QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят115

قَالَ ٱللَّهُ إِنِّى مُنَزِّلُهَا عَلَيْكُمْ ۖ فَمَن يَكْفُرْ بَعْدُ مِنكُمْ فَإِنِّىٓ أُعَذِّبُهُۥ عَذَابًا لَّآ أُعَذِّبُهُۥٓ أَحَدًا مِّنَ ٱلْعَـٰلَمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh: «Men, albatta, uni sizlarga tushirguvchiman. Bas, bundan keyin sizlardan kim kufr keltirsa, uni olamlarda hech kimni azoblamagan azob ila azoblagayman», dedi.Аллоҳ: «Мен, албатта, уни сизларга туширгувчиман. Бас, бундан кейин сизлардан ким куфр келтирса, уни оламларда ҳеч кимни азобламаган азоб ила азоблагайман», деди.Alauddin Mansour: Shunda Alloh aytdi: «Men uni sizlarga tushirguvchiman. Ammo shundan keyin sizlardan kimda-kim kofir boʻlsa, uni shunday azobga giriftor qilamanki, butun olamlardan biron odamni unday azoblamagayman».Шунда Аллоҳ айтди: «Мен уни сизларга туширгувчиман. Аммо шундан кейин сизлардан кимда-ким кофир бўлса, уни шундай азобга гирифтор қиламанки, бутун оламлардан бирон одамни ундай азобламагайман».

127-sahifa · 7-juz · 13-hizb127-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиٱللَّهُAllohАллоҳإِنِّىalbatta, Menалбатта, Менمُنَزِّلُهَاuni tushirguvchimanуни туширгувчиманعَلَيْكُمْ ۖsizlargaсизларгаفَمَنbas, kimбас, кимيَكْفُرْkufr keltirsaкуфр келтирсаبَعْدُbundan keyinбундан кейинمِنكُمْsizlardanсизларданفَإِنِّىٓbas, albatta, Menбас, албатта, Менأُعَذِّبُهُۥuni azoblagaymanуни азоблагайманعَذَابًۭاazob ilaазоб илаلَّآemasэмасأُعَذِّبُهُۥٓazoblaganmanазоблаганманأَحَدًۭاhech kimniҳеч кимниمِّنَ-dan-данٱلْعَـٰلَمِينَolamlardanоламлардан
TafsirТафсир

Haq taolo Oʻzining jaloliga–ulugʻvorligiga yarasha javob berdi:

«Men, albatta, uni sizlarga tushirguvchiman», dedi.

Ulamolarimiz moida–dasturxon haqida Qurʼoni Karimdan boshqa hech qanday maʼlumot yoʻq boʻlishiga qaramay, xuddi shu jumlaning oʻziga tayanib: «Dasturxon tushgan, chunki Allohnig vaʼdasi haqdir», deydilar.

Alloh taolo dasturxon tushirish haqidagi soʻrovni ijobat qilish bilan birga, Oʻzining doimiy odatini ham esga solmoqda. U odat moʻʼjiza talab qilgan qavm, moʻʼjiza kelgandan keyin ham kufr keltirsa, uni qattiq azobga duchor qilishdir. Bu azob ham bu dunyoda, ham u dunyoda boʻladi.

Keyingi oyatlarda qiyomat kunida Paygʻambarlar toʻplanganda Iyso ibn Maryam alayhissalomdan savollar soʻrash sahnasi davom etadi: