يَـٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَـٰبِ قَدْ جَآءَكُمْ رَسُولُنَا يُبَيِّنُ لَكُمْ كَثِيرًا مِّمَّا كُنتُمْ تُخْفُونَ مِنَ ٱلْكِتَـٰبِ وَيَعْفُوا۟ عَن كَثِيرٍ ۚ قَدْ جَآءَكُم مِّنَ ٱللَّهِ نُورٌ وَكِتَـٰبٌ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, ahli kitoblar! Batahqiq, sizlarga Payg`ambarimiz keldi. U, sizga kitobdan berkitib yurgan ko`pgina narsalaringizni bayon qilib berur. Ko`pginasini esa, afv qilur. Batahqiq, sizlarga Allohdan nur va oydin Kitob keldi.Эй, аҳли китоблар! Батаҳқиқ, сизларга Пайғамбаримиз келди. У, сизга китобдан беркитиб юрган кўпгина нарсаларингизни баён қилиб берур. Кўпгинасини эса, афв қилур. Батаҳқиқ, сизларга Аллоҳдан нур ва ойдин Китоб келди.Alauddin Mansour: Ey ahli kitob, mana, elchimiz (Muhammad alayhis-salotu vas-salom) sizlar kitobingiz (Tavrot, Injil) orasidan yashirib kelgan (u zotning paygʻambar boʻlishlari va yana boshqa zarur masalalar xususidagi) koʻp narsalarni sizlarga bayon etgan holda, (faqat sizlarning sirlaringizni ochib, sharmanda qilish uchungina ishlaydigan) koʻp narsalarni tark etgan holda keldi. Sizlarga Alloh tarafidan Nur-Ochiq Kitob keldi.Эй аҳли китоб, мана, элчимиз (Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом) сизлар китобингиз (Таврот, Инжил) орасидан яшириб келган (у зотнинг пайғамбар бўлишлари ва яна бошқа зарур масалалар хусусидаги) кўп нарсаларни сизларга баён этган ҳолда, (фақат сизларнинг сирларингизни очиб, шарманда қилиш учунгина ишлайдиган) кўп нарсаларни тарк этган ҳолда келди. Сизларга Аллоҳ тарафидан Нур-Очиқ Китоб келди.
Yahudiy va nasorolarga bu oyatda taʼkidlab aytilayotgan narsa– Allohning oxirgi Paygʻambari sollallohu alayhi vasallamning nafaqat arab mushriklariga, balki dunyodagi boshqa barcha xalqlarga, shu jumladan, ahli kitoblarga ham Alloh tomonidan kelganliklaridir. Muhammad alayhissalomning yahudiylarga ham Paygʻambar boʻlib kelishlari xabari Tavrotda bor boʻlib, ulardan ahd olinganda, u zotga iymon keltirish ahdi ham olingan edi. Shuningdek, u zoti bobarakot sollallohu alayhi vasallamning nasorolarga ham Paygʻambar boʻlib kelishlari xabari Injilda zikr qilingan boʻlib, Alloh taolo nasorolardan ahd olgan paytida, u zot kelgan vaqtlarida iymon keltirish ahdi ham olingan edi.
«Ey, ahli kitoblar! Batahqiq, sizlarga Paygʻambarimiz keldi».
Bu oyatda ularga oʻsha ahdnomada aytilgan Paygʻambar darhaqiqat kelganligining xabarini berib turib, u zotning ahli kitoblarga qiladigan baʼzi ishlari ham aytilmoqda:
«U, sizga kitobdan berkitib yurgan koʻpgina narsalaringizni bayon qilib berur».
Yahudiylar Tavrotdan, nasorolar esa, Injildan koʻpgina narsalarni berkitib yurgan edilar.
Haqiqatda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yahudiylarga ular berkitgan zinoning hukmini bayon qilib berganlar. Shuningdek, riboxoʻrlikning harom ekanligini ham va boshqa koʻpgina narsalarni bayon qilib berganlar. Nasorolar esa, Allohning tavhidini berkitganlar. Bu ikki toifa qoʻshilib, Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamning barchaga Paygʻambar boʻlib kelishlarini berkitganlar. Bular va bunga oʻxshash koʻplab berkitilgan haqiqatlar bayon qilib berilgan. Shu bilan birga, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam:
«Koʻpginasini afv qilur».
Yaʼni, oʻz shariatlariga tegishli boʻlmagan, vaqti oʻtib ketgan, zikr qilishdan foyda yoʻq koʻpgina narsalarni afv qiladilar, eslab oʻtirmaydilar.
Agar yahudiylar va nasorolar hamda jumlai jahon anglab yetsa:
«Batahqiq, sizlarga Allohdan nur va oydin Kitob keldi».
«Nur»dan murod Muhammad sollallohu alayhi vasallam va Islom dini, «oydin Kitob»dan murod esa, Qurʼoni Karimdir. Muhammad sollallohu alayhi vasallam insoniyatga keltirgan narsa nurdir. Buni iymon nasib etgan kishilar biladilar. Islomga kirishlari bilan johiliyat zulmatidan iymon nuriga chiqqanlarini his etadilar. Qurʼoni Karimni iymon va ixlos bilan oʻrganganlarida, uning oydin Kitob ekanligini tushunadilar.
Bu oydin Kitob nimalar qilishini keyingi oyat bayon qiladi: