۞ يَوْمَ يَجْمَعُ ٱللَّهُ ٱلرُّسُلَ فَيَقُولُ مَاذَآ أُجِبْتُمْ ۖ قَالُوا۟ لَا عِلْمَ لَنَآ ۖ إِنَّكَ أَنتَ عَلَّـٰمُ ٱلْغُيُوبِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh Payg`ambarlarni jamlagan kunda: «Sizga qanday javob qilindi?» – deb so`raydir. Ular: «Biz bilmaymiz, albatta, Sening O`zinggina g`ayblarni yaxshi bilguvchisan», derlar.Аллоҳ Пайғамбарларни жамлаган кунда: «Сизга қандай жавоб қилинди?» – деб сўрайдир. Улар: «Биз билмаймиз, албатта, Сенинг Ўзинггина ғайбларни яхши билгувчисан», дерлар.Alauddin Mansour: Alloh paygʻambarlarini toʻplab: «Sizlarga (yaʼni, qilgan daʼvatingizga ummatlaringiz tomonidan) qanday javob boʻldi?», deb soʻraydigan kunida, ular: «Biz bilmaymiz. Faqat Sening Oʻzinggina gʻayb ilmlarining bilimdonisan», deydilar.Аллоҳ пайғамбарларини тўплаб: «Сизларга (яъни, қилган даъватингизга умматларингиз томонидан) қандай жавоб бўлди?», деб сўрайдиган кунида, улар: «Биз билмаймиз. Фақат Сенинг Ўзинггина ғайб илмларининг билимдонисан», дейдилар.
Ushbu oyati karimada vasf qilinayotgan koʻrinish qiyomat kunida sodir boʻladi. Alloh taolo huzuriga barcha Paygʻambarlarini toʻplaydi va: «Siz men bergan dinni oʻz qavmingizga olib borganingizda, sizga nima javob berdilar?»–deb soʻraydi. Turli zamonlarda turli makon va qavmlarga yuborilgan barcha Paygʻambarlar oʻzlarini yuborgan Zot huzurida ilk bor jamlanb turibdilar. Barchalari Allohning cheksiz ilmi qarshisida oʻz ilmlari hech narsaga arzimasligiga iqrorlar. Masalan, ular qavmlarining oʻzlariga javoblarini sirtdan bilishadi, xolos. Ichki haqiqatini Allohning Oʻzi biladi. Shuning uchun ham, gapni choʻzib oʻtirmay:
«Ular: «Biz bilmaymiz, albatta, Sening Oʻzinggina gʻayblarni yaxshi bilguvchisan», derlar».
Shu payt Iyso alayhissalomga alohida savol beriladi. Maʼlumki, Paygʻambarlar haqida ayniqsa, u kishi toʻgʻrilarida bu dunyoda har xil mish-mishlar, turlicha aqiydalar va tortishuvlar koʻpaygan.