يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱذْكُرُوا۟ نِعْمَتَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ هَمَّ قَوْمٌ أَن يَبْسُطُوٓا۟ إِلَيْكُمْ أَيْدِيَهُمْ فَكَفَّ أَيْدِيَهُمْ عَنكُمْ ۖ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Allohning sizga bergan ne'matini eslang. Bir qavm sizga qo`l uzatmoqchi bo`lganida, U ularning qo`llarini sizdan qaytargan edi. Va Allohga taqvo qiling. Mo`minlar Allohga tavakkal qilsinlar.Эй, иймон келтирганлар! Аллоҳнинг сизга берган неъматини эсланг. Бир қавм сизга қўл узатмоқчи бўлганида, У уларнинг қўлларини сиздан қайтарган эди. Ва Аллоҳга тақво қилинг. Мўминлар Аллоҳга таваккал қилсинлар.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, Allohning sizlarga bergan neʼmatini — bir qavm sizlarga qoʻl koʻtarishni (yaʼni, halok qilishni) qasd qilganida ularning qoʻllarini sizlardan qaytarganini eslangiz! Allohdan qoʻrqingiz! Iymonli kishilar yolgʻiz Allohgagina suyansinlar!Эй мўминлар, Аллоҳнинг сизларга берган неъматини — бир қавм сизларга қўл кўтаришни (яъни, ҳалок қилишни) қасд қилганида уларнинг қўлларини сизлардан қайтарганини эслангиз! Аллоҳдан қўрқингиз! Иймонли кишилар ёлғиз Аллоҳгагина суянсинлар!
«Musulmonlarga qoʻl choʻzmoqchi boʻlgan qavm» kimlar ekanligi haqida turli rivoyatlar bor. Ammo muhaqqiq ulamolarimiz bu qavm Hudaybiya hodisasi paytida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni va musulmonlarni gʻaflatda qoldirib, qirib tashlamoqchi boʻlgan mushriklar guruhi ekanini taʼkidlaganlar.
«Ey, iymon keltirganlar! Allohning sizga bergan neʼmatini eslang. Bir qavm sizga qoʻl uzatmoqchi boʻlganida, U ularning qoʻllarini sizdan qaytargan edi».
Alloh ularga yovuz niyatlariga erishish imkonini bermadi. Ular musulmonlar qoʻliga asir tushdilar. Bu, albatta, Alloh tomonidan musulmonlarga berilgan ulkan neʼmatdir. Koʻrinib turibdiki, Alloh xohlasa, har qanday holda ham bandasiga neʼmat ato etadi. Ammo banda bunday baxtga erishishi uchun bu inoyatga loyiq boʻlishi lozim. Bu esa, yana taqvo bilan boʻladi. Shuning uchun ham:
«Va Allohga taqvo qiling», deb xitob etilmoqda.
Ayni chogʻda, Allohning madadidan hech qachon umid uzmaslik lozimdir. Buni:
«Moʻminlar Allohga tavakkal qilsinlar», degan jumladan bilib olamiz.
Yuqoridagi oyatlarda Alloh taolo bilan moʻminlar orasidagi miysoq–ahdnoma haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, miysoq–ahdnoma yahudiylar bilan ham boʻlgan edi. Endi oʻsha ahdnomaning oqibati bayon qilinadi: