فَضْلًا مِّنَ ٱللَّهِ وَنِعْمَةً ۚ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu, Alloh tomonidan fazl va ne'matdir. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.Бу, Аллоҳ томонидан фазл ва неъматдир. Аллоҳ билувчи ва ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: (Bu) Alloh tomonidan boʻlgan fazlu marhamat va neʼmatdir. Alloh bilim va hikmat Sohibidir.(Бу) Аллоҳ томонидан бўлган фазлу марҳамат ва неъматдир. Аллоҳ билим ва ҳикмат Соҳибидир.
Yaʼni: Alloh taoloning baʼzi bandalariga iymonni mahbub koʻrsatib, ularning qalblarida uni ziynatlashi, kufr, fisq va isyonni yomon koʻrsatib qoʻyishi:
«Alloh tomonidan fazl va neʼmatdir».
Darhaqiqat, Allohning Oʻzidan boshqa hech bir zot, hatto Paygʻambar ham, odamlarning qalbiga iymonni sola olmaydi. Bu ishni yagona Allohning Oʻzi fazli bilan bandalariga neʼmat qilib bera oladi, xolos.
«Alloh biluvchi va hikmatli zotdir.»
Chunki, Alloh hamma narsani yaxshi biladi, Uning bilimi cheksizdir va u ulkan hikmat sohibidir.
Avvalgi oyatlarda Alloh taolo moʻmin bandalarini fosiqning xabarini qabul qilishdan qaytardi. Oqibati afsus-nadomat boʻladigan ishlardan ogohlantirdi. Keyingi oyatda esa, iymonni qalblariga solganini taʼkidladi.
Endi esa, avvalgi oyatlar hukmiga amal qilinmasa, nima boʻlishini, jumladan, fosiqning gapiga ishonib oʻzaro urishib ketishlari mumkinligini va shunga doir masalalarni bayon qilishga kirishiladi: