إِنَّ ٱلَّذِينَ يَغُضُّونَ أَصْوَٰتَهُمْ عِندَ رَسُولِ ٱللَّهِ أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ ٱمْتَحَنَ ٱللَّهُ قُلُوبَهُمْ لِلتَّقْوَىٰ ۚ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَأَجْرٌ عَظِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Rasulullohning huzurida ovozlarini pastlatganlar, ana o`shalar Alloh qalblarini taqvoga imtihon qilgan zotlardir. Ularga mag`firat va ulkan ajr bor.Албатта, Расулуллоҳнинг ҳузурида овозларини пастлатганлар, ана ўшалар Аллоҳ қалбларини тақвога имтиҳон қилган зотлардир. Уларга мағфират ва улкан ажр бор.Alauddin Mansour: Albatta Allohning paygʻambari huzurida ovozlarini past qilgan zotlar — ana oʻshalar Alloh dillarini taqvo uchun imtihon qilgan (yaʼni, taqvo imtihonidan oʻtgan) zotlardir. Ular uchun magʻfirat va ulugʻ ajr-mukofot bordir.Албатта Аллоҳнинг пайғамбари ҳузурида овозларини паст қилган зотлар — ана ўшалар Аллоҳ дилларини тақво учун имтиҳон қилган (яъни, тақво имтиҳонидан ўтган) зотлардир. Улар учун мағфират ва улуғ ажр-мукофот бордир.
Ushbu oyati karimadan oldin kelgan ikki oyatga amal qilib, Rasululloh alayhissalomning huzurida ovozlarini pastlatganlar ulkan darajaga erishgan zotlarga aylanar ekanlar.
«Albatta, Rasulullohning huzurida ovozlarini pastlatganlar, ana oʻshalar Alloh qalblarini taqvoga imtihon qilgan zotlardir.»
Yaʼni, bundoq kishilarning qalblari taqvo imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtib, oʻzlari haqiqiy taqvodorlik martabasiga sazovor boʻlgan zotlardir. Oxiratda esa,
«Ularga magʻfirat va ulkan ajr bor».
Bu oyati karimadan koʻplab hukmlar kelib chiqadi. Jumladan, inson qalbining najoti Paygʻambar alayhissalomga nisbatan boʻlgan odobiga bogʻliq. Ulamolar, Rasululloh alayhissalomning huzurlarida yoki qabrlari yonida ovozni baland koʻtarish manʼ boʻlganidek, u kishining hadislarini oʻqiyotganda, olimlar huzurida ham manʼ qilinadi, deganlar.
Yana, oyatdan tushuniladiki, inson qalbi imtihon qilinar ekan, imtihondan oʻtganiga «taqvo» deb nomlangan ulugʻ neʼmat ravo koʻrilar, oʻtmaganiga esa ravo koʻrilmas ekan. Xuddi shu maʼnoni Paygʻambarimiz alayhissalomdan rivoyat qilingan sahih hadisdan ham tushunib olamiz: «Qalblar bir-bir fitnalarga uchratib chiqiladi. Qaysi qalb ularni qabul qilsa, ularga qora dogʻ tushadi, qaysi qalb inkor qilsa, oq dogʻ tushadi. Oxiri qalblar ikki xil boʻlib qoladi. Bir xili Safo singari oppoq boʻlib, osmonlaru yer bor ekan, unga fitna zarar qila olmaydi. Ikkinchisi qop- qora boʻlib, bunday qalb egasi yaxshilikni bilmaydi, yomonlikdan qaytmaydi, havoyi nafsi buyurganidan boshqani qilmaydi.»
Imom Ahmad Mujohiddan «Kitobiz-Zuhd»da quyidagi rivoyatni keltirgan: «Hazrati Umarga:
«Ey, moʻminlarning amiri, gunoh ishni xohlamaydigan va qilmaydigan odam afzalmi yoki xohlab turib qilmaydigan odam afzalmi?»–deb xat yozishibdi. Hazrati Umar:
«Albatta, gunohni xohlab turib qilmaydiganlar afzal, ana oʻshalar Alloh qalblarini taqvoga imtihon qilgan zotlardir», deb yozgan ekanlar.
Ha, taqvo ulkan neʼmat boʻlib, har kimga ham berilavermaydi. Sinovdan yaxshi oʻtgan, qabul qilishga tayyorlangan, shunday ulugʻ ilohiy neʼmatga haqli boʻlgan qalblargagina Alloh taolo taqvoni beradi.
Keyingi oyati karima Paygʻambar alayhissalomning hurmatlarini joyiga qoʻymay, ovozlarini baland koʻtarib, baqir-chaqir qilganlarni vasf etgandir. Oyatda bunday qilish naqadar noqulay ekanligi voqeʼlikdagi jonli misol bilan isbotlanadi:
Ey Paygʻambar!