QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят117

مَا قُلْتُ لَهُمْ إِلَّا مَآ أَمَرْتَنِى بِهِۦٓ أَنِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ رَبِّى وَرَبَّكُمْ ۚ وَكُنتُ عَلَيْهِمْ شَهِيدًا مَّا دُمْتُ فِيهِمْ ۖ فَلَمَّا تَوَفَّيْتَنِى كُنتَ أَنتَ ٱلرَّقِيبَ عَلَيْهِمْ ۚ وَأَنتَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ شَهِيدٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Men ularga O`zing menga amr qilgan narsa: «Allohga, mening Robbim va sizning Robbingizga ibodat qiling»dan boshqani aytganim yo`q. Va, modomiki, oralarida ekanman, ularga guvoh bo`ldim. Meni O`zingga olganingdan so`ng, Sening O`zing ularga kuzatuvchi bo`lding. Zotan, Sen har bir narsaga guvohsan.Мен уларга Ўзинг менга амр қилган нарса: «Аллоҳга, менинг Роббим ва сизнинг Роббингизга ибодат қилинг»дан бошқани айтганим йўқ. Ва, модомики, ораларида эканман, уларга гувоҳ бўлдим. Мени Ўзингга олганингдан сўнг, Сенинг Ўзинг уларга кузатувчи бўлдинг. Зотан, Сен ҳар бир нарсага гувоҳсан.Alauddin Mansour: Men ularga faqat Oʻzing amr qilgan gapnigina aytdim: «Parvardigorim va Parvardigoringiz boʻlmish Allohga ibodat qilingiz!» Va oralarida boʻlgan muddatimda ularning ustida guvoh boʻlib turdim. Meni Oʻz huzuringga chorlaganingdan keyin esa, Sen Oʻzing ularning ustida kuzatuvchi boʻlding. Sen Oʻzing hamma narsaga guvohdirsan.Мен уларга фақат Ўзинг амр қилган гапнигина айтдим: «Парвардигорим ва Парвардигорингиз бўлмиш Аллоҳга ибодат қилингиз!» Ва ораларида бўлган муддатимда уларнинг устида гувоҳ бўлиб турдим. Мени Ўз ҳузурингга чорлаганингдан кейин эса, Сен Ўзинг уларнинг устида кузатувчи бўлдинг. Сен Ўзинг ҳамма нарсага гувоҳдирсан.

127-sahifa · 7-juz · 13-hizb127-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَاemasэмасقُلْتُaytdimайтдимلَهُمْulargaуларгаإِلَّاfaqatфақатمَآnarsaniнарсаниأَمَرْتَنِىOʻzing menga amr qilganЎзинг менга амр қилганبِهِۦٓuniуниأَنِyaʼniяъниٱعْبُدُوا۟ibodat qilinglarибодат қилингларٱللَّهَAllohgaАллоҳгаرَبِّىmening Robbimменинг Роббимوَرَبَّكُمْ ۚva sizning Robbingizва сизнинг Роббингизوَكُنتُva men boʻldimва мен бўлдимعَلَيْهِمْulargaуларгаشَهِيدًۭاguvohгувоҳمَّاmodomikiмодомикиدُمْتُekanmanэканманفِيهِمْ ۖular oralaridaулар ораларидаفَلَمَّاbas, qachonkiбас, қачонкиتَوَفَّيْتَنِىmeni Oʻzingga oldingмени Ўзингга олдингكُنتَSen boʻldingСен бўлдингأَنتَOʻzingЎзингٱلرَّقِيبَkuzatuvchiкузатувчиعَلَيْهِمْ ۚulargaуларгаوَأَنتَva Senва Сенعَلَىٰ-ga-гаكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍۢnarsagaнарсагаشَهِيدٌguvohsanгувоҳсан
TafsirТафсир

Demak, Iyso alayhissalom nasorolarga, men ham, sizlar ham Allohning bandalarimiz va hamisha Unga ibodat qilish zarur, deb aytganlar. Undan boshqa gapni aytmaganlar. Yaʼni, «Meni Xudo qilib olinglar»,– demaganlar. Iyso alayhissalom yana boshqa ishlar ham qilganlar:

«modomiki, oralarida ekanman, ularga guvoh boʻldim».

Yaʼni, qilgan ishlari, aytgan gaplari va boshqa narsalariga guvoh boʻldim. Jumladan, sening amringni qanaqa qabul qilishlariga guvoh boʻldim. Mening ular ichida boʻlgan vaqtimdagi gaplar shulardan iborat. Men xudolik daʼvosini qilganim yoʻq. Mendan keyin nima boʻlganini Oʻzing bilasan.

«Meni Oʻzingga olganingdan soʻng, Sening Oʻzing ularga kuzatuvchi boʻlding. Zotan, Sen har bir narsaga guvohsan».