QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hujurat surasi · Oyatсураси · Оят14

۞ قَالَتِ ٱلْأَعْرَابُ ءَامَنَّا ۖ قُل لَّمْ تُؤْمِنُوا۟ وَلَـٰكِن قُولُوٓا۟ أَسْلَمْنَا وَلَمَّا يَدْخُلِ ٱلْإِيمَـٰنُ فِى قُلُوبِكُمْ ۖ وَإِن تُطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ لَا يَلِتْكُم مِّنْ أَعْمَـٰلِكُمْ شَيْـًٔا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: A'robiylar: «Iymon keltirdik», deyishdi. Sen: «Iymon keltirganingiz yo`q, lekin, bo`yinsundik, denglar, hali iymon qalblaringizga kirgani yo`q va agar Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsangiz, amallaringizdan hech narsa kamaymas. Albatta, Alloh kechiruvchi va rahimli Zotdir», deb ayt.Аъробийлар: «Иймон келтирдик», дейишди. Сен: «Иймон келтирганингиз йўқ, лекин, бўйинсундик, денглар, ҳали иймон қалбларингизга киргани йўқ ва агар Аллоҳга ва Унинг Расулига итоат қилсангиз, амалларингиздан ҳеч нарса камаймас. Албатта, Аллоҳ кечирувчи ва раҳимли Зотдир», деб айт.Alauddin Mansour: Aʼrobiylar: «Iymon keltirdik», dedilar. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, ularga) ayting: «Sizlar iymon keltirganlaringiz yoʻq, lekin sizlar «Boʻyinsundik», denglar, (chunki hali-hanuz) iymon dillaringizga kirgan emasdir. Agar sizlar Allohga va Uning paygʻambariga itoat etsangizlar, U zot sizlarga (qilgan yaxshi) amallaringizdan (yaʼni, ularning savobidan) biron narsani kamitmas. Albatta Alloh magʻfiratli, mehribondir».Аъробийлар: «Иймон келтирдик», дедилар. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, уларга) айтинг: «Сизлар иймон келтирганларингиз йўқ, лекин сизлар «Бўйинсундик», денглар, (чунки ҳали-ҳануз) иймон дилларингизга кирган эмасдир. Агар сизлар Аллоҳга ва Унинг пайғамбарига итоат этсангизлар, У зот сизларга (қилган яхши) амалларингиздан (яъни, уларнинг савобидан) бирон нарсани камитмас. Албатта Аллоҳ мағфиратли, меҳрибондир».

517-sahifa · 26-juz · 52-hizb517-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ قَالَتِdedilarдедиларٱلْأَعْرَابُaʼrobiylarаъробийларءَامَنَّا ۖiymon keltirdikиймон келтирдикقُلsen aytсен айтلَّمْemasэмасتُؤْمِنُوا۟iymon keltirdingizиймон келтирдингизوَلَـٰكِنlekinлекинقُولُوٓا۟denglarденгларأَسْلَمْنَاboʻyinsundikбўйинсундикوَلَمَّاva hali emasва ҳали эмасيَدْخُلِkirganкирганٱلْإِيمَـٰنُiymonиймонفِى-ga-гаقُلُوبِكُمْ ۖqalblaringizқалбларингизوَإِنva agarва агарتُطِيعُوا۟itoat qilsangizитоат қилсангизٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَرَسُولَهُۥva Uning Rasuligaва Унинг Расулигаلَاemasэмасيَلِتْكُمsizga kamaytirmasсизга камайтирмасمِّنْ-dan-данأَعْمَـٰلِكُمْamallaringizамалларингизشَيْـًٔا ۚhech narsaҳеч нарсаإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳغَفُورٌۭkechiruvchiкечирувчиرَّحِيمٌrahmli zotdirраҳмли зотдир
TafsirТафсир

Ushbu oyatda Islom jamoasi hayotida boʻlib oʻtgan hodisa haqida soʻz ketmoqda. Bir kuni aʼrobiylar–sahro arablari Paygʻambar alayhissalom huzurlariga kelib, iymon keltirdik, deb minnat qilishgan.

«Aʼrobiylar, iymon keltirdik, deyishdi.»

Aslida esa, ular yangi musulmonlar boʻlib, hali haqiqiy iymon qalblaridan joy olgan emas edi. Alloh taolo ularga haqiqiy iymon haqida taʼlim berishni iroda qilib, ushbu oyatni tushirdi. Bu oyatda Paygʻambar alayhissalomga xitob qilinib, u kishi orqali aʼrobiylarga taʼlim beriladi:

«Sen: «Iymon keltirganingiz yoʻq, lekin, boʻyinsundik, denglar, hali iymon qalblaringizga kirgani yoʻq...…»

Yaʼni, Ey Muhammad, sen «iymon keltirdik» deb minnat qilayotgan oʻsha aʼrobiylarga: «Sizlar haqiqiy iymonga hali erishganingiz yoʻq, sizlar «aslamno»–«boʻysundik», Islomga kirdik, denglar», deb ayt.

Ushbu oyatning maʼnosi haqida, shu mazmundagi oyat va hadislarning maʼnosi haqida ulamolar juda koʻp tortishishgan, turli fikrlarni aytishgan.

Gapning xulosasi shuki, mukammal Islom bilan mukammal iymonning farqi yoʻq, ikkisi bir narsa. Chunki, komil iymon oʻz ichiga qalbning tasdigʻini ham, aʼzolarning amalini ham oladi. Shuningdek, komil Islomda qalbni Allohga taslim qilish hamda butun aʼzolarini amal bilan taslim qilish bor.

Ammo, iymondan faqat qalbga taalluqli narsa, Islomdan faqat aʼzolar amaliga tegishli narsa koʻzda tutilsa, unda bu ikki ibora ikki xil maʼnoni ifoda qiladi.

Jabroil alayhissalom kelib Paygʻambarimiz alayhissalomga savollar bergan hadisda xuddi shu hol ochiq-oydin koʻringan.

Ul zot Muhammad alayhissalomga:

«Menga Islomdan xabar ber», dedilar. Paygʻambar alayhissalom:

«Islom–Laa ilaaha Illalloh, Muhammadur-Rasulullohi, deb shahodat berishing, namoz oʻqishing, zakot berishing, ramazon roʻzasini tutishing va qodir boʻlsang, haj qilishing», dedilar. Jabroil alayhissalom:

«Menga iymondan xabar ber», dedilar. Paygʻambar alayhissalom:

«Allohga, farishtalariga, kitoblariga, Paygʻambarlariga, qiyomat kuniga, yaxshiyu yomon qadarga ishonishing», dedilar.

Alloh taoloning «hali iymon qalblaringizga kirgani yoʻq», deyishidan maʼlum boʻladiki, inson qalbiga iymon kirishi uchun amal lozim ekan. Inson tili bilan «iymon keltirdim» deyishining oʻzi kifoya qilmaydi, balki uni dil va badan (amal) bilan tasdiqlashi ham zarur. Yaʼni, zikr, Qurʼon qiroati, namoz, roʻza, haj, zakot va boshqa amallarni ado etmogʻi kerak. Shunda, qalbida iymon mustahkamlanib boradi. Shuning uchun ham, oyatda, ularning qalbiga iymon kirgani haqidagi xabardan keyin Allohga va Uning Rasuliga itoat qilishga targʻib qilinayotir. Shunday qilsalargina, oxiratda beriladigan ajrda hech nuqson boʻlmasligi taʼkidlanayotir:

«Agar Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsangiz, amallaringizdan hech narsa kamaymas».

Agar avval qilgan baʼzi gunohlaringiz boʻlsa, kechirilur. Zotan,

«Albatta, Alloh kechiruvchi va rahimli zotdir», deb ayt».

Alloh taolo bu oyatda iymonni daʼvo qilayotgan aʼrobiylarni rad qildi.

Endi, keyingi oyatda sodiq moʻminlarni vasf qilish orqali haqiqiy iymonning qanday boʻlishi taʼriflab beriladi: