QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят17

لَّقَدْ كَفَرَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓا۟ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْمَسِيحُ ٱبْنُ مَرْيَمَ ۚ قُلْ فَمَن يَمْلِكُ مِنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا إِنْ أَرَادَ أَن يُهْلِكَ ٱلْمَسِيحَ ٱبْنَ مَرْيَمَ وَأُمَّهُۥ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًا ۗ وَلِلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ۚ يَخْلُقُ مَا يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Masiyh ibn Maryam Allohdir, deganlar ham kofir bo`ldilar. Ularga: «Agar Alloh Masiyh ibn Maryamni, uning onasini va yer yuzidagi barcha kimsalarni halok etishni iroda qilsa, kim Uni biron narsadan man qila oladi? Holbuki, osmonlaru yer va ularning orasidagi narsalar Allohnikidir. U nimani xohlasa, xalq qiladir. Va Alloh har bir narsaga qodirdir», deb ayt!Батаҳқиқ, Масийҳ ибн Марям Аллоҳдир, деганлар ҳам кофир бўлдилар. Уларга: «Агар Аллоҳ Масийҳ ибн Марямни, унинг онасини ва ер юзидаги барча кимсаларни ҳалок этишни ирода қилса, ким Уни бирон нарсадан ман қила олади? Ҳолбуки, осмонлару ер ва уларнинг орасидаги нарсалар Аллоҳникидир. У нимани хоҳласа, халқ қиладир. Ва Аллоҳ ҳар бир нарсага қодирдир», деб айт!Alauddin Mansour: «Alloh – Masih binni Maryamdir», degan kimsalarning kofir boʻlganliklari aniqdir. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Agar Alloh Masih binni Maryamni, uning onasini va Yerdagi barcha kishilarni halok etishni istasa, kim Alloh tarafidan boʻlgan narsani (baloni) qaytarishga ega boʻla oladi?!» Osmonlar, Yer va ularning orasidagi bor narsalar Allohning mulkidir. U oʻzi istagan narsasini Oʻzi istagan suratda yaratur. Alloh hamma narsaga qodirdir.«Аллоҳ – Масиҳ бинни Марямдир», деган кимсаларнинг кофир бўлганликлари аниқдир. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Агар Аллоҳ Масиҳ бинни Марямни, унинг онасини ва Ердаги барча кишиларни ҳалок этишни истаса, ким Аллоҳ тарафидан бўлган нарсани (балони) қайтаришга эга бўла олади?!» Осмонлар, Ер ва уларнинг орасидаги бор нарсалар Аллоҳнинг мулкидир. У ўзи истаган нарсасини Ўзи истаган суратда яратур. Аллоҳ ҳамма нарсага қодирдир.

110-sahifa · 6-juz · 11-hizb110-саҳифа · 6-жуз · 11-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَّقَدْbatahqiqбатаҳқиқكَفَرَkofir boʻldilarкофир бўлдиларٱلَّذِينَoʻshalarўшаларقَالُوٓا۟deganlarдеганларإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳهُوَUdirУдирٱلْمَسِيحُMasihМасиҳٱبْنُibnибнمَرْيَمَ ۚMaryamМарямقُلْaytайтفَمَنbas, kimбас, кимيَمْلِكُmanʼ qila oladiманъ қила оладиمِنَ-dan-данٱللَّهِAllohdanАллоҳданشَيْـًٔاbiron narsaniбирон нарсаниإِنْagarагарأَرَادَiroda qilsaирода қилсаأَن-ni-ниيُهْلِكَhalok etishniҳалок этишниٱلْمَسِيحَMasihМасиҳٱبْنَibnибнمَرْيَمَMaryamniМарямниوَأُمَّهُۥva uning onasiniва унинг онасиниوَمَنva kimsalarniва кимсаларниفِى-dagi-дагиٱلْأَرْضِyer yuziер юзиجَمِيعًۭا ۗbarchaбарчаوَلِلَّهِva Allohnikidirва Аллоҳникидирمُلْكُmulkiмулкиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlaruосмонларуوَٱلْأَرْضِva yerningва ернингوَمَاva narsalarва нарсаларبَيْنَهُمَا ۚularning orasidagiуларнинг орасидагиيَخْلُقُxalq qiladiхалқ қиладиمَاnimaniниманиيَشَآءُ ۚxohlasaхоҳласаوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳعَلَىٰ-ga-гаكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍۢnarsagaнарсагаقَدِيرٌۭqodirdirқодирдир
TafsirТафсир

Nasorolar Allohga bergan ahdlarida vafo qilmagan eng bosh masala–Allohning tavhidini qoʻyib, shirkka burilishlari edi. Ularning zalolatga ketishlarining asosiy masalasi shu boʻlgan.

«Batahqiq, Masih ibn Maryam Allohdir, deganlar ham kofir boʻldilar».

Aslida, Iyso alayhissalom Paygʻambar boʻlib, tavhidni, yakka ilohlikni olib kelgan edilar. U kishiga iymon keltirib, ergashganlar ham xuddi shu aqiydada edilar. Ammo, vaqt oʻtishi bilan, boshqa qavmlarning, xususan, butparastlik dinidagilarning nasroniylar diniga kirishi tufayli bu sof aqiydaga futur yeta boshladi. Asta-sekin boshlangan ixtiloflar keyinchalik avj olib ketdi. Baʼzilari Iyso–Masih alayhissalomni Allohning Paygʻambari desa, boshqalari: «U Rasul boʻlsa ham, Allohga alohida yaqinligi bor», deyishdi. Uchinchilari esa: «U Allohning oʻgʻlidir», deb daʼvo qilishdi. Yana boshqalari: «U Allohning oʻgʻli boʻlsa ham, maxluq emas, qadimdan bor», deyishar edi. Bunga oʻxshagan ixtiloflar juda ham koʻpaygan paytda 325 milodiy sanada «Nikiya kengashi» nomli yigʻilish boʻlib, ixtiloflarga chek qoʻyish maqsadida unda qirq sakkiz ming diniy bilimdonlar qatnashdi. Bu kengashda ham xiloflar avj oldi. Oxiri, butparastlik dinidan nasroniy diniga oʻtgan Rum imperatori Konstantin, oʻzi nasroniy dinidan bexabar boʻlsa ham, «Masih ibn Maryam xudodir», degan gapni mahkam tutdi va boshqa fikrdagilarni quvgʻin qilishga oʻtdi. Shunday qilib, butparastlik aqiydasi nasroniylikka oʻtdi. Soʻngra, yana boshqa ixtiloflar kuchaydi. Masihiy dinining buzilishida vaqti-vaqti bilan chaqirilib turadigan «Muqaddas kengashlar» katta vazifa bajardi. Koʻngillari tusaganda bunday kengashlarni oʻtkazib, oʻzlariga mos qarorlarni chiqarib, mana shu din, deb yuraveradigan boʻlishdi. Shu bilan birga, bu qarorlarga, xususan, Masih Ibn Maryamni «xudo» deb eʼtiqod qilish haqida chiqqan qarorga norozilar ham boʻlgan. Iyso alayhissalom xudo emas, xudoning Paygʻambari deguvchi nasorolar hozirgi paytda ayniqsa koʻpayib bormoqda. Eng qizigʻi–ular Iyso toʻgʻrisidagi aqiydaning eng toʻgʻrisi Qurʼonda ekanligini ham anglab yetmoqdalar. Qurʼoni Karim esa, bu masalani oddiy mantiqni ishga solib muolaja qilgan. Alloh Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob etib:

«Ularga: «Agar Alloh Masih ibn Maryamni va uning onasini va yer yuzidagi barcha kimsalarni halok etishni iroda qilsa, kim Uni biror narsadan man qila oladi?»–deb aytgin», demoqda.

Javob, albatta, aniq: hech kim! Hech kim, hech qanday zot Allohning irodasiga qarshi chiqa olmaydi. Alloh taolo nimani xohlasa, shuni qiladi.

«Holbuki, osmonlaru yer va ularning orasidagi narsalar Allohnikidir».

Uning Oʻzi yagona molik. Yagona xoliq. Yagona shoh. Shu jumladan, Masih ibn Maryam va uning onasiga ham molik, xoliq va shohdir. Alloh taoloning irodasiga hech kim moneʼ boʻla olmaydi.

«U nimani xohlasa, xalq qiladir».

Yaʼni, yaratadi.

«Va Alloh har bir narsaga qodirdir».

Keyingi oyatda yahudiy va nasorolarning baʼzi botil daʼvolari zikr qilinadi va bu daʼvo oʻziga hos uslub ila muolaja etiladi: