QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят108

ذَٰلِكَ أَدْنَىٰٓ أَن يَأْتُوا۟ بِٱلشَّهَـٰدَةِ عَلَىٰ وَجْهِهَآ أَوْ يَخَافُوٓا۟ أَن تُرَدَّ أَيْمَـٰنٌۢ بَعْدَ أَيْمَـٰنِهِمْ ۗ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَٱسْمَعُوا۟ ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْفَـٰسِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana shunday qilmoqlik, guvohlikni haqqoniy ado etishlariga yoki qasamlaridan so`ng raddiya qasam bo`lishidan qo`rqishlariga yaqinroqdir. Allohga taqvo qilinglar va quloq osinglar. Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas.Ана шундай қилмоқлик, гувоҳликни ҳаққоний адо этишларига ёки қасамларидан сўнг раддия қасам бўлишидан қўрқишларига яқинроқдир. Аллоҳга тақво қилинглар ва қулоқ осинглар. Аллоҳ фосиқ қавмларни ҳидоят қилмас.Alauddin Mansour: Mana shu rost guvohlik berishlariga yoki qasamlaridan keyin yana qayta qasamlar ichilishidan (yaʼni, sharmanda boʻlishlaridan) qoʻrqishlariga yaqinroq hukmdir. (Ey moʻminlar), Allohdan qoʻrqingiz va Unga quloq tutingiz! Zotan, Alloh itoatsiz qavmni haq yoʻlga hidoyat qilmas.Мана шу рост гувоҳлик беришларига ёки қасамларидан кейин яна қайта қасамлар ичилишидан (яъни, шарманда бўлишларидан) қўрқишларига яқинроқ ҳукмдир. (Эй мўминлар), Аллоҳдан қўрқингиз ва Унга қулоқ тутингиз! Зотан, Аллоҳ итоатсиз қавмни ҳақ йўлга ҳидоят қилмас.

125-sahifa · 7-juz · 13-hizb125-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذَٰلِكَana shuана шуأَدْنَىٰٓyaqinroqdirяқинроқдирأَن-ki-киيَأْتُوا۟ado etishlarigaадо этишларигаبِٱلشَّهَـٰدَةِguvohlikniгувоҳликниعَلَىٰ-da-даوَجْهِهَآhaqqoniy shaklidaҳаққоний шаклидаأَوْyokiёкиيَخَافُوٓا۟qoʻrqishlarigaқўрқишларигаأَن-ki-киتُرَدَّrad qilinishidanрад қилинишиданأَيْمَـٰنٌۢqasamlarқасамларبَعْدَkeyinкейинأَيْمَـٰنِهِمْ ۗqasamlaridanқасамлариданوَٱتَّقُوا۟va taqvo qilinglarва тақво қилингларٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَٱسْمَعُوا۟ ۗva quloq osinglarва қулоқ осингларوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳلَاemasэмасيَهْدِىhidoyat qilurҳидоят қилурٱلْقَوْمَqavmniқавмниٱلْفَـٰسِقِينَfosiqфосиқ
TafsirТафсир

Yaʼni, yuqoridagi ikki oyat koʻrsatmalariga amal qilmoqlik, avvalo, guvohlikni haqqoniy ado etishlariga yaqinroqdir. Namozdan keyin koʻpchilik ichida Alloh nomi bilan qasam ichtirilib, soʻngra: «Garchi qarindoshimiz uchun boʻlsa ham, qasamni ozgina qiymatga sotmaymiz va Alloh uchun guvohligimizni yashirmaymiz. Zotan, u holda, albatta, gunohkorlardan boʻlib qolamiz», deyishlari haqiqatan ham haqqoniy guvohlik berishlariga kuchli omil boʻladi. Boz ustiga, ular yana bir narsadan qoʻrqib turishadi. Agar yuqorida aytilgan ishlardan keyin ham xiyonat qiladigan boʻlsalar, merosxoʻrlardan ikki kishi raddiya qasami ila ularni fosh qilishlari, sharmanda boʻlishlari ehtimoli bor. Shundan qoʻrqib ham oʻzlariga ishonilgan vazifani vijdonan ado etadilar. Bular hammasi ehtiyot choralari. Ammo guvohlikni haqqoniy ado etishning asosiy tayanchi taqvodir. Shuning uchun ham, oyat soʻnggida:

«Allohga taqvo qilinglar va quloq osinglar. Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas», deyilmoqda.

Agar insonda taqvo boʻlmasa, Allohdan qoʻrqmasa, hech narsadan tap tortmaydi. Unga ming bora qasam ichiring, tepasiga mingta melisa qoʻying, foydasi yoʻq. Odam qachonki Allohga taqvo qilib, unga quloq ossagina, atrofiga tilidan va qoʻlidan yaxshiliklar yetadi. Jumladan, guvohlikni ham haqqoniy ado etadi. Taqvosi boʻlmasa, fosiq boʻladi. Fosiqni esa, Alloh taolo hidoyat qilmaydi.

Yuqoridagi oyatlarda muomalaga oid masalalar, ularni tatbiq qilishdagi buzuqliklar muolaja qilindi. Endigi oyatlarda esa, aqiydaga oid buzuqliklarni tuzatish nasorolar dini misolida koʻrib chiqiladi: