QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hujurat surasi · Oyatсураси · Оят15

إِنَّمَا ٱلْمُؤْمِنُونَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ ثُمَّ لَمْ يَرْتَابُوا۟ وَجَـٰهَدُوا۟ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلصَّـٰدِقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, haqiqiy mo`minlar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirgan, so`ngra shubha qilmagan va Allohning yo`lida mollari va jonlari ila jihod qilganlardir. Ana o`shalar, o`shalargina (iymonida) sodiqlardir.Албатта, ҳақиқий мўминлар Аллоҳга ва Унинг Расулига иймон келтирган, сўнгра шубҳа қилмаган ва Аллоҳнинг йўлида моллари ва жонлари ила жиҳод қилганлардир. Ана ўшалар, ўшаларгина (иймонида) содиқлардир.Alauddin Mansour: Haqiqiy moʻminlar faqat Alloh va Uning paygʻambariga iymon keltirib, soʻngra (hech qanday) shak-shubha qilmagan va molu jonlari bilan Alloh yoʻlida kurashgan zotlardir. Ana oʻshalargina (oʻz iymonlarida) sodiq boʻlgan zotlardir.Ҳақиқий мўминлар фақат Аллоҳ ва Унинг пайғамбарига иймон келтириб, сўнгра (ҳеч қандай) шак-шубҳа қилмаган ва молу жонлари билан Аллоҳ йўлида курашган зотлардир. Ана ўшаларгина (ўз иймонларида) содиқ бўлган зотлардир.

517-sahifa · 26-juz · 52-hizb517-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّمَاalbatta, faqatалбатта, фақатٱلْمُؤْمِنُونَ(haqiqiy) moʻminlar(ҳақиқий) мўминларٱلَّذِينَoʻshalarkiўшаларкиءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَرَسُولِهِۦva Uning Rasuligaва Унинг Расулигаثُمَّsoʻngraсўнграلَمْemasэмасيَرْتَابُوا۟shubha qilganшубҳа қилганوَجَـٰهَدُوا۟va jihod qilganlardirва жиҳод қилганлардирبِأَمْوَٰلِهِمْmollari ilaмоллари илаوَأَنفُسِهِمْva jonlari ilaва жонлари илаفِى-da-даسَبِيلِyoʻliйўлиٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларهُمُoʻshalarginaўшаларгинаٱلصَّـٰدِقُونَ(iymonida) sodiqlardir(иймонида) содиқлардир
TafsirТафсир

Bu oyati karimadan koʻrinib turibdiki, haqiqiy moʻmin boʻlish uchun anchagina ishlarni amalga oshirish kerak.

«Albatta, haqiqiy moʻminlar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirgan...»

Demak, avvalo, Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirish kerak.

Soʻngra, ushbu iymonda shak-shubhaga oʻrin qolmasligi kerak.

«...…soʻngra shubha qilmagan…...»

Ogʻzida moʻminlikni daʼvo qilsa-yu, koʻnglida Alloh subhanahu va taoloning zotiga yoki sifatlariga yoki sifatlaridan birortasiga ozgina shak yoki shubhada boʻlsa, Paygʻambar alayhissalomga ishonch-sizlik qilsa, boʻlmaydi.

Demak, haqiqiy iymon moʻmin kishining qalbida ishonishi lozim boʻlgan barcha narsalarga nisbatan hech qanday shak yoki shubha qoldirmaydi. Hamda bu holat doimiy boʻladi.

Iymonli kishi oʻz eʼtiqodida sobit boʻlgan narsalarga hayotida amal qilib yashamogʻi lozim. Ammo, ushbu eʼtiqoddagi, tasavvurdagi holatni amalga oshirish oson boʻlmaydi. Bu yoʻlda koʻpdan-koʻp toʻsiqlar uchraydi. Oʻsha toʻsiqlarni yengib oʻtish uchun esa, kurashish kerak. Kurashga mol-mulkni, hatto jonni fido qilish talab etiladi.

«...va Allohning yoʻlida mollari va jonlari ila jihod qilganlardir.»

Demak, mazkur sifatlarning haqiqiy egalarinigina moʻminlar desa boʻlar ekan. Ana oʻshalargina iymonida sodiqlar, aqiydasida sodiqlar, «Men moʻminman», degan gaplarida sodiqlar. Ha,

«Ana oʻshalar, oʻshalargina (iymonida) sodiqlardir».

Oyati karima mana shu haqiqatning taʼkidi ila tugallanadi.

Shunday qilib, haqiqiy iymonni va haqiqiy moʻminni aniqlaydigan mezonni ham bilib oldik. Hozirda, musulmonman, deb koʻkrak kerib yurganlarning holatini shu mezonga solib koʻrsak, ulardan koʻplarining oyati karimada zikr etilgan aʼrobiylardan farqi qolmaydi. Bundaylarga haqiqiy iymonning mezoni tushuntirilganidan keyin ham ular daʼvolaridan kechmaydilar. Boz ustiga, iymon yoʻlida jihod qilmaganliklariga, molu mulklarini sarflamaganliklariga, jonlarini tikmaganliklariga turli bahonalarni roʻkach qiladilar.

Keyingi oyatda xuddi oʻshalarga xitob etiladi:

Ey Paygʻambar!