وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْا۟ إِلَىٰ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ وَإِلَى ٱلرَّسُولِ قَالُوا۟ حَسْبُنَا مَا وَجَدْنَا عَلَيْهِ ءَابَآءَنَآ ۚ أَوَلَوْ كَانَ ءَابَآؤُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ شَيْـًٔا وَلَا يَهْتَدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga, Payg`ambarga kelinglar», deyilsa, «Bizga ota-bobolarimizni nimaning ustida topgan bo`lsak, o`sha yetarli», derlar. Agar ota-bobolari hech narsaga aqli yetmaydigan va hidoyatga erishmagan bo`lsalar ham-a?!Уларга: «Аллоҳ нозил қилган нарсага, Пайғамбарга келинглар», дейилса, «Бизга ота-боболаримизни ниманинг устида топган бўлсак, ўша етарли», дерлар. Агар ота-боболари ҳеч нарсага ақли етмайдиган ва ҳидоятга эришмаган бўлсалар ҳам-а?!Alauddin Mansour: Qachon ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga va paygʻambarga kelinglar», deyilsa, ular: «Biz uchun ota-bobolarimizni nimaning (yaʼni, qaysi dinning) ustida topgan boʻlsak, oʻsha yetarli», deyishadi. Agar ota-bobolari hech narsani bilmaydigan va haq yoʻlni topa olmaydigan boʻlsalar ham-a?!Қачон уларга: «Аллоҳ нозил қилган нарсага ва пайғамбарга келинглар», дейилса, улар: «Биз учун ота-боболаримизни ниманинг (яъни, қайси диннинг) устида топган бўлсак, ўша етарли», дейишади. Агар ота-боболари ҳеч нарсани билмайдиган ва ҳақ йўлни топа олмайдиган бўлсалар ҳам-а?!
Allohning shariatiga amal qilmay kofir boʻlib yurganlarga, ularning bu holini koʻrib, zalolatda ekanini anglagan va toʻgʻri yoʻlni tushunganlar tomonidan:
«Alloh nozil qilgan narsaga, Paygʻambarga kelinglar, deyilsa», yaʼni, Qurʼoni Karimga, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga, shariatga amal qilishga oʻtaylik deyilsa:
«Bizga ota-bobolarimizni nimani ustida topgan boʻlsak, oʻsha yetarli, derlar».
Bu ularning makkorligining alomatidir. Allohning shariatini joriy etmaganlar, xalqni aldash uchun uning tasavvurida eʼtiborli hisoblangan boshqa narsalarni ulugʻlashga harakat qiladi. Jumladan, ota-bobolarni. Ular ota-bobolarning keyingi avlod oldidagi obroʻyini oʻz foydalari yoʻlida ishlatadilar. «Biz bu ishni oʻzimizdan qilayotganimiz yoʻq, balki ota-bobolarimizdan qolgan narsaga amal qilmoqdamiz», deydilar. Ota-bobolari toʻgʻri yoʻlda yurgan, Allohning shariatiga amal qilgan boʻlsalar, koshki edi. Ergashsa, qanday ham yaxshi boʻlardi. Ammo ota-boboga ergashish hamma holatlarda ham zarurmi?
«Agar ota-bobolari hech narsaga aqli yetmaydigan va hidoyatga erishmagan boʻlsalar ham-a?!»
Ota-bobolarga ergashishning mana shunaqa xavfli tomonlari ham bor. Agar ota-bobolar toʻgʻri yoʻlda yurib, aqlni ishlatib, Allohning shariatiga amal qilgan boʻlsalar, ularga ergashiladi, ammo ular jaholatda oʻtgan, aqlni ishlatmagan boʻlsalar, u vaqtda ularga ergashib boʻlmaydi.
Allohning shariatiga amal qilmay kufrga ketganlarning holi bunday boʻlsa, hech qanday nasihatni qabul qilmay, ota-bobomizning ishlaridan qolmaymiz, deb bosh tortsa, moʻmin-musulmonlar nima qilishlari kerak? Buning javobi keyingi oyatda keladi: