وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ فِيكُمْ رَسُولَ ٱللَّهِ ۚ لَوْ يُطِيعُكُمْ فِى كَثِيرٍ مِّنَ ٱلْأَمْرِ لَعَنِتُّمْ وَلَـٰكِنَّ ٱللَّهَ حَبَّبَ إِلَيْكُمُ ٱلْإِيمَـٰنَ وَزَيَّنَهُۥ فِى قُلُوبِكُمْ وَكَرَّهَ إِلَيْكُمُ ٱلْكُفْرَ وَٱلْفُسُوقَ وَٱلْعِصْيَانَ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلرَّٰشِدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va bilinglarki, albatta, ichlaringizda Rasululloh bordir. Agar u ishlardan ko`pida sizga itoat qilsa, albatta, qiyinchilikka duchor bo`lardingiz. Lekin, Alloh sizlarga iymonni mahbub qildi va uni qalblaringizda ziynatladi va sizlarga kufrni, fisqni va isyonni yomon ko`rsatdi. Ana o`shalar to`g`rilikda yuruvchilardir.Ва билингларки, албатта, ичларингизда Расулуллоҳ бордир. Агар у ишлардан кўпида сизга итоат қилса, албатта, қийинчиликка дучор бўлардингиз. Лекин, Аллоҳ сизларга иймонни маҳбуб қилди ва уни қалбларингизда зийнатлади ва сизларга куфрни, фисқни ва исённи ёмон кўрсатди. Ана ўшалар тўғриликда юрувчилардир.Alauddin Mansour: Va bilinglarki, oralaringizda Allohning paygʻambari bor. Agar u koʻp ish(lar)da sizlarga (iymoni komil boʻlmagan johil kimsalarga) boʻyinsunsa, (yaʼni, Alloh tomonidan vahiy nozil boʻlishini kutmasdan sizlar keltirgan xabarlarga ishonadigan boʻlsa), albatta sizlar balo-musibatlarga duchor boʻlur edingizlar. Lekin Alloh sizlarga (iymoni komil, taqvo imtihonidan oʻtgan zotlarga iymonni suyukli qildi va uni dillaringizga chiroyli koʻrsatdi hamda sizlarga kufrni, (Alloh va paygʻambarga) itoatsizlikni va isyonni yomon koʻrsatib qoʻydi. Ana oʻshalargina (yaʼni, iymon yoʻlida sobitqadam boʻlib, kufr-isyonni yomon koʻrgan kishilargina) Toʻgʻri Yoʻlga yurguvchi zotlardir.Ва билингларки, ораларингизда Аллоҳнинг пайғамбари бор. Агар у кўп иш(лар)да сизларга (иймони комил бўлмаган жоҳил кимсаларга) бўйинсунса, (яъни, Аллоҳ томонидан ваҳий нозил бўлишини кутмасдан сизлар келтирган хабарларга ишонадиган бўлса), албатта сизлар бало-мусибатларга дучор бўлур эдингизлар. Лекин Аллоҳ сизларга (иймони комил, тақво имтиҳонидан ўтган зотларга иймонни суюкли қилди ва уни дилларингизга чиройли кўрсатди ҳамда сизларга куфрни, (Аллоҳ ва пайғамбарга) итоатсизликни ва исённи ёмон кўрсатиб қўйди. Ана ўшаларгина (яъни, иймон йўлида собитқадам бўлиб, куфр-исённи ёмон кўрган кишиларгина) Тўғри Йўлга юргувчи зотлардир.
Musulmon ummatining, sahobai kiromlarning katta baxti shundan iboratki, bu ummatning ishlariga Allohning Oʻzi aralashib, xatolarini toʻgʻrilab, adashganda yoʻlga solib, yodidan koʻtarilganda eslatib turadi. Surai karimaning avvalidan buyon Alloh va Paygʻambar alayhissalomdan oldin biror narsani boshlab yubormaslik, rahbariyatga boʻyinsunish, doimo kutib turish taʼkidlab kelinayotgan edi.
Valid ibn Uqba hodisasiga kelganda mazkur tavsiyalar yoddan koʻtarilib, baʼzi kishilar yana shoshqaloqlik qildilar, ichlarida Allohning Paygʻambari yurganliklarini unutib qoʻydilar. Shunda Alloh taolo darrov bu xatoni toʻgʻrilash uchun Oʻzi aralashib:
«Va bilinglarki, albatta, ichlaringizda Rasululloh bordir», dedi.
Oʻzingizcha tasarruf qilavermanglar, ichlaringizda yurgan Paygʻambar Allohning oyati yoki oʻzining sunnati ila yoʻl boshlagani afzaldir, dedi.
Keyin esa, agar Paygʻambar alayhissalom ularning gaplariga kirib, aytganlarini qilaversalar, turli qiyinchiliklarga duchor boʻlishlari eslatilmoqda.
«Agar u ishlardan koʻpida sizga itoat qilsa, albatta, qiyinchilikka duchor boʻlardingiz.»
Ammo shariat koʻrsatganidek, shoʻro-maslahat sifatida Paygʻambar alayhissalom sahobalarning fikr-mulohazalarini bilishlari bunga kirmaydi. Har kim oʻzicha taklif kiritaverishi esa, yaxshilikka olib kelmaydi. Bu haqiqatni oyati karima: «Agar u ishlardan koʻpida sizga itoat qilsa, albatta, qiyinchilikka duchor boʻlardingiz», deb bayon qilmoqda.
Oyatning davomida Alloh taolo musulmonlarga Oʻzining yana boshqa ulkan neʼmati–iymon neʼmatini berganligini ham eslatadi:
«Lekin, Alloh sizlarga iymonni mahbub qildi va uni qalblaringizda ziynatladi...»
Darhaqiqat, iymon Alloh bandalariga bergan neʼmatlari ichida eng ulugʻidir. Chunki, iymon boʻlmasa, boshqa hamma neʼmatlarning sariq chaqalik ham qiymati qolmaydi.
Shu bilan birga, Alloh taolo oyatda:
«...va sizlarga kufrni, fisqni va isyonni yomon koʻrsatdi», demoqda.
Bu ham Allohning fazli. Bu jumladagi uch narsa:
Kufr–iymonni toʻsish,
Fisq–Alloh koʻrsatgan chegaradan chetga chiqish,
Isyon–Allohning amrlariga qarshi chiqish iymonga qarshi qoʻyilmoqda. Shuning uchun ham, ulamolarimiz uch narsaga eʼtibor berishgan:
«Iymon–til bilan nutq qilish, dil bilan tasdiqlash va jism bilan amal qilish», deyishgan.
Alloh taolo baʼzi bandalariga iymonni mahbub koʻrsatib, ularning qalblarida uni ziynatladi, kufr, fisq va isyonni yomon koʻrsatib, shunday ulugʻ neʼmatga sazovor ayladi va yana buning ustiga, shunday ilohiy marhamatga sazovor boʻlgan kishilar toʻgʻri yoʻlda ekanligini taʼkidladi:
«Ana oʻshalar toʻgʻrilikda yuruvchilardir».
Bularning hammasi Alloh taolodandir: