QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят116

وَإِذْ قَالَ ٱللَّهُ يَـٰعِيسَى ٱبْنَ مَرْيَمَ ءَأَنتَ قُلْتَ لِلنَّاسِ ٱتَّخِذُونِى وَأُمِّىَ إِلَـٰهَيْنِ مِن دُونِ ٱللَّهِ ۖ قَالَ سُبْحَـٰنَكَ مَا يَكُونُ لِىٓ أَنْ أَقُولَ مَا لَيْسَ لِى بِحَقٍّ ۚ إِن كُنتُ قُلْتُهُۥ فَقَدْ عَلِمْتَهُۥ ۚ تَعْلَمُ مَا فِى نَفْسِى وَلَآ أَعْلَمُ مَا فِى نَفْسِكَ ۚ إِنَّكَ أَنتَ عَلَّـٰمُ ٱلْغُيُوبِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh: «Ey, Iyso ibn Maryam, sen odamlarga, Allohni qo`yib, meni va onamni iloh qilib olinglar, dedingmi?» – deganini, u esa: «O`zing poksan! (Allohim), men haqqim yo`q narsani ayta olmayman-ku. Agar aytgan bo`lganimda, batahqiq, Sen uni bilar eding. Sen mening dilimdagini bilasan, men Sendagi hech narsani bilmasman. Albatta, Sen O`zing g`ayblarni eng yaxshi bilguvchi Zotsan», deganini esla.Аллоҳ: «Эй, Ийсо ибн Марям, сен одамларга, Аллоҳни қўйиб, мени ва онамни илоҳ қилиб олинглар, дедингми?» – деганини, у эса: «Ўзинг поксан! (Аллоҳим), мен ҳаққим йўқ нарсани айта олмайман-ку. Агар айтган бўлганимда, батаҳқиқ, Сен уни билар эдинг. Сен менинг дилимдагини биласан, мен Сендаги ҳеч нарсани билмасман. Албатта, Сен Ўзинг ғайбларни энг яхши билгувчи Зотсан», деганини эсла.Alauddin Mansour: Eslang, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Alloh: «Ey Iyso binni Maryam, odamlarga: «Allohni qoʻyib, meni va onamni xudo qilib olinglar», deb sen aytdingmi?», deganida, (Iyso) aytdi: «Ey pok Parvardigor, haqqim boʻlmagan narsani aytish men uchun durust emas-ku. Agar aytgan boʻlganimda, Sen albatta bilar eding. Zotan Sen dilimdagi bor narsani bilursan. Ammo men Sening huzuringdagi hech narsani bilmasman. Faqat Sen Oʻzing gʻayb ilmlarining bilimdonisan.Эсланг, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Аллоҳ: «Эй Ийсо бинни Марям, одамларга: «Аллоҳни қўйиб, мени ва онамни худо қилиб олинглар», деб сен айтдингми?», деганида, (Ийсо) айтди: «Эй пок Парвардигор, ҳаққим бўлмаган нарсани айтиш мен учун дуруст эмас-ку. Агар айтган бўлганимда, Сен албатта билар эдинг. Зотан Сен дилимдаги бор нарсани билурсан. Аммо мен Сенинг ҳузурингдаги ҳеч нарсани билмасман. Фақат Сен Ўзинг ғайб илмларининг билимдонисан.

127-sahifa · 7-juz · 13-hizb127-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva oʻshandaва ўшандаقَالَdediдедиٱللَّهُAllohАллоҳيَـٰعِيسَىey Iysoэй ИйсоٱبْنَoʻgʻliўғлиمَرْيَمَMaryamМарямءَأَنتَsenmiсенмиقُلْتَdedingдедингلِلنَّاسِodamlargaодамларгаٱتَّخِذُونِىmeni olinglarмени олингларوَأُمِّىَva onamniва онамниإِلَـٰهَيْنِikkita iloh qilibиккита илоҳ қилибمِن-dan-данدُونِoʻzgaўзгаٱللَّهِ ۖAllohdanАллоҳданقَالَdediдедиسُبْحَـٰنَكَey pok Zotэй пок Зотمَاemasэмасيَكُونُboʻlurбўлурلِىٓmen uchunмен учунأَنْ-ki-киأَقُولَaytishimайтишимمَاnarsaniнарсаниلَيْسَemasэмасلِىmen uchunмен учунبِحَقٍّ ۚhaqҳақإِنagarагарكُنتُboʻlgan boʻlsamбўлган бўлсамقُلْتُهُۥuni aytganуни айтганفَقَدْbatahqiqбатаҳқиқعَلِمْتَهُۥ ۚSen uni bilar edingСен уни билар эдингتَعْلَمُSen bilasanСен биласанمَاnarsaniнарсаниفِى-dagi-дагиنَفْسِىmening dilimdagiменинг дилимдагиوَلَآva emasва эмасأَعْلَمُbilamanбиламанمَاnarsaniнарсаниفِى-dagi-дагиنَفْسِكَ ۚSendagiСендагиإِنَّكَalbatta, Senалбатта, СенأَنتَOʻzingЎзингعَلَّـٰمُeng yaxshi bilguvchiэнг яхши билгувчиٱلْغُيُوبِgʻayblarniғайбларни
TafsirТафсир

Bu oyatda ham Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilinib, Alloh bilan Iyso alayhissalom oralaridagi ushbu savol-javobni eslashga amr etilmoqda. Bu savol-javob ham nasorolarning Iyso alayhissalomni va u kishining onalari Bibi Maryamni «xudo» deb daʼvo qilishlari butunlay notoʻgʻri ekanini fosh etadi. Fosh etganda ham, qiyomat kuni, hamma jamlanganda, barcha Paygʻambarlar alohida jam qilinganda, ularning guvohligida! Nasorolarning aqiydalari botil ekanligi aynan Iyso alay- hissalom bilan boʻlib oʻtadigan savol-javobda fosh qilinishi alohida maʼno kasb qiladi:

«Alloh: «Ey, Iyso ibn Maryam, sen odamlarga Allohni qoʻyib, meni va onamni iloh qilib olinglar, dedingmi?»–deb soʻraydi.

Albatta, Alloh taolo Iyso ibn Maryam bu gapni hech aytmaganini va aytmasligini ham juda yaxshi biladi. Esi bor odam bunaqa gapni aytmaydi. Ammo, Iyso alayhissalomni «xudo» deb aytganlarning qilmishi naqadar nooʻrin, nomaʼqul va jirkanch ekanini hammaga yana bir bor koʻrsatish uchun shunday savol beriladi. Oddiy inson qila olmaydigan ishni qanday qilib Paygʻambar, Paygʻambar boʻlganda ham Iyso alayhissalomdek ululazim Paygʻambar qilishi–odamlarga «meni va onamni xudo qilib olinglar», deyishi mumkin? Aslo mumkin emas! Shuning uchun ham Iyso alayhissalomning javobi Allohga Uning pokligini tasdiqlash, «subhanaka–

«Ey pok Parvardigor», deyish bilan boshlanmoqda:

«men haqqim yoʻq narsani ayta olmayman-ku».

Yaʼni, «Allohni qoʻyib, meni va onamni xudo qilib olinglar», deb aytishga mening mutlaqo haqqim yoʻq-ku, qanday qilib aytaman.

«Agar aytgan boʻlganimda, batahqiq, Sen uni bilar eding».

Bu ham Paygʻambarlik va bandalik hissi bilan aytilgan gap. Haqiqatan ham agar farazan shunday gap aytilgan boʻlganida, Alloh bilar edi va unga yarasha chora koʻrilar va bu xabar barchaga tarqalar edi. Shuning oʻziyoq Iyso alayhissalom hech qachon xudolik daʼvosini qilmasliklarini koʻrsatib turibdi.

«Sen mening dilimdagini bilasan, men Sendagi hech narsani bilmasman. Albatta, Sen Oʻzing gʻayblarni eng yaxshi bilguvchi Zotsan».

Iyso alayhissalom Alloh taoloning sifatlarini aniq tushungan bir banda va Paygʻambar ekanliklari ushbu javoblaridan yaqqol koʻrinib turibdi. Alloh bir bandasining dilida yashirgan narsasini biladigan, barcha gʻayblarni eng yaxshi biladigan Zot boʻla turib, Iyso alayhissalomdek mashhur bir Paygʻambar koʻpchilik ichida xudolikni daʼvo qilganini bilmay qolar edimi?

Keyingi oyatlarda Iyso alayhissalomning javoblari davom etadi: