يَهْدِى بِهِ ٱللَّهُ مَنِ ٱتَّبَعَ رِضْوَٰنَهُۥ سُبُلَ ٱلسَّلَـٰمِ وَيُخْرِجُهُم مِّنَ ٱلظُّلُمَـٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ بِإِذْنِهِۦ وَيَهْدِيهِمْ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U bilan Alloh O`z roziligini istaganlarni salom yo`llariga boshlar va ularni O`z izni ila zulmatlardan nurga chiqarar. Hamda sirotul mustaqiymga hidoyat qilar.У билан Аллоҳ Ўз розилигини истаганларни салом йўлларига бошлар ва уларни Ўз изни ила зулматлардан нурга чиқарар. Ҳамда сиротул мустақиймга ҳидоят қилар.Alauddin Mansour: Alloh u sababli oʻzining rizoligiga ergashgan zotlarni najot yoʻllariga hidoyat qilur va Oʻzi iznu irodasi bilan ularni zulmatlardan nurga chiqarur va ularni Toʻgʻri Yoʻlga hidoyat qilur.Аллоҳ у сабабли ўзининг ризолигига эргашган зотларни нажот йўлларига ҳидоят қилур ва Ўзи изну иродаси билан уларни зулматлардан нурга чиқарур ва уларни Тўғри Йўлга ҳидоят қилур.
Oʻsha oydin Kitob–Qurʼon bilan Alloh taolo Oʻz roziligini istab musulmon boʻlgan bandalarini salom (tinchlik) yoʻllariga boshlaydi. Islom–tinchlik dini. Islom tufayli, Qurʼon tufayli insonning koʻngli tinch boʻladi, oʻzi tinch boʻladi, oilasi, shahar, qishlogʻi, jamiyati, davlati va butun dunyo tinch boʻladi. Musulmon insonning hayoti tinch boʻladi. U, oʻzi yashayotgan borliq bilan tinch aloqada boʻladi. Atrof-muhit tinch boʻladi. Umuman, shomil va komil tinchlik boʻladi. Tinchlikning barcha yoʻllariga faqat musulmon boʻlgan, uning roziligini istagan bandalargina Alloh tomonidan hidoyat qilinadilar. Shuning uchun ham, insoniyat haqiqiy tinchlikni xohlaydigan boʻlsa, musulmon boʻlishi shart.
«Ularni Oʻz izni ila zulmatlardan nurga chiqarar».
Ushbu jumladagi «zulmatlar» soʻziga alohida eʼtibor berish kerak. Zulmatlar koʻplik sonida kelmoqda, nur esa, birlikda. «Nur» dan murod–Islom, «zulmatlar»dan murod esa–Islomdan boshqa tuzum va dinlar. Islomdan oʻzga har qanday din yoki tuzum, u qaysi nom bilan atalishidan qatʼinazar, zulmatdir. Hamma jihatdan zulmatdir. Kim ularni ixtiyor qilsa, nurni qoʻyib, zulmatni ixtiyor etgan boʻladi. Adashuvga, xasoratga yurgan boʻladi. Kimki Qurʼonga iymon keltirsa, Islomga kirsa, qorongʻulikdan nurga chiqqan boʻladi. Nurga sohib boʻlganlar esa, adashmaydilar. Chunki, Allohning Oʻzi ularni zulmatdan nurga chiqaradi:
«...hamda siroti mustaqimga hidoyat qilar».
Toʻgʻri yoʻlga boshlaydi. Binobarin, ahli kitoblar ham oʻzlarining buzuq aqiyda va shariatlarini qoʻyib, Alloh ularga yuborgan Paygʻambarga–Muhammad alayhissalomga, Qurʼonga iymon keltirishlari va Islomga amal qilib, kufr va johiliyat zulmatlaridan iymon nuriga chiqishlari lozim. Siroti mustaqim shudir. Boshqasi kufrdir. Jumladan: