قُلْ أَتُعَلِّمُونَ ٱللَّهَ بِدِينِكُمْ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ وَٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Allohga diningizni bildirmoqchimisiz? Va holbuki, Alloh osmonlaru yerdagi narsani biluvchi Zotdir. Alloh har bir narsani biluvchidir», deb ayt.Сен: «Аллоҳга динингизни билдирмоқчимисиз? Ва ҳолбуки, Аллоҳ осмонлару ердаги нарсани билувчи Зотдир. Аллоҳ ҳар бир нарсани билувчидир», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, u aʼrobiylarga) ayting: «Sizlar Allohga dininglarni (iymonlaringni haqiqiy ekanligini) bildirmoqchimisizlar?! Holbuki, Alloh osmonlardagi va Yerdagi bor narsani bilur. Alloh barcha narsani bilguvchidir!»(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, у аъробийларга) айтинг: «Сизлар Аллоҳга динингларни (иймонларингни ҳақиқий эканлигини) билдирмоқчимисизлар?! Ҳолбуки, Аллоҳ осмонлардаги ва Ердаги бор нарсани билур. Аллоҳ барча нарсани билгувчидир!»
Ushbu oyatlar nozil boʻlgan davrda bir guruh aʼrobiylar, avval aytib oʻtilganidek, Paygʻambar alayhissalom huzurlariga kelib, «Amannaa»–iymon keltirdik, deyishgan ekan. Shu gap bilan, xuddi Alloh taolo ularning qalblaridan bexabardek, ular Paygʻambar alayhissalom orqali Allohga oʻzlarini chin iymonli qilib koʻrsatmoqchi boʻlishgan.
Oyati karimada ana shu holat muolaja qilinmoqda.
«Sen: «Allohga diningizni bildirmoqchimisiz?»
Yaʼni, ey aʼrobiylar, sizlar oʻzingizning aytayotgan bu gapingiz ila Allohni oʻz iymoningizdan xabardor qilmoqchimisiz?
Ha, johil aʼrobiylar oʻzlaricha mazkur uslub ila Allohga dinlarini bildirmoqchi boʻladilar. Lekin Alloh taolo biluvchi zotdir. U, osmonlaru yerdagi barcha narsani bilib turganidek, jumladan, ularning qalblaridagi holatlardan ham xabardordir. Demak, har kim haqiqiy iymon sohibi boʻlishi uchun, quruq gap bilan kifoyalanmay, iymon taqozosidagi amallarni qilish ila iymonini tasdiqlamogʻi lozim.
Alloh, kim quruq gap bilan kifoyalanib yuribdi-yu, kim iymon taqozo qilgan amallarni qilmoqda, bilib turadi.
«Alloh har bir narsani biluvchidir», deb ayt.»
Shundan keyin Alloh taolo oʻzlari yetmagan maqomga yetdim deb daʼvo qiluvchilarning ishlaridan birini bayon qiladi. Ular Paygʻambarimiz alayhissalomning huzurlariga kelib, Islomga kirganliklarini daʼvo qilardilar.
Ushbu oyatlarning nozil boʻlish sabablarini bayon qiluvchi rivoyatlarda aytiladiki, Bani Asad qabilasi vakillari Paygʻambar alayhissalomga kelib: «Ey, Allohning Rasuli, biz musulmon boʻldik, arablar sizlar bilan urushsa ham, biz urushmadik», dedilar. Paygʻambar alayhissalom:
«Bularning fikrlari (tushunchalari) oz va bularning tilida shayton gapirayapti», dedilar.
Shundan soʻng bu oyat nozil boʻldi.
Ey Paygʻambar!