QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hujurat surasi · Oyatсураси · Оят2

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَرْفَعُوٓا۟ أَصْوَٰتَكُمْ فَوْقَ صَوْتِ ٱلنَّبِىِّ وَلَا تَجْهَرُوا۟ لَهُۥ بِٱلْقَوْلِ كَجَهْرِ بَعْضِكُمْ لِبَعْضٍ أَن تَحْبَطَ أَعْمَـٰلُكُمْ وَأَنتُمْ لَا تَشْعُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Ovozingizni Payg`ambar ovozidan yuqori ko`tarmang va unga bir-biringiz ila so`zlashgandek dag`al so`z aytmang, o`zingiz sezmagan holda amallaringiz habata bo`lib qolmasin.Эй, иймон келтирганлар! Овозингизни Пайғамбар овозидан юқори кўтарманг ва унга бир-бирингиз ила сўзлашгандек дағал сўз айтманг, ўзингиз сезмаган ҳолда амалларингиз ҳабата бўлиб қолмасин.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, (toki qilgan yaxshi) amallaringiz oʻzlaringiz sezmagan hollaringizda behuda-befoyda boʻlib qolmasligi uchun sizlar (paygʻambar bilan soʻzlashgan paytlaringizda) ovozlaringizni paygʻambarning ovozidan yuqori koʻtarmanglar va unga bir-birlaringizga ochiq (dagʻal soʻz) qilgandek ochiq-dagʻal soʻz qilmanglar!Эй мўминлар, (токи қилган яхши) амалларингиз ўзларингиз сезмаган ҳолларингизда беҳуда-бефойда бўлиб қолмаслиги учун сизлар (пайғамбар билан сўзлашган пайтларингизда) овозларингизни пайғамбарнинг овозидан юқори кўтарманглар ва унга бир-бирларингизга очиқ (дағал сўз) қилгандек очиқ-дағал сўз қилманглар!

515-sahifa · 26-juz · 52-hizb515-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَzotlarзотларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларلَاemasэмасتَرْفَعُوٓا۟koʻtarmanglarкўтармангларأَصْوَٰتَكُمْovozingizniовозингизниفَوْقَ-dan yuqori-дан юқориصَوْتِovozidanовозиданٱلنَّبِىِّPaygʻambarПайғамбарوَلَاva emasва эмасتَجْهَرُوا۟dagʻal gapirmangдағал гапирмангلَهُۥungaунгаبِٱلْقَوْلِsoʻz ilaсўз илаكَجَهْرِsoʻzlashgandekсўзлашгандекبَعْضِكُمْbir-biringizбир-бирингизلِبَعْضٍbir-biringizgaбир-бирингизгаأَنtokiтокиتَحْبَطَhabata boʻlib qolmasinҳабата бўлиб қолмасинأَعْمَـٰلُكُمْamallaringizамалларингизوَأَنتُمْva holbuki, sizlarва ҳолбуки, сизларلَاemasэмасتَشْعُرُونَsezmaysizlarсезмайсизлар
TafsirТафсир

Bu oyati karima ham, xuddi avvalgisi kabi, moʻminlar uchun eng sevimli nido:

«Ey, iymon keltirganlar!» nidosi bilan boshlanyapti.

Bu nido har bir iymonli shaxsning qalbini junbushga keltirib, iymon shabadasini estiradi, koʻngilda iymon nomi bilan buyuriladigan har bir amru farmonga tayyorlik ruhini oshiradi. Jumladan, ushbu oyatdagi buyruq va qaytariqlarga ham soʻzsiz amal qilishga chorlaydi.

Alloh subhanahu va taoloning hikmati ila har bir oyatning tushish vaqti va makoni ham eng taʼsirli bir holatlarda boʻlib, keyinchalik oyatlar mazmunini tushunishga va unga amal qilishga bevosita yordam beradi. Jumladan, mazkur oyatning tushish sababi haqidagi rivoyatda aytilishicha, hijratning toʻqqizinchi yilida Paygʻambarimiz alayhissalomning huzurlariga Bani Tamim qabilasi vakillari kelib Islomni qabul qilgan paytlarida hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu:

«Ey Rasululloh, ularga Qaʼqaʼ ibn Maʼbadni amir qiling», debdilar. Hazrati Umar esa:

«Al-Aqra ibn Hobisni amir qiling», debdilar. Shunda Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu:

«Sen menga xilof qilishni xohlab shunday qilding», deganlarida, hazrati Umar:

«Men xilof qilishni xohlaganim yoʻq», deb javob beribdilar.

Orada gap aylanib, bir-birlariga ovozlarini koʻtaribdilar. Shu voqea mazkur oyatning nozil qilinishiga sabab boʻlgan ekan.

«Ey, iymon keltirganlar! Ovozingizni Paygʻambar ovozidan yuqori koʻtarmang...…»

Demak, musulmon inson Paygʻambar alayhissalom bor joyda ovozini u zotning ovozlaridan baland qilmasligi kerak.

Ulamolarimiz ushbu maʼnoga qiyos qilib, musulmonlar oʻz ota- onalari, ustozlari, rahnamolari va muhtaram zotlar bor joyda ham ovozlarini baland koʻtarib odob doirasidan chiqmasliklari matlubdir, deydilar.

«...va unga bir-biringiz ila soʻzlashgandek dagʻal soʻz aytmang...»

Yaʼni, Paygʻambar alayhissalomga boshqa oddiy musulmonlarga aytadigan dagʻal soʻzlar ila muomala qilmang. Ul zot bilan boʻladigan soʻzlashuvingizda yuksak odob doirasida boʻling. Yana,

«...…oʻzingiz sezmagan holda amallaringiz habata boʻlib qolmasin».

Demak, Alloh va Uning Paygʻambaridan oldin shoshilish hamda Paygʻambarimiz alayhissalom bor joyda ovozni u zotning ovozlaridan baland koʻtarish va nihoyat, u zotga boshqalarga aytgan kabi dagʻal soʻzlarni aytish insonlar qilgan savoblarining habata boʻlishiga, yaʼni befoyda boʻlib qolishiga sabab boʻlar ekan. Shuning uchun, bu masalada juda ham ehtiyot boʻlmoq zarur.

Ushbu oyat tushgandan keyin, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu: «Ey, Allohning Rasuli, endi siz bilan faqat sirdoshim bilan gaplashgandek gaplashaman», degan ekanlar.

Qurʼoni Karimning boshqa oyatlari kabi bu oyati karima ham barcha sahobalarga qattiq taʼsir qildi. Ular ushbu oyatdagi «Oʻzingiz sezmagan holda amallaringiz habata (bekor) boʻlib qolmasin» jumlasining haqiqiy maʼnosini anglab yetganlaridan soʻng, qalblari larzaga keldi, vujudlarini titroq bosdi, oʻzlarini taftish qila boshladilar. Baʼzilarida oyatda zikr qilingan kamchilik boʻlsa, tuzatdilar, baʼzilari esa, oyat aynan oʻzlari haqida tushgan deb qabul qildilar.

Imom Ahmad ibn Hanbal roziyallohu anhu Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki: «Sobit ibn Qays ibn ashShammos baland ovozli odam edi. «Ey, iymon keltirganlar! Ovozingizni Paygʻambar ovozidan koʻtarmang...» oyati tushganda u kishi, ovozini Paygʻambarga koʻtargan oʻsha odam menman, doʻzax ahlidan boʻlgan ham menman, qilgan amalim habata (bekor) boʻldi, deb ahli ayoli ichida xafa-hazin boʻlib oʻtirib qoldi. Ittifoqo, shu payt uni Rasululloh alayhissalom axtarib qoldilar. Kishilar uning huzuriga borib:

«Seni Rasululloh alayhissalom axtaryaptilar, senga nima boʻldi?»–deyishdi. Shunda u kishi:

«Ovozini Paygʻambarning ovozidan baland koʻtargan menman, u kishiga dagʻal soʻz aytgan ham menman, amalim habata (bekor) boʻldi, men doʻzax ahlidanman, dedi. Kelib Paygʻambarimiz alayhissalomga xabarni yetkazdilar. Shunda u zoti bobarokat:

«Yoʻq, u jannat ahlidandir», dedilar».

Buyuk tafsirchilardan Ibn Kasir Paygʻambar alayhissalom qabrlari oldida ovozini baland koʻtarish, xuddi tirikliklarida huzurlarida ovozini baland koʻtarganidek makruhdir, chunki, u kishi hayotlarida muhtaram boʻlganlaridek, qabrlarida ham muhtaramdirlar, degan edi.

Bir kuni hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Paygʻambarimiz alayhissalomning masjidlarida ikki kishining ovozi koʻtarilganini eshitib, oldilariga kelib:

«Ikkovingiz qayerda turganingizni bilasizmi?»–debdilar va soʻngra yana soʻrabdilar:

«Qayerliksizlar?» Ular toiflik ekanliklarini aytishibdi. Shunda hazrati Umar:

«Agar madiynalik boʻlganlaringizda yaxshilab adabingizni berardim», debdilar.

Kelasi oyatda Alloh taolo ovozini pastlatib soʻzlashish Paygʻambar alayhissalomga hurmat boʻlishi bilan birga, qalbdagi taqvoning nishonasi ham ekanligini taʼkidlaydi.