QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят119

قَالَ ٱللَّهُ هَـٰذَا يَوْمُ يَنفَعُ ٱلصَّـٰدِقِينَ صِدْقُهُمْ ۚ لَهُمْ جَنَّـٰتٌ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ خَـٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا ۚ رَّضِىَ ٱللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا۟ عَنْهُ ۚ ذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh: «Bu kun, rostgo`ylarga rostgo`yliklari manfaat beradigan kun. Ularga ostidan suvlar oqib turgan jannatlar bor, unda abadiy — boqiy bo`lurlar. Alloh ulardan rozi bo`ldi. Ular Allohdan rozi bo`ldi. Bu esa, ulug` yutuqdir», – dedi.Аллоҳ: «Бу кун, ростгўйларга ростгўйликлари манфаат берадиган кун. Уларга остидан сувлар оқиб турган жаннатлар бор, унда абадий — боқий бўлурлар. Аллоҳ улардан рози бўлди. Улар Аллоҳдан рози бўлди. Бу эса, улуғ ютуқдир», – деди.Alauddin Mansour: Alloh aytdi: «Bu kun (yaʼni, Qiyomat Kuni) haqqi-rost iymon keltirganlarga rost soʻzlari foyda beradigan kundir». Ular uchun ostidan daryolar oqib turadigan jannatlar bordir. Ular unda abadiy qolajaklar. Ulardan Alloh rozi boʻldi, ular ham Allohdan rozi boʻldilar. Bu esa ulugʻ baxtdir.Аллоҳ айтди: «Бу кун (яъни, Қиёмат Куни) ҳаққи-рост иймон келтирганларга рост сўзлари фойда берадиган кундир». Улар учун остидан дарёлар оқиб турадиган жаннатлар бордир. Улар унда абадий қолажаклар. Улардан Аллоҳ рози бўлди, улар ҳам Аллоҳдан рози бўлдилар. Бу эса улуғ бахтдир.

127-sahifa · 7-juz · 13-hizb127-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиٱللَّهُAllohАллоҳهَـٰذَاbuбуيَوْمُkunкунيَنفَعُmanfaat beradiganманфаат берадиганٱلصَّـٰدِقِينَrostgoʻylargaростгўйларгаصِدْقُهُمْ ۚrostgoʻyliklariростгўйликлариلَهُمْulargaуларгаجَنَّـٰتٌۭjannatlar borжаннатлар борتَجْرِىoqib turganоқиб турганمِن-dan-данتَحْتِهَاostidanостиданٱلْأَنْهَـٰرُsuvlar (anhorlar)сувлар (анҳорлар)خَـٰلِدِينَmangu qoluvchilarмангу қолувчиларفِيهَآundaундаأَبَدًۭا ۚabadiy (boqiy)абадий (боқий)رَّضِىَrozi boʻldiрози бўлдиٱللَّهُAllohАллоҳعَنْهُمْulardanуларданوَرَضُوا۟va ular rozi boʻldilarва улар рози бўлдиларعَنْهُ ۚUndanУнданذَٰلِكَbu esaбу эсаٱلْفَوْزُyutuqdirютуқдирٱلْعَظِيمُulugʻулуғ
TafsirТафсир

Oyatdagi «rostgoʻylar»dan murod iymoni sodiqlardir. «Kun»dan murod esa, qiyomat kunidir.

«Bu kun, rostgoʻylarga rostgoʻyliklari manfaat beradigan kun».

Alloh taoloning taʼkidlashicha, qiyomat kunida iymonlilarga iymonlari manfaat beradi. Mazkur manfaat quyidagi shaklda zohir boʻladi.

«Ularga ostidan suvlar oqib turgan jannatlar bor, unda abadiy – boqiy boʻlurlar».

Yaʼni, qiyomat kuni iymonlilarga daraxtlari ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bor. Ular mazkur jannatlarda abadiy qolurlar.

«Alloh ulardan rozi boʻldi. Ular Allohdan rozi boʻldi. Bu esa, ulugʻ yutuqdir».

Bundoq boʻlishida hech shubha yoʻq. Chunki,