وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ ۙ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَأَجْرٌ عَظِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh iymon keltirib yaxshi amallarni qilganlarga va'da qildi: Ularga mag`firat va ulkan ajr bo`lur.Аллоҳ иймон келтириб яхши амалларни қилганларга ваъда қилди: Уларга мағфират ва улкан ажр бўлур.Alauddin Mansour: Alloh iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar uchun magʻfirat va ulugʻ ajr boʻlishini vaʼda qildi.Аллоҳ иймон келтирган ва яхши амаллар қилган зотлар учун мағфират ва улуғ ажр бўлишини ваъда қилди.
Odatdagidek, bu oyatda ham iymon eslatilgandan soʻng «yaxshi amal qilish» ham qoʻshib qoʻyilyapti. Bu esa, haqiqiy iymon egasi iymon taqozosi boʻyicha amal qilishi lozim ekanini yana bir bor koʻrsatib turibdi. Iymonini yaxshi amallar ila quvvatlantirgan kishilarni Alloh bu dunyoda gunohlarini magʻfirat qilib, u dunyoda jannatga kiritishi turgan gap. Qurʼoni Karim istilohida jannat «ulkan ajr» deb ham aytiladi.
Kelasi oyati karimada iymon, amali solih va ularning mukofotiga zid narsalar zikr etiladi.