QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hujurat surasi · Oyatсураси · Оят17

يَمُنُّونَ عَلَيْكَ أَنْ أَسْلَمُوا۟ ۖ قُل لَّا تَمُنُّوا۟ عَلَىَّ إِسْلَـٰمَكُم ۖ بَلِ ٱللَّهُ يَمُنُّ عَلَيْكُمْ أَنْ هَدَىٰكُمْ لِلْإِيمَـٰنِ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Senga musulmon bo`lganlarini minnat qilurlar. Sen: «Menga Islomingizni minnat qilmang. Balki agar sodiq bo`lsangiz, Alloh sizni iymonga hidoyat qilganini minnat qilur», deb ayt.Сенга мусулмон бўлганларини миннат қилурлар. Сен: «Менга Исломингизни миннат қилманг. Балки агар содиқ бўлсангиз, Аллоҳ сизни иймонга ҳидоят қилганини миннат қилур», деб айт.Alauddin Mansour: Ular sizga musulmon boʻlganlarini minnat qilurlar. Ayting: «Sizlar menga musulmon boʻlganlaringizni minnat qilmanglar. Balki agar (iymoninglarda) sodiq boʻlsangizlar, Alloh sizlarni iymonga hidoyat qilganini minnat qilur.Улар сизга мусулмон бўлганларини миннат қилурлар. Айтинг: «Сизлар менга мусулмон бўлганларингизни миннат қилманглар. Балки агар (иймонингларда) содиқ бўлсангизлар, Аллоҳ сизларни иймонга ҳидоят қилганини миннат қилур.

517-sahifa · 26-juz · 52-hizb517-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَمُنُّونَminnat qilurlarминнат қилурларعَلَيْكَsengaсенгаأَنْ(shu)ki(шу)киأَسْلَمُوا۟ ۖmusulmon boʻlganlariniмусулмон бўлганлариниقُلsen aytсен айтلَّاemasэмасتَمُنُّوا۟minnat qilinglarминнат қилингларعَلَىَّmengaменгаإِسْلَـٰمَكُم ۖIslomingizniИсломингизниبَلِbalkiбалкиٱللَّهُAllohАллоҳيَمُنُّminnat qilurминнат қилурعَلَيْكُمْsizlargaсизларгаأَنْ(shu)ki(шу)киهَدَىٰكُمْsizni hidoyat qilganiсизни ҳидоят қилганиلِلْإِيمَـٰنِiymongaиймонгаإِنagarагарكُنتُمْboʻlsangizбўлсангизصَـٰدِقِينَsodiqсодиқ
TafsirТафсир

Ey Paygʻambar! Kechagina Islomning baʼzi amallarini ado etganlar kelib, senga oʻzlari qilgan baʼzi ishlarini gapirib maqtanadilar. Ular,

«Senga musulmon boʻlganlarini minnat qilurlar».

Aslida, ularning bundoq qilishlari toʻgʻri emas. Ularning maqtanishga haqlari yoʻq. Ularning senga islomlarini minnat qilishga hech qanday haqlari yoʻq. Islom birovga minnat qilinadigan yoki u ila maqtaniladigan narsa emas. Islom har bir bandaning Alloh taolo oldidagi burchidir. Burch esa, ado etiladi. Burchni minnat qilinmaydi. Shuning uchun, ularga:

«Sen: «Menga Islomingizni minnat qilmang. Balki agar sodiq boʻlsangiz, Alloh sizni iymonga hidoyat qilganini minnat qilur», deb ayt».

Demak, iymon va Islomni hech kimga minnat qilib boʻlmaydi. Bu, Alloh taoloning Oʻzi xohlagan bandasiga beradigan ulugʻ neʼmati boʻlib, banda oʻsha neʼmatga shukr qilmogʻi lozim. Shukr esa, iymon va Islom taqozosi boʻyicha yashash, neʼmat beruvchi zot–Allohning roziligini topishga harakat qilish bilan boʻladi.

Va nihoyat, suraning oxirida Alloh taolo Oʻzining hamma narsani biluvchi va koʻruvchi zot ekanligini yana bir bor taʼkidlab qoʻyadi: