QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят106

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ شَهَـٰدَةُ بَيْنِكُمْ إِذَا حَضَرَ أَحَدَكُمُ ٱلْمَوْتُ حِينَ ٱلْوَصِيَّةِ ٱثْنَانِ ذَوَا عَدْلٍ مِّنكُمْ أَوْ ءَاخَرَانِ مِنْ غَيْرِكُمْ إِنْ أَنتُمْ ضَرَبْتُمْ فِى ٱلْأَرْضِ فَأَصَـٰبَتْكُم مُّصِيبَةُ ٱلْمَوْتِ ۚ تَحْبِسُونَهُمَا مِنۢ بَعْدِ ٱلصَّلَوٰةِ فَيُقْسِمَانِ بِٱللَّهِ إِنِ ٱرْتَبْتُمْ لَا نَشْتَرِى بِهِۦ ثَمَنًا وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَىٰ ۙ وَلَا نَكْتُمُ شَهَـٰدَةَ ٱللَّهِ إِنَّآ إِذًا لَّمِنَ ٱلْـَٔاثِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Birortangizga o`lim kelganda — vasiyat qilar chog`ida o`zingizdan bo`lgan ikki adolatli kishi, agar yer yuzida safardalik chog`ingizda o`lim musiybati yetsa, o`zgalardan ikki kishi o`rtangizda guvoh bo`lsin. Agar shubha qilsangiz, guvohlarni namozdan keyin tutasiz va ular: «Garchi qarindoshimiz uchun bo`lsa ham, qasamni ozgina qiymatga sotmasmiz va Alloh uchun guvohligimizni yashirmasmiz. Zotan, u holda, albatta, gunohkorlardan bo`lib qolamiz», deb Alloh nomi ila qasam icharlar.Эй, иймон келтирганлар! Бирортангизга ўлим келганда — васият қилар чоғида ўзингиздан бўлган икки адолатли киши, агар ер юзида сафардалик чоғингизда ўлим мусийбати етса, ўзгалардан икки киши ўртангизда гувоҳ бўлсин. Агар шубҳа қилсангиз, гувоҳларни намоздан кейин тутасиз ва улар: «Гарчи қариндошимиз учун бўлса ҳам, қасамни озгина қийматга сотмасмиз ва Аллоҳ учун гувоҳлигимизни яширмасмиз. Зотан, у ҳолда, албатта, гуноҳкорлардан бўлиб қоламиз», деб Аллоҳ номи ила қасам ичарлар.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, birovingizga oʻlim kelganda — vasiyat qilar vaqtida oʻzingizdan (yaʼni, musulmonlardan) boʻlgan ikki adodat egasi yoki agar biror Yerga safar qilib, oʻsha Yerda sizga oʻlim yetgan boʻlsa, oʻzgalardan boʻlgan ikki kishi oʻrtalaringizda guvoh boʻlsin! U guvohlarni namoz oʻqib chiqqanlaridan keyin tutasizlar. Agar (ularning adolat qilishiga) shubha qilsangiz, ular Alloh nomiga bunday qasam ichadilar: «Garchi guvohlik beriluvchi, yaʼni merosxoʻr qarindoshimiz boʻlsa-da, bu qasamimizni ozgina qiymatga almashtirmaymiz va Alloh uchun bergan guvohligimizni yashirmaymiz. Zotan u holda biz hech shak-shubhasiz, gunohkorlardan boʻlib qolamiz».Эй мўминлар, бировингизга ўлим келганда — васият қилар вақтида ўзингиздан (яъни, мусулмонлардан) бўлган икки адодат эгаси ёки агар бирор Ерга сафар қилиб, ўша Ерда сизга ўлим етган бўлса, ўзгалардан бўлган икки киши ўрталарингизда гувоҳ бўлсин! У гувоҳларни намоз ўқиб чиққанларидан кейин тутасизлар. Агар (уларнинг адолат қилишига) шубҳа қилсангиз, улар Аллоҳ номига бундай қасам ичадилар: «Гарчи гувоҳлик берилувчи, яъни меросхўр қариндошимиз бўлса-да, бу қасамимизни озгина қийматга алмаштирмаймиз ва Аллоҳ учун берган гувоҳлигимизни яширмаймиз. Зотан у ҳолда биз ҳеч шак-шубҳасиз, гуноҳкорлардан бўлиб қоламиз».

125-sahifa · 7-juz · 13-hizb125-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَ(oʻsha) kishilar(ўша) кишиларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларشَهَـٰدَةُguvohlikгувоҳликبَيْنِكُمْoʻrtangizdaўртангиздаإِذَاqachonkiқачонкиحَضَرَkelgandaкелгандаأَحَدَكُمُbirortangizgaбирортангизгаٱلْمَوْتُoʻlimўлимحِينَchogʻidaчоғидаٱلْوَصِيَّةِvasiyatвасиятٱثْنَانِikkiиккиذَوَاkishiкишиعَدْلٍۢadolatliадолатлиمِّنكُمْoʻzingizdanўзингизданأَوْyokiёкиءَاخَرَانِboshqa ikki kishiбошқа икки кишиمِنْ-dan-данغَيْرِكُمْoʻzgalardanўзгаларданإِنْagarагарأَنتُمْsizlarсизларضَرَبْتُمْsafarda yursangizсафарда юрсангизفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиفَأَصَـٰبَتْكُمbas, sizga yetsaбас, сизга етсаمُّصِيبَةُmusibatiмусибатиٱلْمَوْتِ ۚoʻlimўлимتَحْبِسُونَهُمَاikkovlarini tutasizикковларини тутасизمِنۢ-dan-данبَعْدِkeyinкейинٱلصَّلَوٰةِnamozнамозفَيُقْسِمَانِbas, ikkovlari qasam ichadilarбас, икковлари қасам ичадиларبِٱللَّهِAlloh nomi ilaАллоҳ номи илаإِنِagarагарٱرْتَبْتُمْshubha qilsangizшубҳа қилсангизلَاemasэмасنَشْتَرِىsotamizсотамизبِهِۦuni (qasamni)уни (қасамни)ثَمَنًۭاozgina qiymatgaозгина қийматгаوَلَوْgarchiгарчиكَانَboʻlsa hamбўлса ҳамذَاegasiэгасиقُرْبَىٰ ۙqarindoshlikқариндошликوَلَاva emasва эмасنَكْتُمُyashiramizяширамизشَهَـٰدَةَguvohliginiгувоҳлигиниٱللَّهِAlloh uchunАллоҳ учунإِنَّآalbatta, bizалбатта, бизإِذًۭاu holdaу ҳолдаلَّمِنَalbatta -danалбатта -данٱلْـَٔاثِمِينَgunohkorlarгуноҳкорлар
TafsirТафсир

Islom shariati hukmlari yerdagi muammolarni muolaja qilish uchun osmondan tushgan. Bandalarning muammolarini muolaja qilish uchun Alloh tomonidan tushirilgan. Lekin osmondan tushganligi «osmondan olingan» degan johiliy tushunchaga olib bormasligi kerak. Chunki, «osmondan olingan» degan tushuncha, yerdagi voqelikka toʻgʻri kelmaydi, degan maʼnoni anglatadi. Islom shariati hukmlari aynan yerdagi, voqelikdagi hayot muammolarini muolaja qilish uchun osmonu yerning xoliqi va moliki hamda yagona hokimi Alloh tomonidan oliy maqom etib tushirilgan. Ushbu oyatda zikr qilingan hukm ham yerdagi hayot bilan qorishib ketgan. Aynan voqelikdan kelib chiqqan. Ushbu oyatlar nozil boʻlayotgan davr jamiyati ichidagi hodisalar jarayoniga chambarchas bogʻliq holda joriy qilingan. Bunga ushbu oyati karimaning sababi nuzulini oʻrganish orqali ham guvoh boʻlamiz.

Imom Buxoriy va boshqa hadis imomlari Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi: «Tamiym ad-Doriy bilan Adiy ibn Baddaa Makkaga borib kelib yurishar edi. Bir kuni ular bilan Bani Sahim qabilasidan bir yigit ham yoʻlga chiqib, musulmonlar yoʻq joyda vafot etdi. Ikkovlariga vasiyat qildi. Ular yigit qoldirgan merosni uning ahliga olib kelib berdilar. Ammo tilla suvi yuritilgan jomni olib qoldilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga: «Berkitmadinglar ham, koʻrmadinglar hammi?»–deb turib qasam ichirdilar. Keyin jom Makkadan chiqdi. Makkaliklar: «Biz buni Adiy va Tamiymdan sotib oldik», deyishdi. Sahmiyning merosxoʻrlaridan ikki kishi kelib, qasam ichib: «Bu jom Sahmiyniki, bizning guvohligimiz ikkisining guvohligidan toʻgʻriroq va biz tajovuz qilganimiz yoʻq», deyishdi. Soʻng jom olindi. Ana shunda Alloh bu (ushbu va undan keyingi) oyatlarni nozil qildi.

Musulmon odam doimo oʻlimga tayyor turishi kerak. Oʻlimni jasorat bilan kutib olishi lozim va oʻsha vaqtda ham shariatning hukmini bajarishga harakat qilishga burchlidir.

Shariat oʻlayotgan odamga vasiyat qilishni buyurgan. Toki uning oʻlimidan keyin orqasida qolgan merosxoʻrlarga jabr boʻlmasin, ular bir-birlari bilan janjal qilib yurmasin. Ushbu oyati karimada vasiyatni qanday qilish koʻrsatilmoqda:

«Ey, iymon keltirganlar! Birortangizga oʻlim kelganda – vasiyat qilar chogʻida oʻzingizdan boʻlgan ikki adolatli kishi, agar yer yuzida safardalik chogʻingizda oʻlim musiybati yetsa, oʻzgalardan ikki kishi oʻrtangizda guvoh boʻlsin».

Demak, musulmon odam vatanida oʻlayotgan boʻlsa, oʻz vasiyatiga ikki odil musulmon kishini guvoh qilishi kerak ekan. Shunda vasiyat buzilmaydi. Birovning haqini birov yemaydi. Chunki, orada adolatli guvohlar bor. Agar oʻlim safardalik chogʻida yuz beradigan boʻlsa, yaʼni, safarda yurgan musulmon odam oʻlimiga koʻzi yetib vasiyat qilmoqchi boʻlsa-yu, ikkita odil musulmon guvoh topa olmasa, ikkita nomusulmon odamni guvoh qiladi. Guvoh albatta shartligi shundan kelib chiqadi.

Baʼzi paytlarda guvohlar haqida shubhaga tushib qolish ham mumkin, lekin shunda ham guvoh zarur. Faqat, shubhani qaytarish uchun ularga quyidagicha muomala qilinadi:

«Agar shubha qilsangiz, guvohlarni namozdan keyin tutasiz».

Demak, guvohlar boshqa dinda boʻlsalar ham namozi bor, namoz oʻqiydigan boʻlishi kerak. Albatta, namoz oʻqigan odamdan yaxshilik kutsa boʻladi. Buning ustiga, namoz oʻqib, diniy hissiyotlari kuchayib turgan bir paytda:

«ular: «Garchi qarindoshimiz uchun boʻlsa ham, qasamni ozgina qiymatga sotmaymiz va Alloh uchun guvohlikni yashirmasmiz. Zotan, u holda, albatta, gunohkorlardan boʻlib qolamiz», deb Alloh nomi bilan qasam icharlar».

Ana shundan keyin ularni guvoh qilib turib vasiyat qilinadi. Agar shundan keyin ikkovlari guvohlikni toʻgʻrilik ila ado etib, hamma ish joyida boʻlsa, ayni murod.