QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hujurat surasi · Oyatсураси · Оят13

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَـٰكُم مِّن ذَكَرٍ وَأُنثَىٰ وَجَعَلْنَـٰكُمْ شُعُوبًا وَقَبَآئِلَ لِتَعَارَفُوٓا۟ ۚ إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِندَ ٱللَّهِ أَتْقَىٰكُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey odamlar! Biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratdik va sizlarni o`zaro tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qo`ydik. Albatta, Allohning huzurida eng hurmatligingiz eng taqvodoringizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor Zotdir.Эй одамлар! Биз сизларни бир эркак ва аёлдан яратдик ва сизларни ўзаро танишишингиз учун халқлар ва қабилалар қилиб қўйдик. Албатта, Аллоҳнинг ҳузурида энг ҳурматлигингиз энг тақводорингиздир. Албатта, Аллоҳ билувчи ва хабардор Зотдир.Alauddin Mansour: Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishinglar (doʻst-birodar boʻlishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qoʻydik. Albatta sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirogʻingiz taqvodorrogʻingizdir. Albatta Alloh bilguvchi va ogohdir.Эй инсонлар, дарҳақиқат, Биз сизларни бир эркак (Одам) ва бир аёл (Ҳавво)дан яратдик ҳамда бир-бирларингиз билан танишинглар (дўст-биродар бўлишинглар) учун сизларни (турли-туман) халқлар ва қабила-элатлар қилиб қўйдик. Албатта сизларнинг Аллоҳ наздидаги энг ҳурматлироғингиз тақводорроғингиздир. Албатта Аллоҳ билгувчи ва огоҳдир.

517-sahifa · 26-juz · 52-hizb517-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلنَّاسُodamlarодамларإِنَّاalbatta, Bizалбатта, Бизخَلَقْنَـٰكُمsizlarni yaratdikсизларни яратдикمِّن-dan-данذَكَرٍۢbir erkakбир эркакوَأُنثَىٰva ayolва аёлوَجَعَلْنَـٰكُمْva sizlarni qilib qoʻydikва сизларни қилиб қўйдикشُعُوبًۭاxalqlarхалқларوَقَبَآئِلَva qabilalarва қабилаларلِتَعَارَفُوٓا۟ ۚoʻzaro tanishishingiz uchunўзаро танишишингиз учунإِنَّalbattaалбаттаأَكْرَمَكُمْeng hurmatligingizэнг ҳурматлигингизعِندَhuzuridaҳузуридаٱللَّهِAllohningАллоҳнингأَتْقَىٰكُمْ ۚeng taqvodoringizdirэнг тақводорингиздирإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳعَلِيمٌbiluvchiбилувчиخَبِيرٌۭxabardor zotdirхабардор зотдир
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada:

«Ey odamlar!» deb barcha insoniyatga qarata nido qilinmoqda, shu bilan birga, ularning asli bir ekanligi eslatilmoqda.

«Biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratdik va sizlarni oʻzaro tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qoʻydik.»

Demak, odamlarning asli bir: hammalari Odam Ato va Momo Havvodan taralganlar. Ayni chogʻda, Alloh taolo ularni turli xalqlar va qabilalarga ajratib qoʻyganini ham taʼkidlamoqda. Insonlarning turli xalq va qabilalarga boʻlinishining sababi esa, oʻzaro tanishish, maʼrifat hosil qilish ekanligi uqtirilmoqda.

«...va sizlarni oʻzaro tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qoʻydik.»

Insonlarning turli xalqlar, millatlar, elatlar, qabila va urugʻlar hamda turli farqlarga boʻlinishining asosiy sababi ushbu maqsad, yaʼni, oʻzaro tanishish ekanligini hech qachon unutmaslik kerak. Alloh taolo oyatda, urishishingiz uchun, janjal uchun, faxrlanish uchun, maqtanish uchun, demayapti yoki boshqa sabablarni aytmayapti. Demak, xalqlarning turli-tumanligini ilohiy maqsaddan–tanishuvdan boshqa maqsadga ishlatish Allohning irodasiga qarshi chiqish bilan barobar boʻlar ekan.

Kishilar oʻzlaricha mezon tuzib, birlarining ikkinchilaridan afzalliklarini oʻlchab yurishadi. Kimdir molu mulkiga qarab, kimdir hasabi-nasabiga qarab, yana birlari tanasining rangiga qarab, toʻrtinchisi qabilasi yoki millatiga qarab va hokazo oʻlchovlar vositasida oʻzlarini ustun qilib koʻrsatadi. Hamma bir ota va bir onadan tarqaganligini, u ota-onalar esa, tuproqdan yaratilganini unutib qoʻyadi.

Oqibatda turli-tuman kelishmovchiliklar, urish-janjallar va koʻngilsizliklar kelib chiqadi.

Islom dinida bu kabi oʻlchovlarning hech qanday qiymati yoʻq. Ular hammasi bekor qilinadi va yagona mezon sifatida ilohiy oʻlchov joriy etiladi. Bu oʻlchov insonlar qadrini faqat bitta narsaga qarab, yaʼni, insonning taqvosiga qarab oʻlchaydi:

«Albatta, Allohning huzurida eng hurmatligingiz eng taqvodoringizdir».

Yer yuzida insonlarning qadr-qiymati ushbu ilohiy oʻlchov bilan oʻlchangandagina turli nizolar, urish-janjallar va kelishmovchiliklar barham topadi.

Xuddi shu oyatning maʼnosida Paygʻambarimiz alayhissolatu vassalomdan koʻplab hadislar kelgan.

Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda, «Albatta, Alloh suratlaringizga va molu dunyolaringizga qaramaydi, balki qalbingiz va amalingizga qaraydi», deyiladi.

Paygʻambarimiz alayhissalom Abu Zarr Fiforiy roziyallohu anhuga: «Nazar sol, sening agar taqvoda ortiqliging boʻlmasa, qizildan ham, qoradan ham yaxshi emassan», deganlar.

Bu maʼnodagi hadislar juda ham koʻp.

Suraning oxirida iymonning haqiqatini bayon qiluvchi oyatlar keladi. «Biz iymon keltirdik», deb Rasululloh alayhissalomga minnat qilgan aʼrobiylarga javoban taʼlim va tushuntirish maʼnolari izhor qilinadi: