QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят110

إِذْ قَالَ ٱللَّهُ يَـٰعِيسَى ٱبْنَ مَرْيَمَ ٱذْكُرْ نِعْمَتِى عَلَيْكَ وَعَلَىٰ وَٰلِدَتِكَ إِذْ أَيَّدتُّكَ بِرُوحِ ٱلْقُدُسِ تُكَلِّمُ ٱلنَّاسَ فِى ٱلْمَهْدِ وَكَهْلًا ۖ وَإِذْ عَلَّمْتُكَ ٱلْكِتَـٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَٱلتَّوْرَىٰةَ وَٱلْإِنجِيلَ ۖ وَإِذْ تَخْلُقُ مِنَ ٱلطِّينِ كَهَيْـَٔةِ ٱلطَّيْرِ بِإِذْنِى فَتَنفُخُ فِيهَا فَتَكُونُ طَيْرًۢا بِإِذْنِى ۖ وَتُبْرِئُ ٱلْأَكْمَهَ وَٱلْأَبْرَصَ بِإِذْنِى ۖ وَإِذْ تُخْرِجُ ٱلْمَوْتَىٰ بِإِذْنِى ۖ وَإِذْ كَفَفْتُ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ عَنكَ إِذْ جِئْتَهُم بِٱلْبَيِّنَـٰتِ فَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْهُمْ إِنْ هَـٰذَآ إِلَّا سِحْرٌ مُّبِينٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh: «Ey, Iyso ibn Maryam, senga va volidangga bergan ne'matimni esla. Seni muqaddas ruh bilan qo`llaganimni, odamlarga beshikda ham, kattaligingda ham gapirganingni esla. Senga kitobni, hikmatni, Tavrotni va Injilni o`rgatganimni esla. Mening iznim ila loydan qush shaklini yasaganingda va unga puflaganingda, Mening iznim ila qush bo`lganini, Mening iznim ila tug`ma ko`rni va pesni tuzatganingni esla. Mening iznim ila o`liklarni chiqarganingni esla. Bani Isroilga aniq mo`'jizalar keltirganingda, ulardan kufr keltirganlari: «Bu ochiq sehrdan o`zga hech narsa emas», deganida, seni ulardan qutqarganimini esla», deganini yod et!Аллоҳ: «Эй, Ийсо ибн Марям, сенга ва волидангга берган неъматимни эсла. Сени муқаддас руҳ билан қўллаганимни, одамларга бешикда ҳам, катталигингда ҳам гапирганингни эсла. Сенга китобни, ҳикматни, Тавротни ва Инжилни ўргатганимни эсла. Менинг изним ила лойдан қуш шаклини ясаганингда ва унга пуфлаганингда, Менинг изним ила қуш бўлганини, Менинг изним ила туғма кўрни ва песни тузатганингни эсла. Менинг изним ила ўликларни чиқарганингни эсла. Бани Исроилга аниқ мўъжизалар келтирганингда, улардан куфр келтирганлари: «Бу очиқ сеҳрдан ўзга ҳеч нарса эмас», деганида, сени улардан қутқарганимини эсла», деганини ёд эт!Alauddin Mansour: Eslang, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Alloh aytgan edi: «Ey Iyso binni Maryam, senga va volidangga bergan neʼmatimni — Seni Ruhul-Quds (Jabroil) bilan quvvatlantirganimda, odamlarga beshikda (goʻdakligingda) ham balogʻatga yetgan holingdagi kabi soʻzlaganingni, senga kitob — xat va hikmat — ilmni, Tavrot va Injilni bildirganimni va Mening iznim-ixtiyorim bilai loydan qush timsolini yasaganingni, soʻngra unga puflaganingda, Mening iznim-ixtiyorim bilan rostakam qushga aylanganini, Mening iznim-ixtiyorim bilan koʻr va peslarni tuzatganingni va Mening iznim-ixtiyorim bilan oʻliklarni (tiriltirib, qabrlaridan) chiqarganingni eslagin! Yana Bani Isroilga bu moʻʼjizalarni keltirgan paytingda ularni seni (halok qilishdan) toʻsganimni eslagin! Oʻshanda ularning oralaridagi kofir boʻlgan kimsa: «Bu ochiqdan-ochiq sehrdan oʻzga narsa emas», deyishgan edi.Эсланг, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Аллоҳ айтган эди: «Эй Ийсо бинни Марям, сенга ва волидангга берган неъматимни — Сени Руҳул-Қудс (Жаброил) билан қувватлантирганимда, одамларга бешикда (гўдаклигингда) ҳам балоғатга етган ҳолингдаги каби сўзлаганингни, сенга китоб — хат ва ҳикмат — илмни, Таврот ва Инжилни билдирганимни ва Менинг изним-ихтиёрим билаи лойдан қуш тимсолини ясаганингни, сўнгра унга пуфлаганингда, Менинг изним-ихтиёрим билан ростакам қушга айланганини, Менинг изним-ихтиёрим билан кўр ва песларни тузатганингни ва Менинг изним-ихтиёрим билан ўликларни (тирилтириб, қабрларидан) чиқарганингни эслагин! Яна Бани Исроилга бу мўъжизаларни келтирган пайтингда уларни сени (ҳалок қилишдан) тўсганимни эслагин! Ўшанда уларнинг ораларидаги кофир бўлган кимса: «Бу очиқдан-очиқ сеҳрдан ўзга нарса эмас», дейишган эди.

126-sahifa · 7-juz · 13-hizb126-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِذْoʻshandaўшандаقَالَdediдедиٱللَّهُAllohАллоҳيَـٰعِيسَىey Iysoэй ИйсоٱبْنَoʻgʻliўғлиمَرْيَمَMaryamМарямٱذْكُرْeslaэслаنِعْمَتِىneʼmatimniнеъматимниعَلَيْكَsengaсенгаوَعَلَىٰva -gaва -гаوَٰلِدَتِكَvolidanggaволиданггаإِذْoʻshandaўшандаأَيَّدتُّكَseni qoʻlladimсени қўлладимبِرُوحِruh bilanруҳ биланٱلْقُدُسِmuqaddasмуқаддасتُكَلِّمُgapirar edingгапирар эдингٱلنَّاسَodamlargaодамларгаفِى-da-даٱلْمَهْدِbeshikdaбешикдаوَكَهْلًۭا ۖva kattaligingdaва катталигингдаوَإِذْva oʻshandaва ўшандаعَلَّمْتُكَsenga oʻrgatdimсенга ўргатдимٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниوَٱلْحِكْمَةَva hikmatniва ҳикматниوَٱلتَّوْرَىٰةَva Tavrotniва Тавротниوَٱلْإِنجِيلَ ۖva Injilniва Инжилниوَإِذْva oʻshandaва ўшандаتَخْلُقُyasar edingясар эдингمِنَ-dan-данٱلطِّينِloydanлойданكَهَيْـَٔةِshakliga oʻxshashшаклига ўхшашٱلطَّيْرِqushningқушнингبِإِذْنِىMening iznim ilaМенинг изним илаفَتَنفُخُbas, puflar edingбас, пуфлар эдингفِيهَاungaунгаفَتَكُونُbas, boʻlar ediбас, бўлар эдиطَيْرًۢاqushқушبِإِذْنِى ۖMening iznim ilaМенинг изним илаوَتُبْرِئُva tuzatar edingва тузатар эдингٱلْأَكْمَهَtugʻma koʻrniтуғма кўрниوَٱلْأَبْرَصَva pesniва песниبِإِذْنِى ۖMening iznim ilaМенинг изним илаوَإِذْva oʻshandaва ўшандаتُخْرِجُchiqarar edingчиқарар эдингٱلْمَوْتَىٰoʻliklarniўликларниبِإِذْنِى ۖMening iznim ilaМенинг изним илаوَإِذْva oʻshandaва ўшандаكَفَفْتُtoʻsdim (qutqardim)тўсдим (қутқардим)بَنِىٓBaniБаниإِسْرَٰٓءِيلَIsroilniИсроилниعَنكَsendanсенданإِذْoʻshandaўшандаجِئْتَهُمularga keltirdingуларга келтирдингبِٱلْبَيِّنَـٰتِaniq moʻʼjizalar bilanаниқ мўъжизалар биланفَقَالَbas, dediбас, дедиٱلَّذِينَularуларكَفَرُوا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларمِنْهُمْulardanуларданإِنْemasэмасهَـٰذَآbuбуإِلَّاfaqatфақатسِحْرٌۭsehrсеҳрمُّبِينٌۭochiqочиқ
TafsirТафсир

Ushbu oyatda Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib, qiyomat kuni Paygʻambarlarni jamlagan paytda Iyso alayhissalomga aytadigan gaplarini eslashni buyurmoqda. Bu dunyoda nasorolar «xudo», «xudoning oʻgʻli», deb yurgan Iyso alayhissalomning haqiqatlari ushbu eslatmalardan aniq bilib olinadi. Alloh taolo bu haqiqatni barcha Paygʻambarlar huzurida, masalaning bosh qahramoni Iyso ibn Maryam alayhissalomning oʻzlariga eslatish bilan tasdiqlamoqda.

«Ey, Iyso ibn Maryam! Senga va volidangga bergan neʼmatimni esla».

Avvalo, nasorolar «xudo» deb eʼtiqod qilayotgan Iysoning volidasi bor ekan. Xudoning esa, onasi boʻlishi mumkin emas. Dunyoga kelishda onaga muhtoj boʻlgan odam Xudo boʻla olmaydi. Ikkinchidan, Iyso ibn Maryamga ham, uning volidasi Maryam binti Imronga ham Alloh neʼmat bergan ekan. Boshqaning neʼmatiga muhtoj kishilar Xudo boʻlishi mumkin emas.

«Seni muqaddas ruh bilan qoʻllaganimni, odamlarga beshikda ham, katta boʻlganingda ham gapirganingni esla».

«Muqaddas ruh» Jabroil farishta alayhissalomdir. «Gapirish» deganda esa, Allohga daʼvat, Paygʻambarlik gaplari nazarda tutilyapti. Odamlarning oddiy gaplaridek gap boʻlganida, buncha guvohlar huzurida hujjat sifatida keltirilmas edi. Agar beshikda gapirganing yoki doimo Paygʻambarlarga xos gapirganing uchun seni «xudo» deb eʼtiqod qilishayotgan boʻlsa, bu narsa seni Men Jabroil bilan qoʻllaganim va u orqali Oʻz soʻzlarimni yuborib turganimdan ekanligini bilsinlar.

Oʻz faoliyatida muqaddas ruh yordamiga muhtoj boʻlgan zot hech qachon Xudo boʻla olmaydi.

«Senga kitobni, hikmatni, Tavrotni va Injilni oʻrgatganimni esla».

Oyatdagi «kitob»dan murod–oʻqish-yozishdir.

Iyso alayhissalomga oʻqish-yozishni, hikmat bilan tasarruf qilishni, oʻzlaridan oldin kelgan ilohiy kitob Tavrotni va oʻzlarining kitoblari boʻlmish Injilni ham Alloh taolo oʻrgatgan. Bu haqiqat qiyomat kunida barcha Paygʻambarlarning yigʻilishda aytilishi ham alohida maʼno kasb etadi. Iyso ibn Maryam alayhissalomning haqiqatlarini oydinlashtiradi. Albatta, oʻqish-yozishni, hikmatni, Tavrot va Injilni oʻrganishga, qolaversa, boshqa zotdan oʻrganishga ehtiyoji bor odam hech qachon Xudo boʻla olmaydi. Balki, oʻsha yigʻilishda ishtirok etayotgan Paygʻambarlar kabi bir Paygʻambar boʻladi.

«Mening iznim ila loydan qush shaklini yasaganingda va unga puflaganingda, Mening iznim ila qush boʻlganini, Mening iznim ila tugʻma koʻrni va pesni tuzatganingni esla».

Ehtimol, nasorolar Iyso ibn Maryam loydan qush yasaganda, unga jon kirib uchib ketgani uchun yoki odatda tuzatib boʻlmaydigan tugʻma koʻr va pes kasallarning u kishidan shifo topganlari uchun Xudo deb eʼtiqod qilishayotgandir? Bu notoʻgʻri tasavvur. Avvalo, ushbu jamlanib turgan Paygʻambarlarning hammalariga bunga oʻxshash moʻʼjizalar Alloh tomonidan berilgan. Qolaversa, Iyso ibn Maryam alayhissalom loydan Allohning izni ila qush yasagan, unga puflashni ham Allohning izni ila puflaganlar, u shakl Iysoning izni bilan emas, Allohning izni bilan qushga aylangan. Shuningdek, tugʻma koʻr va peslarning tuzalishi ham Allohning izni ila boʻlgan. Agar baʼzi moʻʼjizalar koʻrsatgan zot Xudo boʻlaversa, manavi toʻplanib turgan Paygʻambarlarning hammasi ham Xudo boʻlishlari kerak edi. Undan keyin, boshqaning izni ila odatdan tashqari ish qilgan kishi hech qachon Xudo boʻla olmaydi.

«Mening iznim ila oʻliklarni chiqarganingni esla».

Yaʼni, tiriltirganingni. Agar Iyso ibn Maryam alayhissalomni oʻliklarni tiriltirgani uchun Xudo deb aytishayotgan boʻlsa, bu ish ham Allohning izni ila boʻlgan. Jonni olgan Alloh qayta berishga ham qodir. Boshqa moʻʼjizalar qatori bu moʻʼjiza ham u kishini Xudo deb eʼtiqod qilishga olib bormasligi kerak. Buning ustiga, ushbu moʻʼjizalar sodir boʻlganda, ularni «ochiq sehr» deganlar ham boʻlgan. Shu sababdan Iysoni oʻldirishga ochiq qasd ham qilishganki, bu ham eslashga loyiq hodisa:

«Bani Isroilga aniq moʻʼjizalar keltirganingda, ulardan kufr keltirganlari: «Bu ochiq sehrdan oʻzga narsa emas», deganida seni ulardan qutqarganimni esla».

Bani Isroil minglab odamlar huzurida koʻrsatilgan moʻʼjizalarni inkor eta olmadi. Ammo bu moʻʼjizalar Iysoga Alloh tomonidan Paygʻambarligini tasdiqlash uchun hujjat va dalil qilib berilganligini eʼtirof qilishga boʻyinlari ham yor bermadi. Shunda Bani Isroil oʻzlariga xos uslub bilan bir gap toʻqib chiqardilar: «Bu ochiq sehrdir», dedilar va sehrgarni oʻldirish kerak, deb Iyso alayhissalomni oʻldirishga qaror qildilar. Lekin Alloh taolo oʻz Paygʻambari Iyso alayhissalomni Bani Isroildan qutqarib, Oʻziga koʻtarib oldi. Bu ham Iyso ibn Maryam Xudo emas, balki Paygʻambar boʻlganini koʻrsatadi.

Kelasi oyatda ham Alloh taoloning Iyso ibn Maryam alayhissalomga bergan neʼmatlaridan biri zikr etiladi: