إِذْ قَالَ ٱلْحَوَارِيُّونَ يَـٰعِيسَى ٱبْنَ مَرْيَمَ هَلْ يَسْتَطِيعُ رَبُّكَ أَن يُنَزِّلَ عَلَيْنَا مَآئِدَةً مِّنَ ٱلسَّمَآءِ ۖ قَالَ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Havoriylar: «Ey, Iyso ibn Maryam, sening Robbing bizga osmondan tuzatilgan dasturxon tushira olurmi?» – deganlarida, u: «Agar mo`min bo`lsalaringiz, Allohga taqvo qilinglar», deganini esla.Ҳаворийлар: «Эй, Ийсо ибн Марям, сенинг Роббинг бизга осмондан тузатилган дастурхон тушира олурми?» – деганларида, у: «Агар мўмин бўлсаларингиз, Аллоҳга тақво қилинглар», деганини эсла.Alauddin Mansour: Havoriylar: «Ey Iyso binni Maryam, Parvardigoring bizga osmondan bir dasturxon nozil qilishga qodirmi?», degan paytlarida (Iyso ularga): «Agar moʻmin boʻlsangizlar, Allohdan qoʻrqinglar», deb javob qildi.Ҳаворийлар: «Эй Ийсо бинни Марям, Парвардигоринг бизга осмондан бир дастурхон нозил қилишга қодирми?», деган пайтларида (Ийсо уларга): «Агар мўмин бўлсангизлар, Аллоҳдан қўрқинглар», деб жавоб қилди.
Bu oyatda ham xitob Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga eslatma boʻlib kelmoqda. Ayni chogʻda, bu oyat havoriylar bilan Iyso alayhissalom oʻrtalarida boʻlib oʻtgan suhbatni va shu suhbat orqali Iyso alayhissalom qavmlarining siymosini (kimligini) ochib beryapti. Havoriylar Alloh ilhom berib, Unga va Uning Paygʻambari Iyso alayhissalomga iymon keltirgan, oʻz qavmlari ichidan Allohning dini va Paygʻambariga madad boʻlish uchun tanlab olingan, ixlosli va mustahkam iymonli kishilar ekani hammaga maʼlum. Ana shunday mumtoz guruh oʻz yoʻlboshchisi, Paygʻambariga: «Ey, Iyso ibn Maryam», deb murojaat qilyapti. Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning sahobalari u zotga biror marta bunaqa ravishda murojaat qilganlari yoʻq. Ular doimo: «Ey, Allohning Rasuli», «Ey, Allohning Nabiysi», «otam-onam sizga fido boʻlsin», kabi soʻzlar bilan murojaat etganlar.
Qolaversa, Iyso alayhissalomning eng yaqin kishilari boʻlmish havoriylar:
«Robbing bizga osmondan tuzatilgan dasturxon tushira olurmi?»–deyishmoqda.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobai kiromlaridan birortalari iymonga kirganidan soʻng moʻʼjiza koʻrsatishni talab qilmaganlar. Chunki, bu ish iymonli kishiga yarashmaydi. Bu ish noqulay boʻlganidan ham Iyso alayhissalom havoriylaridan yuqoridagi nooʻrin savolni eshitganlaridan soʻng:
«Agar moʻmin boʻlsalaringiz, Allohga taqvo qilinglar», demoqda.
Havoriylar esa, oʻz soʻzlarida turib, qilayotgan talablari nima uchun ekanligini sharhlab bermoqdalar: