QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят114

قَالَ عِيسَى ٱبْنُ مَرْيَمَ ٱللَّهُمَّ رَبَّنَآ أَنزِلْ عَلَيْنَا مَآئِدَةً مِّنَ ٱلسَّمَآءِ تَكُونُ لَنَا عِيدًا لِّأَوَّلِنَا وَءَاخِرِنَا وَءَايَةً مِّنكَ ۖ وَٱرْزُقْنَا وَأَنتَ خَيْرُ ٱلرَّٰزِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iyso ibn Maryam: «Allohim! Robbimiz! Bizga osmondan yasatilgan dasturxon tushirgin, u avvalimizgayu oxirimizga bayram bo`lib qolsin. Sendan mo`'jiza bo`lib qolsin. Va bizga rizq bergin, zotan O`zing eng yaxshi rizq berguvchisan», dedi.Ийсо ибн Марям: «Аллоҳим! Роббимиз! Бизга осмондан ясатилган дастурхон туширгин, у аввалимизгаю охиримизга байрам бўлиб қолсин. Сендан мўъжиза бўлиб қолсин. Ва бизга ризқ бергин, зотан Ўзинг энг яхши ризқ бергувчисан», деди.Alauddin Mansour: (Shunda) Iyso binni Maryam: «Allohim, Parvardigoro, bizga osmondan bir dasturxon nozil qilginki, u avvalu oxirimiz uchun bayram va Sening oyat-moʻʼjizang boʻlib qolgay. Bizni (shu neʼmatdan) bahramand qilgil. Oʻzing eng yaxshi rizq berguvchisan», dedi.(Шунда) Ийсо бинни Марям: «Аллоҳим, Парвардигоро, бизга осмондан бир дастурхон нозил қилгинки, у аввалу охиримиз учун байрам ва Сенинг оят-мўъжизанг бўлиб қолгай. Бизни (шу неъматдан) баҳраманд қилгил. Ўзинг энг яхши ризқ бергувчисан», деди.

127-sahifa · 7-juz · 13-hizb127-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиعِيسَىIysoИйсоٱبْنُoʻgʻliўғлиمَرْيَمَMaryamМарямٱللَّهُمَّey bor Xudoyoэй бор ХудоёرَبَّنَآRobbimizРоббимизأَنزِلْtushirginтуширгинعَلَيْنَاbizgaбизгаمَآئِدَةًۭyasatilgan dasturxonясатилган дастурхонمِّنَ-dan-данٱلسَّمَآءِosmondanосмонданتَكُونُboʻlsinбўлсинلَنَاbizgaбизгаعِيدًۭاbayramбайрамلِّأَوَّلِنَاavvalimizgaаввалимизгаوَءَاخِرِنَاva oxirimizgaва охиримизгаوَءَايَةًۭva moʻʼjizaва мўъжизаمِّنكَ ۖSendanСенданوَٱرْزُقْنَاva bizga rizq berginва бизга ризқ бергинوَأَنتَva Senва Сенخَيْرُeng yaxshiэнг яхшиٱلرَّٰزِقِينَrizq berguvchisanризқ бергувчисан
TafsirТафсир

Ushbu duoda Iyso alayhissalom Paygʻambarlik odobi ila oʻz Ilohi va Robbisi Alloh taologa oʻzlarining bandaliklarini, Unga hojatmand ekanliklarini bildirib, xokisorlik ila nido qilmoqdalar. U kishi Alloh taolodan osmondan dasturxon tushirishni, tushirganda ham, uni xayr-baraka va xursandchilik boisi–bayramga sabab boʻladigan qilib tushirishni soʻrab duo qilmoqdalar. Shu bilan birga, bu dasturxon Alloh tomonidan moʻʼjiza boʻlib qolishini ham soʻramoqdalar. Moʻʼjiza sifatida tushirilgan dasturxon rizq boʻlib qolishini ham istamoqdalar.

Alloh taolo Paygʻambari Iyso alayhissalomning bu duolarini ijobatga oldi va quyidagi javobni qildi: