QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят111

وَإِذْ أَوْحَيْتُ إِلَى ٱلْحَوَارِيِّـۧنَ أَنْ ءَامِنُوا۟ بِى وَبِرَسُولِى قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا وَٱشْهَدْ بِأَنَّنَا مُسْلِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Havoriylarga: «Menga va Mening Payg`ambarimga iymon keltiring», deb vahiy yuborganimda, ular: «Iymon keltirdik va shohid bo`l, biz albatta, musulmonlarmiz», deganini esla!Ҳаворийларга: «Менга ва Менинг Пайғамбаримга иймон келтиринг», деб ваҳий юборганимда, улар: «Иймон келтирдик ва шоҳид бўл, биз албатта, мусулмонлармиз», деганини эсла!Alauddin Mansour: Yana havoriylarga (sen orqali): «Menga va paygʻambarimga iymon keltiringlar», deb vahiy yuborganimda, ular: «Iymon keltirdik. (Ey Parvardigor), bizning itoat qilguvchilar ekanimizga Oʻzing shohid boʻl», deganlarini eslagin!Яна ҳаворийларга (сен орқали): «Менга ва пайғамбаримга иймон келтиринглар», деб ваҳий юборганимда, улар: «Иймон келтирдик. (Эй Парвардигор), бизнинг итоат қилгувчилар эканимизга Ўзинг шоҳид бўл», деганларини эслагин!

126-sahifa · 7-juz · 13-hizb126-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva oʻshandaва ўшандаأَوْحَيْتُvahiy yubordimваҳий юбордимإِلَى-ga-гаٱلْحَوَارِيِّـۧنَhavoriylargaҳаворийларгаأَنْ-ki-киءَامِنُوا۟iymon keltiringlarиймон келтирингларبِىMengaМенгаوَبِرَسُولِىva Mening Paygʻambarimgaва Менинг Пайғамбаримгаقَالُوٓا۟dedilarдедиларءَامَنَّاiymon keltirdikиймон келтирдикوَٱشْهَدْva shohid boʻlва шоҳид бўлبِأَنَّنَاalbatta, bizалбатта, бизمُسْلِمُونَmusulmonlarmizмусулмонлармиз
TafsirТафсир

Havoriylar Iyso alayhissalomga ixloslari zoʻr, din ishi uchun butunlay ajralib chiqqan insonlar edi. Iyso alayhissalomga haqiqiy koʻmakchi boʻlgan kishilar ham oʻshalar. Bu oyatdagi «vahiy yuborganimda» degan soʻzlardan Paygʻambarlarga yuboriladigan vahiyni tushunmaslik kerak. Arab tilida, Qurʼon istilohida «vahiy» soʻzi «ilhom» maʼnosida ham ishlatiladi. Misol uchun, «Nahl» surasida: «Va Robbing asalariga vahiy qildi», degan oyat ham bor. Hayvonga ilhom beriladi. Shuningdek, bu oyatda ham havoriylarning ixlosli va fidokor, iymonli ekanliklari Alloh tomonidan ularga bu ishlar ilhom qilib berilganligidan ekanligi taʼkidlanmoqda.

Har bir yoʻlboshchi boʻlgan odam muxlis va mustahkam iymonli yordamchilarga muhtoj boʻladi. Ular kelajakda ishlarni rivojlantirishda xizmat qiladilar. Havoriylar ham Iyso alayhissalom daʼvatlarini kishilar orasida yoyishda va boshqa lozim ishlarda oʻsha vazifani ado etishdi. Bunday yordamchilarning boʻlishi ham Allohning neʼmati hisoblanadi.

Havoriylar haqidagi suhbat keyingi keladigan uchta oyati karimada ham davom etadi: