QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hujurat surasi · Oyatсураси · Оят12

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱجْتَنِبُوا۟ كَثِيرًا مِّنَ ٱلظَّنِّ إِنَّ بَعْضَ ٱلظَّنِّ إِثْمٌ ۖ وَلَا تَجَسَّسُوا۟ وَلَا يَغْتَب بَّعْضُكُم بَعْضًا ۚ أَيُحِبُّ أَحَدُكُمْ أَن يَأْكُلَ لَحْمَ أَخِيهِ مَيْتًا فَكَرِهْتُمُوهُ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ تَوَّابٌ رَّحِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Ko`p gumonlardan chetda bo`linglar, chunki ba'zi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmanglar. Ba'zilaringiz ba'zilaringizni g`iybat qilmanglar. Sizlardan birortalaringiz o`zining o`lgan birodarining go`shtini yeyishni yaxshi ko`rurmi? Ha, yomon ko`rasizlar. Allohdan qo`rqinglar! Albatta, Alloh tavbani ko`p qabul qiluvchi va rahimlidir.Эй, иймон келтирганлар! Кўп гумонлардан четда бўлинглар, чунки баъзи гумонлар гуноҳдир. Жосуслик қилманглар. Баъзиларингиз баъзиларингизни ғийбат қилманглар. Сизлардан бирорталарингиз ўзининг ўлган биродарининг гўштини ейишни яхши кўрурми? Ҳа, ёмон кўрасизлар. Аллоҳдан қўрқинглар! Албатта, Аллоҳ тавбани кўп қабул қилувчи ва раҳимлидир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, koʻp gumon(lar)dan chetlaninglar! Chunki ayrim gumon(lar) gunohdir! (Oʻzgalarning ayblari ortidan) josuslik qilib yurmanglar va ayrimlaringiz ayrimlarni gʻiybat qilmasin! Sizlardan biron kishi oʻzining oʻlgan birodarining goʻshtini yeyishni yaxshi koʻrurmi?! Ana yomon koʻrdingizmi?! (Bas, gunohi bundan-da ortiq boʻlgan gʻiybatni ham yomon koʻringiz)! Allohdan qoʻrqingiz! Albatta Alloh tavbalarni qabul qilguvchi, mehribondir.Эй мўминлар, кўп гумон(лар)дан четланинглар! Чунки айрим гумон(лар) гуноҳдир! (Ўзгаларнинг айблари ортидан) жосуслик қилиб юрманглар ва айримларингиз айримларни ғийбат қилмасин! Сизлардан бирон киши ўзининг ўлган биродарининг гўштини ейишни яхши кўрурми?! Ана ёмон кўрдингизми?! (Бас, гуноҳи бундан-да ортиқ бўлган ғийбатни ҳам ёмон кўрингиз)! Аллоҳдан қўрқингиз! Албатта Аллоҳ тавбаларни қабул қилгувчи, меҳрибондир.

517-sahifa · 26-juz · 52-hizb517-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَzotlarзотларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларٱجْتَنِبُوا۟chetda boʻlinglarчетда бўлингларكَثِيرًۭاkoʻpкўпمِّنَ-dan-данٱلظَّنِّgumonlarгумонларإِنَّchunki, albattaчунки, албаттаبَعْضَbaʼziбаъзиٱلظَّنِّgumonlarгумонларإِثْمٌۭ ۖgunohdirгуноҳдирوَلَاva emasва эмасتَجَسَّسُوا۟josuslik qilmanglarжосуслик қилмангларوَلَاva emasва эмасيَغْتَبgʻiybat qilmasinғийбат қилмасинبَّعْضُكُمbaʼzilaringizбаъзиларингизبَعْضًا ۚbaʼzilaringizniбаъзиларингизниأَيُحِبُّyaxshi koʻradimiяхши кўрадимиأَحَدُكُمْbirortalaringizбирорталарингизأَن-ni-ниيَأْكُلَyeyishniейишниلَحْمَgoʻshtiniгўштиниأَخِيهِbirodariningбиродаринингمَيْتًۭاoʻlganўлганفَكَرِهْتُمُوهُ ۚha, yomon koʻrasizlarҳа, ёмон кўрасизларوَٱتَّقُوا۟va qoʻrqinglarва қўрқингларٱللَّهَ ۚAllohdanАллоҳданإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳتَوَّابٌۭtavbani koʻp qabul qiluvchiтавбани кўп қабул қилувчиرَّحِيمٌۭrahmlidirраҳмлидир
TafsirТафсир

«Hujurot» surasining avvalidan buyon Alloh taolo shu yerda Oʻzining moʻmin bandalariga beshinchi marta

«Ey, iymon keltirganlar!» deb murojaat qilmoqda va ular uchun juda muhim boʻlgan yana bir qancha masalalarni bayon qilmoqda.

Ushbu oyatda Alloh taolo moʻmin-musulmon bandalarini bir necha yomon sifatlardan, axloqiy kasalliklardan, halokatga eltuvchi dardlardan qaytarmoqda.

Ulardan birinchisi:

«Koʻp gumonlardan chetda boʻlinglar, chunki baʼzi gumonlar gunohdir».

Gunohga olib boruvchi illatlardan biri–badgumonlikdir. Badgumonlik kishilar haqida boʻlar-boʻlmasga yomon shubhalar qilish, ularga nisbatan tuhmat va hadik maʼnosida fikr yuritishdir. Odatda, bunday gumonlarning koʻpi asossiz, behuda boʻladi. Shu boisdan ham: «...koʻp gumonlardan chetda boʻlinglar», deyilyapti.

Oʻtgan ulamolardan az-Zajjoj rahmatullohi alayhi: «Badgumonlik–yaxshi kishilar haqida yomon gumon qilishlikdir. Ammo, ahli fisq boʻlsa, undan nima fosiqlik zohir boʻlgan esa, shuni gumon qilishga haqqimiz bor», deganlar.

Oʻylab koʻrilsa, oʻzaro nizolar va kelishmovchiliklar koʻproq bir-biridan yomon gumonda boʻlishdan ham kelib chiqadi. Yomon gumondan chetda boʻlish uchun doimo kishilar haqida yaxshi gumonda boʻlish, ular haqida yetgan xabarlarni yaxshilikka yoʻyish kerak.

Bu haqida hazrati Umar roziyallohu anhu: «Agar yaxshilikka burishning birorta yoʻli boʻlsa ham, moʻmin birodaringdan chiqqan soʻz haqida faqat yaxshi gumon qil», degan ekanlar.

Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom: «Zinhor va zinhor badgumon boʻlmanglar, chunki, badgumonlik soʻzning eng yolgʻonidir», deganlar. Boshqa bir hadisda esa: «Gar odamlarning aybini axtaradigan boʻlsang, ularni buzasan», degan ekanlar.

Xususan, ish boshida turgan rahbarlar bu narsada extiyot boʻlishlari lozimligi imom Abu Dovud Abu Umomadan rivoyat qilgan hadisda yaqqol koʻrinadi. Bu hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom: «Agar amir odamlardan ayb axtaraversa, ularni buzadi», deganlar.

Maʼlumki, kimning oʻyiga badgumonlik oʻrnashsa, u odam oʻsha gumonini tasdiqlash uchun hujjat va dalil qidira boshlaydi. Natijada, gumon ostidagi odamning oʻziga bildirmasdan, aybini axtarishga tushadi. Buni esa «josuslik» deydilar Shuning uchun ham, biz oʻrganayotgan oyati karimada gumondan chetlanishga amr qilingandan soʻng,

«Josuslik qilmanglar», deb bu qabih ishdan qaytarilmoqda.

Odatda, «josuslik» deb birovga yomonlik yetkazish niyatida ayblarini va zaif joylarini, oʻziga bildirmay, yashirincha axtarishga aytiladi. Bu ish ham katta gunohlardandir. Chin musulmon kishining qalbi bu kabi jirkanch odatlardan pok boʻlmogʻi zarur. Boz ustiga, bu ish Islom dinining asosiy gʻoyalaridan biri boʻlmish insonning karomati, hurmati, izzati va obroʻyini himoya qilish masalasiga chambarchas bogʻliqdir.

Islom mazkur huquqlarning muqaddasligini eʼtirof etadi, ularning hech bir holda paymol boʻlmasligining chorasini koʻradi. Islom jamiyatida insonlarning jonlari, molu mulklari, uy-joylari omonlikda, sir-asrorlariyu yashirin narsalari bexatar boʻlishi zarur. Hatto, jinoyatning oldini olish bahonasi bilan ham odamlarning ortidan josuslik qilishga ijozat yoʻq. Ochiq-oydin koʻrinib turgan ishga qarab hukm chiqariladi. Gumon qilishga, shubhalanishga va poylashga hech kimning haqqi yoʻq.

Badgumonlik josuslikka yoʻl ochishini aytib oʻtgan edik. Endi, josuslik gʻiybatga yoʻl ochishini aytmoqchimiz. Shuning uchun ham, oyati karimada, «josuslik qilmang»dan keyin,

«Baʼzilaringiz baʼzilaringizni gʻiybat qilmanglar», deb uqtiriladi.

Fiybat nima ekanligini eng ulugʻ tafsirchi Paygʻambarimiz alayhissalomning oʻzlaridan eshitaylik.

Imom Abu Dovud Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda u zoti bobarakotdan kishilar:

«Ey, Allohning Rasuli, gʻiybat nima?»–deb soʻrashibdi. Rasuli Akram alayhissolatu vassalom:

«Birodaringni oʻziga yoqmagan narsa bilan eslashing», debdilar. Shunda:

«Birodarimda men aytgan narsa boʻlsa-chi, bunga nima deysiz?»–deyishibdi. Paygʻambarimiz alayhissalom:

«Agar aytganing unda boʻlsa, gʻiybat qilgan boʻlasan, ammo boʻlmasa, boʻhton qilgan boʻlasan», deb javob qilgan ekanlar.

Fiybatning harom ekani, gunohi kabiralardan ekanligini hamma ulamolar bir ovozdan taʼkidlaganlar. Bu ish naqadar qabih va naqadar yomon ekanligi oyati karimaning oʻzida ham ajoyib uslub ila bayon qilinmoqda:

«Sizlardan birortalaringiz oʻzining oʻlgan birodarining goʻshtini yeyishni yaxshi koʻradimi?»

Qurʼoni Karim birovni gʻiybat qilishni oʻsha shaxsning oʻlgandan keyin goʻshtini yeyish bilan barobar qilmoqda. Maʼlumki, odamning goʻshtini yeyish mumkin emas, oʻlgandan keyin esa, aslo xayolga ham keltirib boʻlmaydigan ish. Shuning uchun, yuqoridagi «yaxshi koʻrasizmi?» degan savolga hech kim, «ha» deb javob bera olmaydi.

Shu boisdan, oyatning oʻzi,

«ha, yomon koʻrasiz!» deb taʼkidlamoqda.

Oʻlikning goʻshtini tanovul qilishni koʻnglingiz qandoq koʻtarmasa, birovni gʻiybat qilishni ham shundoq koʻtarmasin, demoqda.

Paygʻambarimiz alayhissalom oʻz hadislaridan birida: «Ey, tili bilan iymon keltirib, dilida iymon keltirmaganlar, musulmonlarni gʻiybat qilmang va ularning kamchiliklarini qidirmang. Kimki, ularning kamchiligini qidirsa, Alloh taolo oʻsha odamning kamchiligini qidiradi. Alloh kimningki, kamchiligini qidirsa, uni uyidan sharmanda qilgan holatda chiqaradi», deganlar.

Oxiratda ham gʻiybatchilar jazosiz qolmaydilar. Rasuli Akram alayhissolatu vassalom: «Merojga chiqqanimda misdan boʻlgan tirnoqlar bilan yuzlariyu koʻksilarini tirnayotgan bir qavmning oldidan oʻtdim. Men:

«Ey Jabroil, ular kim?»–deb soʻradim. U:

«Bular u dunyoda odamlarning goʻshtini yeb, obroʻlarini toʻkkanlar», deb javob berdi», deya koʻrganlarini hikoya qilib berganlar.

Oyatning oxirida Alloh taolo moʻminlarning barchasini, xususan, yuqorida zikr qilingan gunohlarni qilganlarni Allohdan qoʻrqishga daʼvat qilib,

«Allohdan qoʻrqinglar», deydi.

Shu bilan birga, avval bilmay gunoh sodir etilgan boʻlsa, tavba qilib gunohini yuvish mumkinligini eslatib, Allohning fazli karamidan noumid boʻlmaslikka chaqiradi.

«Albatta, Alloh tavbani koʻp qabul qiluvchi va rahimlidir.»

Har qanday gunohdan qay tarzda tavba qilinsa, mazkur gunohlardan tavba qilishda ham oʻshanday holat, yaʼni, oʻtgan ishga qattiq afsus qilib, dilidan nadomat chekib, ikkinchi bor bu ishni qilmaslikka ahd qilish va ahdiga vafo qilish bilan vujudga keladi. Ammo, gʻiybatchining tavbasi bu bilan tugamaydi. Ulamolar uning tavbasi toʻliq boʻlishi uchun yana bir muhim shart qoʻyishgan. U ham boʻlsa, qayerda, qaysi majlisda gʻiybat qilgan boʻlsa, oʻsha yerda, oʻsha majlisda gʻiybat qilingan kishi haqida yaxshi gaplarni gapirishi kerak.

Moʻmin-musulmonlar gʻiybatdan chetlanibgina qolmasdan, bosh- qa gʻiybatchilarning ogʻziga urib, gʻiybatga yoʻl qoʻymaslikka harakat qilishlari matlubdir.

Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar alayhissalom: «Kimki, bir moʻminni gʻiybatchi munofiqdan himoya qilsa, qiyomat kuni Alloh taolo uning goʻshtini doʻzax oʻtidan himoya qiluvchi farishta yuboradi. Kimki, bir moʻminni soʻkmoqchi boʻlib, uni gʻiybat qilsa, Alloh taolo uni gapidan qaytmagunicha jahannam koʻprigi ustida ushlab turadi», deganlar.

Koʻrib turganimiz oyatlarda moʻminlarga nido qilinib, ular turli yomonliklardan saqlanishga, yuksak insoniy fazilatlarga ergashishga daʼvat etilgan boʻlsalar, kelasi oyatda Alloh taolo butun insoniyatga xitob qilib, hammaning asli bir ekanini eslatadi, barchani moʻminlikka chorlaydi.