قَدْ سَأَلَهَا قَوْمٌ مِّن قَبْلِكُمْ ثُمَّ أَصْبَحُوا۟ بِهَا كَـٰفِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizdan oldin ham bir qavm ularni so`ragan, so`ngra esa, ularga kofir bo`lgan edi.Сиздан олдин ҳам бир қавм уларни сўраган, сўнгра эса, уларга кофир бўлган эди.Alauddin Mansour: U narsalar haqida sizlardan oldingi qavm soʻragan edi. Soʻngra esa u narsalarni inkor qiluvchilarga aylandilar.У нарсалар ҳақида сизлардан олдинги қавм сўраган эди. Сўнгра эса у нарсаларни инкор қилувчиларга айландилар.
Bunga eng yorqin misol Bani Isroildir. «Baqara» surasi tafsirida ularning qurbonlikka amr etilgan sigirning sifatlari haqida birin-ketin nooʻrin savollar berib, oʻzlariga oʻzlari qiyin qilib olganlari, keyin kofir boʻlganliklari haqida batafsil soʻz yuritiladi. Bunga oʻxshash hollar yana keladi.
Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga aytmay tek qoʻysam, meni ham tek qoʻyinglar. Shubhasiz, sizlardan oldingilarni halok qilgan narsa–savollarning koʻpligi va Paygʻambarlariga xiloflari boʻlgan», deganlar.
Bundan avvalgi «Ey, iymon keltirganlar, har xil narsalar haqida soʻrayvermanglar» oyatining nozil boʻlishiga sabablardan biri odamlarning Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bahiyra, soiba, vasiyla va hommlar haqida savollari edi. Bu narsalar haqida keyingi oyatda maʼlumot beriladi: