QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят105

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ عَلَيْكُمْ أَنفُسَكُمْ ۖ لَا يَضُرُّكُم مَّن ضَلَّ إِذَا ٱهْتَدَيْتُمْ ۚ إِلَى ٱللَّهِ مَرْجِعُكُمْ جَمِيعًا فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! O`zingizni biling. Agar hidoyatda bo`lsangiz, adashganlari sizga zarar qilmas. Hammangizning qaytib boradigan joyingiz Allohning huzurida. O`shanda sizga qilib yurgan ishlaringizning xabarini beradir.Эй, иймон келтирганлар! Ўзингизни билинг. Агар ҳидоятда бўлсангиз, адашганлари сизга зарар қилмас. Ҳаммангизнинг қайтиб борадиган жойингиз Аллоҳнинг ҳузурида. Ўшанда сизга қилиб юрган ишларингизнинг хабарини берадир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, oʻzingizni bilingiz! (Yaʼni, gunohlardan saqlaningiz!) Modomiki, haq yoʻlni tutgan ekansiz, adashgan kimsalar sizlarga zarar yetkaza olmas. Barchangiz ham Allohga qaytishingiz bordir. Ana oʻshanda Alloh sizlarga qilib oʻtgan amallaringizning xabarini berur.Эй мўминлар, ўзингизни билингиз! (Яъни, гуноҳлардан сақланингиз!) Модомики, ҳақ йўлни тутган экансиз, адашган кимсалар сизларга зарар етказа олмас. Барчангиз ҳам Аллоҳга қайтишингиз бордир. Ана ўшанда Аллоҳ сизларга қилиб ўтган амалларингизнинг хабарини берур.

125-sahifa · 7-juz · 13-hizb125-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَ(oʻsha) kishilar(ўша) кишиларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларعَلَيْكُمْsizga lozimсизга лозимأَنفُسَكُمْ ۖoʻzingizni bilishўзингизни билишلَاemasэмасيَضُرُّكُمsizga zarar qilarсизга зарар қиларمَّنkimkiкимкиضَلَّadashganадашганإِذَاagarагарٱهْتَدَيْتُمْ ۚhidoyatda boʻlsangizҳидоятда бўлсангизإِلَى-ga-гаٱللَّهِAllohАллоҳمَرْجِعُكُمْqaytib boradigan joyingizқайтиб борадиган жойингизجَمِيعًۭاhammangizningҳаммангизнингفَيُنَبِّئُكُمbas, sizga xabar beradirбас, сизга хабар берадирبِمَاnarsadanнарсаданكُنتُمْsiz boʻlganсиз бўлганتَعْمَلُونَqilib yurgan ishlaringizқилиб юрган ишларингиз
TafsirТафсир

Alloh taolo bu oyatda ham musulmon bandalariga ular uchun mahbub boʻlgan nido bilan xitob qilmoqda: Ey, iymon keltirganlar, siz Allohning shariatida yurmay kofir boʻlayotganlarga vaʼz-nasihat, amri maʼruf va nahyi munkar qilib, ularni toʻgʻri yoʻlga solish uchun qoʻlingizdan kelgan harakatni qildingiz. Ammo ular koʻnmadilar, aytganingizni qabul qilmadilar. Endi «oʻzingizni biling», ishlaringizni joyiga qoʻying. Allohning amrini bajo qilishda davom eting. Kofirlarning qilmishlari sizni turli xayollarga olib bormasin, ular oʻz qilmishlari uchun oʻzlari javob beradilar.

«Agar hidoyatda boʻlsangiz, adashganlari sizga zarar qilmas».

Har kim oʻz qilmishiga koʻra jazo yoki mukofot oladi, chunki:

«Hammangizning qaytib boradigan joyingiz Allohning huzurida».

Oʻsha joyda siz ham toʻplanasiz, zalolatga ketgan kofirlar ham toʻplanadi. U vaqtda oʻzaro tortishib yurmaysiz. Balki, Alloh taoloning Oʻzi:

«Oʻshanda sizga qilib yurgan ishlaringizning xabarini beradir».

Shuning uchun, bu dunyoda har xil narsalarga chalgʻimasdan, Allohning shariatiga muvofiq ishlarni qilishga intiling.

Har kim qilsa, oʻziga qiladi, degan maʼno oxiratda jazo yoki mukofot olishga tegishli gapdir. Musulmon odam bu gapni bu dunyoda oʻziga shior qilib olmaydi. Chunki, amri maʼruf, nahyi munkar har bir musulmonga farzdir. Musulmonning vazifasi daʼvat qilish va undan qolmaslik. Hidoyatga solish Allohning ishi. Hidoyatdagi musulmon kishi boshqalarning ham hidoyatga erishishini istaydi, shu yoʻlda harakat qiladi. Alloh oʻnglab hidoyatga tushgan birodari uchun xursand boʻladi. Bosh tortgan esa, oʻz qilmishiga oʻzi javob beraveradi. Uning uchun daʼvatchi musulmon javob bermaydi. Zalolatdan chiqishni istamaganlar bilan boʻladigan munosabat ana shu. Ammo hidoyatga tushib, musulmonlar jamiyati aʼzosi boʻlganlarning oʻzaro aloqalari shariat asosida, ishonchli aloqa boʻladi. Shunday muomalalardan biri kelgusi oyatda bayon qilinadi: