QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят118

إِن تُعَذِّبْهُمْ فَإِنَّهُمْ عِبَادُكَ ۖ وَإِن تَغْفِرْ لَهُمْ فَإِنَّكَ أَنتَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ularni azoblaydigan bo`lsang, bas, albatta, ular Sening bandalaring. Agar ularni mag`firat qiladigan bo`lsang, bas, albatta, Sening O`zing Aziyz — g`olib va hikmatli Zotsan.Агар уларни азоблайдиган бўлсанг, бас, албатта, улар Сенинг бандаларинг. Агар уларни мағфират қиладиган бўлсанг, бас, албатта, Сенинг Ўзинг Азийз — ғолиб ва ҳикматли Зотсан.Alauddin Mansour: Agar ularni azoblasang, ular Sening ojiz bandalaring. Agar ularni magʻfirat qilsang, albatta Sen Oʻzing qudrat, hikmat Egasidirsan».Агар уларни азобласанг, улар Сенинг ожиз бандаларинг. Агар уларни мағфират қилсанг, албатта Сен Ўзинг қудрат, ҳикмат Эгасидирсан».

127-sahifa · 7-juz · 13-hizb127-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنagarагарتُعَذِّبْهُمْularni azoblasangуларни азобласангفَإِنَّهُمْbas, albatta, ularбас, албатта, уларعِبَادُكَ ۖSening bandalaringСенинг бандаларингوَإِنva agarва агарتَغْفِرْmagʻfirat qilsangмағфират қилсангلَهُمْularniуларниفَإِنَّكَbas, albatta, Senбас, албатта, СенأَنتَOʻzingЎзингٱلْعَزِيزُaziz-gʻolibазиз-ғолибٱلْحَكِيمُhikmatliҳикматли
TafsirТафсир

Yaʼni, hamma narsa Oʻzingning qoʻlingda, nima qilishni Oʻzing bilasan.

«Agar ularni azoblaydigan boʻlsang, bas, albatta, ular Sening bandalaring».

Sendek qilgan ishidan soʻralmaydigan Zot Oʻz bandalaridan xohlaganini, xohlaganicha azoblayverishga haqli.

«Agar ularni magʻfirat qiladigan boʻlsang, bas, albatta, Sening Oʻzing aziz – gʻolib va hikmatli Zotsan».

Azizligingdan Sen qilmoqchi boʻlgan ishga birov toʻsiq boʻla olmaydi. Hakiymligingdan Sen qilgan ishni birov behikmat deya olmaydi.

Kelasi oyati karimada nihoiy hukm qandoq boʻlishi haqida soʻz ketadi.