وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَكَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَآ أُو۟لَـٰٓئِكَ أَصْحَـٰبُ ٱلْجَحِيمِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar va oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlar — ana o`shalar do`zax egalaridir!Куфр келтирганлар ва оятларимизни ёлғонга чиқарганлар — ана ўшалар дўзах эгаларидир!Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan va Bizning oyatlarimizni yolgʻon degan kimsalar esa jahannam egalaridir.Кофир бўлган ва Бизнинг оятларимизни ёлғон деган кимсалар эса жаҳаннам эгаларидир.
Kufr keltirganlar doʻzax egasi boʻlmasa, kim doʻzax egasi boʻlardi. Alloh taoloning oyatlarini yolgʻonga chiqarganlar doʻzax egasi boʻlmasa, kim doʻzax egasi boʻlar edi!
Keyingi oyatda Alloh taolo musulmonlarga ularni dushmanlaridan himoya qilib, neʼmat ato etganini eslatadi. Bu esa, oʻz navbatida, moʻmin bandalarni adolat oʻrnatishda bardavom boʻlishga targʻibdir: