مَا جَعَلَ ٱللَّهُ مِنۢ بَحِيرَةٍ وَلَا سَآئِبَةٍ وَلَا وَصِيلَةٍ وَلَا حَامٍ ۙ وَلَـٰكِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يَفْتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ ۖ وَأَكْثَرُهُمْ لَا يَعْقِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh bahiyra, soiba, vasiyla va hommlarni qilgani yo`q. Lekin kufr keltirganlar Allohga nisbatan yolg`on to`qirlar. Ularning ko`plari aqlsizdirlar.Аллоҳ баҳийра, соиба, васийла ва ҳоммларни қилгани йўқ. Лекин куфр келтирганлар Аллоҳга нисбатан ёлғон тўқирлар. Уларнинг кўплари ақлсиздирлар.Alauddin Mansour: Alloh na «bahiyra», na «soiba», na «vasiyla» va na «homiy» qilishga (buyurgani) yoʻq. Lekin kofir kimsalar Alloh shaʼniga yolgʻon toʻqimoqdalar. Ularning koʻplari aqlsizdirlar.Аллоҳ на «баҳийра», на «соиба», на «васийла» ва на «ҳомий» қилишга (буюргани) йўқ. Лекин кофир кимсалар Аллоҳ шаънига ёлғон тўқимоқдалар. Уларнинг кўплари ақлсиздирлар.
Oyati karimaning toʻliq maʼnosini oʻrganishdan oldin undagi baʼzi soʻzlarni tushunib olishimiz zarur.
Agar beshinchi boʻtaloq urgʻochi tugʻilsa, ona tuyaning qulogʻini tilib, belgili qilib qoʻyib yuborilar va u «bahiyra» deb aytilar edi. Johiliy arablarning buzuq eʼtiqodlariga koʻra, bunday tuyaning goʻshtini yeyish, sutini ichish, oʻzini minish yoki ustiga yuk yuklash harom hisoblanardi. «Bahiyra» deb qoʻyib yuborilgan tuya erkin holda yuraverar, unga birov tegmas edi.
«Soiba» lugʻatda «qoʻyib yuborilgan» degan maʼnoni anglatib, johiliyat odati boʻyicha, bir kishi safardan kelgani, kasaldan tuzalgani yoki shunga oʻxshash boshqa munosabatlar ila nazr qilgan tuyaga aytilardi. Bunday tuya ham qoʻyib yuborilar va u ham xuddi «bahiyra» kabi goʻshti yeyilmaydigan, suti ichilmaydigan, oʻzi minilmaydigan va yuk ortilmaydigan muqaddassifat hayvonga aylanib qolar edi.
«Vasiyla» lugʻatda «ulovchi» maʼnosini anglatib, johiliy arablar urfida birin-ketin ulab urgʻochi bola tuqqan qoʻyga aytilardi. Uni ham soʻymas edilar.
«Homm» esa, lugʻatda «himoya qiluvchi» maʼnosini anglatib, urgʻochi hayvonlarga qochirish uchun qoʻyiladigan erkak hayvonga aytiladi. Johiliy arablar bir erkak hayvon oʻnta urgʻochini qochirsa, uni «homm» deb atar edilar va unga ham alohida munosabat koʻrsatilar, minilmas, yuk yuklatilmas va boshqa imtiyozlar berilar edi.
Ushbu toʻrt istiloh haqida boshqa rivoyatlar ham bor. Ammo hammasi ham mantiqsiz, jaholat alomati boʻlgan ishlardir. Ehtimol, qabila va joylarning oʻzgarishi bilan bu toʻrt istiloh ham turlicha maʼnoda ishlatilgandir. Qanday boʻlishidan qatʼinazar, bu tasavvur va bu tasarruflar Allohning shariatiga amal qilmagan insonlar, ilohiy koʻrsatmalarni oʻzlariga dastur qilib olmagan jamiyatlar qanday holga tushib qolishini yaqqol koʻrsatib turibdi. Allohning aytganini bir chetga qoʻyganlar, tabiatan mavjud asil his-tuygʻularni baribir yoʻq qila olmaydilar. Asta-sekin oʻzlari ushbuga oʻxshash mantiqsiz narsalarni toʻqib chiqib, muqaddaslashtirishga harakat qiladilar. Allohdan boshqaning hukmiga yurgandan keyin oʻsha hukmning yoʻrigʻiga amal qilishga, uning ramzlarini ulugʻlashga, muqaddaslashtirishga intiladilar. Bogʻcha bolalariga ovqatdan soʻng: «Yedik-ichdik, buning uchun falonchi bobomizga, partiyamizga ming rahmat», deb qator turgʻizib, baland ovozda ayttirishdan boshlab, toshdan haykal qilib olib, tagiga oʻt yoqib qoʻyib, qarshisida bosh egib turish va taʼzim qilishgacha borib yetadi. Unday jamiyat aʼzolari oʻzlariga yetgan har bir yaxshi narsani partiyadan, hokimlardan deb tushunadi, Allohga emas, oʻshalarga shukr aytishim lozim deb oʻylaydi. Allohning hukmini qoʻyib ularning hukmini qilgandan soʻng, oʻshalarning bandasiga aylanib qoladi. Xalq ustida turgan togʻutlar esa, oʻziga tegishli ramzlarni muqaddaslashtirishga tirishadi. Ushbu oyatda oʻsha narsalardan bir namuna keltirilmoqda. Oʻzlaricha baʼzi hayvonlarni but-sanamlari haqqi deb, eʼlon qilib, ularga alohida nom va belgilar qoʻyib, turli hukmlar chiqarishmoqda. Alloh bu ishlarni inkor etib:
«Alloh bahiyra, soiba, vasiyla va hommlarni qilgani yoʻq. Lekin kufr keltirganlar Allohga nisbatan yolgʻon toʻqirlar», deydi.
Johiliyat arablari Allohni inkor etmasdilar, balki Allohga shirk keltirardilar. But-sanamlar–kichik Xudolar, oʻrtada vositachi boʻlib, bizni katta Xudoga yetkazadi, degan eʼtiqodda edilar. Shunga qaramay, Alloh bu oyatda ularni kofirlar deb atamoqda, daʼvolari Allohga nisbatan yolgʻon ekanini taʼkidlamoqda. Kofirliklari Allohning shariatiga amal qilmasliklaridan boʻlsa, Allohga nisbatan yolgʻon toʻqishlari, bahiyra, soiba, vasiyla va hommlarni ilohcha deb atashardilar. Bunday ishlarni Alloh amr qilgani yoʻq, ular oʻzlari toʻqib chiqarib, soʻngra Allohga nisbat berishmoqda. Allohning shariatidan boshqa shariatga yurishning oqibati shunaqa boʻladi.
Oyatning oxirida:
«Ularning koʻplari aqlsizdirlar», deyilmoqda.
Toʻgʻri, aqli boʻlsa, Allohning shariatidan boshqa shariatga yurarmidi?! Oʻzicha turli narsalarni toʻqib chiqararmidi?!
Allohning shariatidan boshqa shariatga yurganlarga rahim qilib, ularning aql-hushlarini joyiga keltirish, toʻgʻri yoʻlga solish maqsadida: