QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят14

وَمِنَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓا۟ إِنَّا نَصَـٰرَىٰٓ أَخَذْنَا مِيثَـٰقَهُمْ فَنَسُوا۟ حَظًّا مِّمَّا ذُكِّرُوا۟ بِهِۦ فَأَغْرَيْنَا بَيْنَهُمُ ٱلْعَدَاوَةَ وَٱلْبَغْضَآءَ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۚ وَسَوْفَ يُنَبِّئُهُمُ ٱللَّهُ بِمَا كَانُوا۟ يَصْنَعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va, «Biz nasorolarmiz», deganlarning ham ahdnomasini oldik. Bas, ular o`zlariga eslatma bo`lgan narsadan ko`p nasibani unutdilar. Biz ular orasida adovat va yomon ko`rishni qiyomat kunigacha qo`zg`atdik. Alloh, albatta, ularga qilmishlari haqida xabar beradir.Ва, «Биз насоролармиз», деганларнинг ҳам аҳдномасини олдик. Бас, улар ўзларига эслатма бўлган нарсадан кўп насибани унутдилар. Биз улар орасида адоват ва ёмон кўришни қиёмат кунигача қўзғатдик. Аллоҳ, албатта, уларга қилмишлари ҳақида хабар берадир.Alauddin Mansour: «Bizlar nasroniylarmiz», degan kimsalardan ham ahd-paymonlarini oldik. Soʻng oʻzlariga eslatma qilib berilgan narsalardan (koʻp) hissasini unutdilar. Bas, ularning oʻrtalarida to Qiyomat Kunigacha bugʻzu adovatni avj oldirdik. Yaqinda Alloh ularga qilib oʻtgan «hunar»larining xabarini berajak.«Бизлар насронийлармиз», деган кимсалардан ҳам аҳд-паймонларини олдик. Сўнг ўзларига эслатма қилиб берилган нарсалардан (кўп) ҳиссасини унутдилар. Бас, уларнинг ўрталарида то Қиёмат Кунигача буғзу адоватни авж олдирдик. Яқинда Аллоҳ уларга қилиб ўтган «ҳунар»ларининг хабарини беражак.

110-sahifa · 6-juz · 11-hizb110-саҳифа · 6-жуз · 11-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمِنَva -danва -данٱلَّذِينَoʻshalarўшаларقَالُوٓا۟deganlarдеганларإِنَّاalbatta, bizалбатта, бизنَصَـٰرَىٰٓnasorolarmizнасоролармизأَخَذْنَاoldikолдикمِيثَـٰقَهُمْahdnomasiniаҳдномасиниفَنَسُوا۟bas, unutdilarбас, унутдиларحَظًّۭاnasibaniнасибаниمِّمَّاnarsadanнарсаданذُكِّرُوا۟oʻzlariga eslatma boʻlganўзларига эслатма бўлганبِهِۦu bilanу биланفَأَغْرَيْنَاbas, qoʻzgʻatdikбас, қўзғатдикبَيْنَهُمُular orasidaулар орасидаٱلْعَدَاوَةَadovatniадоватниوَٱلْبَغْضَآءَva yomon koʻrishniва ёмон кўришниإِلَىٰ-gacha-гачаيَوْمِkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِ ۚqiyomatқиёматوَسَوْفَva yaqindaва яқиндаيُنَبِّئُهُمُularga xabar beradiуларга хабар берадиٱللَّهُAllohАллоҳبِمَاnarsa haqidaнарса ҳақидаكَانُوا۟boʻlganбўлганيَصْنَعُونَqilmishlariқилмишлари
TafsirТафсир

«Nasorolar» deganda masihiy dinidagi kishilarni, yaʼni, Iyso alayhissalomga ergashganlarni tushunamiz. Baʼzi ulamolarning taʼkidlashlaricha, Iyso alayhissalomga birinchi ergashganlar Nosiro nomli qishloq aholisi ekan. Shuning uchun ham, ularga «nasorolar», deb nom berilgan. Boshqa bir talqinlarga koʻra, Iyso alayhissalom: «Kim menga nusrat (yordam) beradi?»–deganlarida, biz, deb chiqqan ekanlar. Shuning uchun, «nasoro» nomini olganlar.

Oyati karimada:

«Va, «Biz nasorolarmiz», deganlarning ham ahdnomasini oldik», deyilmoqda.

Ushbu jumlaning oʻzidan bir necha mulohaza chiqarsa boʻladi. Avvalo, «Biz nasorolarmiz, deganlar», deyishdan anglashiladiki, ular ogʻizlarida nasorolikni daʼvo qiladilar-u, oʻzlari asli nasoro emaslar. Ogʻizdagi gap amalda tasdiqlanmaguncha, unday daʼvoni hech kim eʼtirof etmaydi (Ogʻzida «musulmonman» deydiganlar ham shu siraga kiradilar). Qolaversa, Alloh taolo bu dindagilardan ahdnoma olganligini bilamiz. Samoviy dinlarning asli bir boʻlgandan keyin, ularga boʻlgan munosabat ham bir xil boʻlishi tabiiy holdir. Oyatda nasorolardan olingan ahdnoma tafsilotlari keltirilmasdan bir yoʻla natija zikr etilyapti. Soʻzning ketishi shu maqomda. Alloh taologa ahd bergan nasorolar ham yahudiylar kabi ahdga vafo qilmadilar. Yahudiylarga oʻxshab:

«Bas, ular oʻzlariga eslatma boʻlgan narsadan koʻp nasibani unutdilar».

Buning oqibatida ketma-ket noqulayliklar kelib chiqaverdi. Ahdnomani unutganliklari natijasida:

«Biz ular orasida adovat va yomon koʻrishni qiyomat kunigacha qoʻzgʻatdik».

Nasorolarning oʻzaro adovatlari hammaga maʼlum va mashhur. Katolik protestant bilan, pravoslav moruniy bilan yoki boshqasi yana biri bilan hamisha dushman. Har bir cherkov oʻzini alohida dinda deb hisoblaydi va boshqasini dushman bilib, yomon koʻradi. Ularning oʻzaro olib borgan diniy-mazhabiy urushlari oqibatida qonlar daryo boʻlib oqqani tarixda mashhur. Hozirgacha bu dushmanlik va bir-birini yomon koʻrish davom etib kelmoqda. Ushbu oyati karimaning tasdigʻi ila, u dushmanlik qiyomat kunigacha davom etishida ham shubha yoʻq. Qiyomat kunida esa:

«Alloh, albatta, ularga qilmishlari haqida xabar beradir».

Yahudiy va nasorolarning Allohga bergan ahdnomalariga nisbatan oʻzlarini qanday tutganlari bayon qilib berilgandan soʻng, endi ularga qoʻshma xitob qilinadi: