QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят113

قَالُوا۟ نُرِيدُ أَن نَّأْكُلَ مِنْهَا وَتَطْمَئِنَّ قُلُوبُنَا وَنَعْلَمَ أَن قَدْ صَدَقْتَنَا وَنَكُونَ عَلَيْهَا مِنَ ٱلشَّـٰهِدِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Undan yemoqni, qalblarimiz taskin topmog`ini, bizga rost gapirganingni bilmoqni va bunga guvoh bo`lmoqni istarmiz», dedilar.Улар: «Ундан емоқни, қалбларимиз таскин топмоғини, бизга рост гапирганингни билмоқни ва бунга гувоҳ бўлмоқни истармиз», дедилар.Alauddin Mansour: Ular dedilar: «Biz (faqatgina) u dasturxondan yeyishni va koʻngillarimiz taskin topishini hamda sening rost soʻzlaganingni aniq bilib, u dasturxonga guvohlik beruvchilardan boʻlishni istaymiz».Улар дедилар: «Биз (фақатгина) у дастурхондан ейишни ва кўнгилларимиз таскин топишини ҳамда сенинг рост сўзлаганингни аниқ билиб, у дастурхонга гувоҳлик берувчилардан бўлишни истаймиз».

126-sahifa · 7-juz · 13-hizb126-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوا۟dedilarдедиларنُرِيدُistaymizистаймизأَن-ki-киنَّأْكُلَyemoqniемоқниمِنْهَاundanунданوَتَطْمَئِنَّva taskin topmogʻiniва таскин топмоғиниقُلُوبُنَاqalblarimizқалбларимизوَنَعْلَمَva bilmoqniва билмоқниأَن-ki-киقَدْbatahqiqбатаҳқиқصَدَقْتَنَاbizga rost gapirganingniбизга рост гапирганингниوَنَكُونَva boʻlmoqniва бўлмоқниعَلَيْهَاbungaбунгаمِنَ-dan-данٱلشَّـٰهِدِينَguvohlardanгувоҳлардан
TafsirТафсир

Havoriylarning Alloh osmondan bizga yasatilgan dasturxon tushirib bersin, deb qilayotgan talablarining bir necha sabablari bor ekan.

Birinchisi, undan yeb koʻrmoqchilar. Ehtimol, taomga hojatlari bor. Ehtimol, Paygʻambarga yaqin kishilar sifatida alohida hurmatga sazovor boʻlmoqchilar. Ehtimol, tabarrukan qilmoqchilar.

Ikkinchidan, qalblarini taskin toptirmoqchilar. Iymonga kelganlar-u, ammo qalblari yana ham taskin topishini istaydilar. Buning uchun oʻzlari ergashgan Paygʻambar soʻroviga binoan, oʻzlari iymon keltirgan Alloh tomonidan bir moʻʼjizaning boʻlishini xohlaydilar.

Uchinchidan, Paygʻambar ularga rost gapirganini bilishni istaydilar. Iyso, Allohning Paygʻambariman, demoqda, agar gapi rost boʻlsa, u oʻziga xos uslub bilan bu daʼvoni isbot qilishi kerak boʻladi. Eng yaxshi isbot–moʻʼjiza koʻrsatishdir. Oʻsha moʻʼjizani koʻrsatsa, rost gapirgan hisoblanadi.

Toʻrtinchidan, havoriylar oʻsha moʻʼjiza sodir boʻlganiga guvoh boʻlmoqchilar. Ular Iyso alayhissalomga yaqin kishilar sifatida boshqa kishilar tomonidan turli savollarga tutilishlari turgan gap. Eng koʻp boʻladigan savol, albatta, u zotning Paygʻambarligini qanday isbotlaysiz, qabilida boʻladi. Ana oʻshanda, koʻrsatilgan moʻʼjizaning guvohi boʻlganliklarini aytmoqchilar. Yoki bevosita savolsiz ham, daʼvat chogʻida, shubhachilarning shubhasini qaytarish paytida, bu guvohliklarini aytishlari mumkin.

Havoriylar mana shu eʼtiborlar ila osmondan yasatilgan dasturxon tushirilishini soʻradilar. Shunda Iyso alayhissalom Parvardigori Olamga murojaat etib, duo qildilar: