul olamiynning hukmi bilan hal etiladi. Bu ilohiy nizomda adolat, insof, omonat va poklik asos qilib olingandir.

Keyingi oyatda moʻmin-musulmonlarning ragʻbatlarini qoʻzituvchi, ularni urushdan keyin yarashtiruvchi, tarqoqlikdan soʻng birlashtiruvchi ulugʻ birodarlik neʼmati eslatiladi.