فَإِنْ عُثِرَ عَلَىٰٓ أَنَّهُمَا ٱسْتَحَقَّآ إِثْمًا فَـَٔاخَرَانِ يَقُومَانِ مَقَامَهُمَا مِنَ ٱلَّذِينَ ٱسْتَحَقَّ عَلَيْهِمُ ٱلْأَوْلَيَـٰنِ فَيُقْسِمَانِ بِٱللَّهِ لَشَهَـٰدَتُنَآ أَحَقُّ مِن شَهَـٰدَتِهِمَا وَمَا ٱعْتَدَيْنَآ إِنَّآ إِذًا لَّمِنَ ٱلظَّـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ikkovlarining gunohlari bilinib qolsa, o`rinlariga ustilariga nohaqlik tushgan yaqinlardan ikkitalari o`turlar va Alloh ila qasam ichib: «Bizning guvohligimiz ularning guvohliklaridan to`g`riroq va biz tajovuz qilmadik. Agar qilgan bo`lsak, albatta, zolimlardan bo`lurmiz», deyishadi.Агар икковларининг гуноҳлари билиниб қолса, ўринларига устиларига ноҳақлик тушган яқинлардан иккиталари ўтурлар ва Аллоҳ ила қасам ичиб: «Бизнинг гувоҳлигимиз уларнинг гувоҳликларидан тўғрироқ ва биз тажовуз қилмадик. Агар қилган бўлсак, албатта, золимлардан бўлурмиз», дейишади.Alauddin Mansour: Agar ularning gunohkor boʻlganlari (yaʼni, yolgʻon guvohlik berganlari) maʼlum boʻlib qolsa, u holda ularning oʻrinlariga turadigan, merosga haqdor kishilardan boʻlgan boshqa ikki kishi (guvohlik berish uchun) eng loyiq kishilardir. Bas, bu ikkovi ham: «Bizning bergan guvohligimiz ularning guvohligidan toʻgʻriroq, biz (bu guvohlik berishda) haqdan tajovuz qilganimiz yoʻq. Chunki u holda biz hech shak-shubhasiz, zolimlardan boʻlib qolurmiz», deb Alloh nomiga qasam ichadilar.Агар уларнинг гуноҳкор бўлганлари (яъни, ёлғон гувоҳлик берганлари) маълум бўлиб қолса, у ҳолда уларнинг ўринларига турадиган, меросга ҳақдор кишилардан бўлган бошқа икки киши (гувоҳлик бериш учун) энг лойиқ кишилардир. Бас, бу иккови ҳам: «Бизнинг берган гувоҳлигимиз уларнинг гувоҳлигидан тўғрироқ, биз (бу гувоҳлик беришда) ҳақдан тажовуз қилганимиз йўқ. Чунки у ҳолда биз ҳеч шак-шубҳасиз, золимлардан бўлиб қолурмиз», деб Аллоҳ номига қасам ичадилар.
Vafot etayotgan odamning vasiyatiga guvohlar tomonidan xiyonat sodir boʻlgani, xuddi Adiy bilan Tamiym tilla suvi yuritilgan kumush jomni makkaliklarga sotganiga oʻxshab, bilinsa, oʻsha xiyonat albatta merosxoʻrlarga zarar yetkazadi. Ish qozilik huzurida koʻrilgan paytda eng yaqin merosxoʻrlardan ikkitalari, oʻz haqlariga xiyonat boʻlganini isbotlash uchun, oʻsha xiyonat qilgan ikki guvoh qasami oʻrniga, ularning yolgʻonchiligini fosh etish uchun, Alloh nomi ila qasam ichadilar. Shu bilan birga:
«Bizning guvohligimiz ularning guvohliklaridan toʻgʻriroq va biz tajovuz qilmadik. Agar qilgan boʻlsak, albatta zolimlardan boʻlamiz, deyishadi».
Qozilar ushbu qasamni eʼtiborga oladilar. Shunday qilib, kishilarning haq-huquqlari zoye boʻlmaydi. Ammo musulmonlar, xuddi boshqa ishlarda shariat hukmlariga rioya etmayotganlaridek, vasiyat paytida ham koʻpincha guvoh keltirmaydilar va buning oqibatida koʻpdan-koʻp musiybatlarga duchor boʻladilar. Yetimlarning, beva-bechorlarning, merosxoʻrlarning haq-huquqlari bilib-bilmay poymol etiladi. Vasiyat paytida guvoh keltirish qanchalik zarur ekanini ushbu oyatdan bildik. Hatto musulmon guvoh topilmasa, nomusulmon guvohga ham ishoniladi. Agar ishonch-li boʻlmasa, qasam ichirib boʻlsa-da, guvoh keltiriladi. Amr shunday.
Odatda, bir odam vafot etadigan boʻlsa, orqasidan koʻp ishlar qoladi. Tiriklik paytida oldi-berdilari boʻlgan, kimlardadir haqqi bor, kimlarningdir unda haqqi boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, qoldirayotgan merosida–molu mulkida ham aniqlanishi lozim boʻlgan muomalalar bordir. Agar inson oʻlayotib vasiyat qilmasa, turli kelishmovchiliklar, qarindoshlar oʻrtasida urush-janjallar kelib chiqishi turgan gap. Vasiyat qilinsa-yu, guvoh boʻlmasa ham, xuddi shu hol boʻladi. Bu kabi koʻngilsizliklar shariatga amal qilish bilan oʻrtadan koʻtariladi.
Shunday savol tugʻilishi mumkin: bugungi kunda bunaqa muammolalarni hujjatlashtirish vositalari rivojlanib ketdi, misol uchun, qogʻozga yozib imzo qoʻyish, ovoz yozar jihozga vasiyatgoʻyning ovozini yozib qoʻyish yoki jonli suvratga ovozi bilan olib qoʻyish mumkin, demak, guvohning nima keragi bor? Bu savolga javob shulki, avvalo, Allohning amrlarini qilish ibodat hisoblanadi. Yaʼni, musulmon kishi shariat hukmlarini surishtirmay amalga oshirishi kerak. Falon narsa uchun bu hukmga amal qilinar edi, u narsa qolmadi, endi amal qilmay qoʻysa ham boʻlaveradi, deyishga hech kimning haqqi yoʻq.
Ikkinchidan, shariat hukmlaridagi hikmatlarni odamlar aqllari yetgan darajada tushunadilar. Koʻp hollarda biz bugun tushunmay turgan hikmatlar keyinroq oydinlashyapti.
Uchinchidan, qogʻozga tushirilgan, ovozli va suvratli tasvir hujjatlardagi va ular atrofidagi qallobliklar, janjallar haqida har kuni turli xabarlar eshitilib turibdi. Yaʼni, bularga ham uncha ishonch qolmayapti. Eng yaxshisi Alloh koʻrsatgan yoʻl–tirik guvoh keltirish boʻlib qolmoqda. Xuddi shu haqiqatga kelasi oyatda ishorat bor: