QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят18

وَقَالَتِ ٱلْيَهُودُ وَٱلنَّصَـٰرَىٰ نَحْنُ أَبْنَـٰٓؤُا۟ ٱللَّهِ وَأَحِبَّـٰٓؤُهُۥ ۚ قُلْ فَلِمَ يُعَذِّبُكُم بِذُنُوبِكُم ۖ بَلْ أَنتُم بَشَرٌ مِّمَّنْ خَلَقَ ۚ يَغْفِرُ لِمَن يَشَآءُ وَيُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ ۚ وَلِلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ۖ وَإِلَيْهِ ٱلْمَصِيرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yahudiy va nasorolar: «Biz Allohning o`g`illarimiz va Uning mahbublarimiz», – dedilar. Ularga: «Unday bo`lsa, nimaga U sizlarni gunohlaringiz tufayli azoblaydir? Balki, sizlar U yaratgan bashardirsizlar. U kimni xohlasa, mag`firat qiladi. Kimni xohlasa, azoblaydir. Osmonlaru yer va ularning orasidagi narsalar Allohnikidir. Qaytib borish faqat Uning O`zigadir», – deb ayt.Яҳудий ва насоролар: «Биз Аллоҳнинг ўғилларимиз ва Унинг маҳбубларимиз», – дедилар. Уларга: «Ундай бўлса, нимага У сизларни гуноҳларингиз туфайли азоблайдир? Балки, сизлар У яратган башардирсизлар. У кимни хоҳласа, мағфират қилади. Кимни хоҳласа, азоблайдир. Осмонлару ер ва уларнинг орасидаги нарсалар Аллоҳникидир. Қайтиб бориш фақат Унинг Ўзигадир», – деб айт.Alauddin Mansour: Yahudiy va nasroniylar: «Biz Allohning suyukli bolalarimiz», dedilar. Ayting: «U holda nega sizlarni gunohlaringiz sababli azoblaydi?! Yoʻq! Sizlar ham U yaratgan barcha odamlar kabi odamsizlar. U zot Oʻzi istagan kishisini magʻfirat qilur, istagan kishisiga azob berur». Osmonlar, Yer va ularning orasidagi bor narsalar Allohning mulkidir. Faqat uning Oʻziga qaytilur.Яҳудий ва насронийлар: «Биз Аллоҳнинг суюкли болаларимиз», дедилар. Айтинг: «У ҳолда нега сизларни гуноҳларингиз сабабли азоблайди?! Йўқ! Сизлар ҳам У яратган барча одамлар каби одамсизлар. У зот Ўзи истаган кишисини мағфират қилур, истаган кишисига азоб берур». Осмонлар, Ер ва уларнинг орасидаги бор нарсалар Аллоҳнинг мулкидир. Фақат унинг Ўзига қайтилур.

111-sahifa · 6-juz · 11-hizb111-саҳифа · 6-жуз · 11-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَتِva dedilarва дедиларٱلْيَهُودُyahudiylarяҳудийларوَٱلنَّصَـٰرَىٰva nasorolarва насороларنَحْنُbizбизأَبْنَـٰٓؤُا۟oʻgʻillarimizўғилларимизٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَأَحِبَّـٰٓؤُهُۥ ۚva Uning mahbublarimizва Унинг маҳбубларимизقُلْaytайтفَلِمَunday boʻlsa, nimagaундай бўлса, нимагаيُعَذِّبُكُمU sizlarni azoblaydiУ сизларни азоблайдиبِذُنُوبِكُم ۖgunohlaringiz tufayliгуноҳларингиз туфайлиبَلْbalkiбалкиأَنتُمsizlarсизларبَشَرٌۭbashardirsizlarбашардирсизларمِّمَّنْkimsalardanкимсаларданخَلَقَ ۚU yaratganУ яратганيَغْفِرُmagʻfirat qiladiмағфират қиладиلِمَنkimniкимниيَشَآءُxohlasaхоҳласаوَيُعَذِّبُva azoblaydiва азоблайдиمَنkimniкимниيَشَآءُ ۚxohlasaхоҳласаوَلِلَّهِva Allohnikidirва Аллоҳникидирمُلْكُmulkiмулкиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlaruосмонларуوَٱلْأَرْضِva yerningва ернингوَمَاva narsalarва нарсаларبَيْنَهُمَا ۖularning orasidagiуларнинг орасидагиوَإِلَيْهِva Uning Oʻzigadirва Унинг Ўзигадирٱلْمَصِيرُqaytib borishқайтиб бориш
TafsirТафсир

Ushbu oyatda zikr qilinayotgan masala boshqa oyatlarda ham kelgan. Oʻsha oyatlarda taʼkidlanishicha, bu daʼvo ortidan: «Biz Allohning oʻgʻli boʻlganimiz uchun azobga duchor boʻlmaymiz, doʻzaxga ham tushmaymiz, tushsak ham, ozgina muddatga tushamiz»,–deyishar edi.

«Yahudiy va nasorolar: «Biz Allohning oʻgʻillarimiz va Uning mahbublarimiz», – dedilar».

Bu esa, quruq daʼvo boʻlib, aqiyda bobidagi shunchaki tortishuvlarga emas, balki katta va chuqur buzgʻunchiliklarga sabab boʻladi.

Eng yomoni–ilohiy mutlaq adolat tushunchasini buzib koʻrsatishga harakat boʻladi. Inson bu dunyoda qilgan amaliga qarab emas, qarindoshlik yo nasab aloqasiga qarab darajalarga erishadi, degan tushuncha olgʻa suriladi. Bu esa, oʻz navbatida, bu dunyodagi yashash qoidalarini tag-tomiri bilan buzib yuborish xavfini tugʻdiradi. Mazkur botil daʼvodagi kishilarga xohlagan buzgʻunchilik uchun yoʻl ochib beradi.

Aslida esa, ilohiy adolat mutlaqdir. Har bir insonga, u kim boʻlishidan qatʼinazar, amaliga qarab mukofot yoki jazo beriladi. Xuddi ana shu holatni eslash va bu haqiqatni yahudiy va nasorolarga eslatish ularning daʼvolari botil ekanligining isbotiga dalil boʻladi.

«Ularga: «Unday boʻlsa, nimaga U sizlarni gunohlaringiz tufayli azoblaydir?» (deb ayt).

Alloh taolo Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga yoʻl koʻrsatib, ushbu oddiy mantiq ila yahudiy va nasorolarning daʼvolarini chipakka chiqardi.

Yaʼni, Alloh: «Agar daʼvolaringiz toʻgʻri boʻlsa, unda nima uchun Alloh sizlarni gunohingiz tufayli azoblaydir?»–deb soʻrashni amr etmoqda. Shuning oʻzi koʻrsatib turibdiki:

«Balki, sizlar U yaratgan bashardirsizlar».

Ha, sizlar ham, ey, yahudiy va nasorolar, Allohning oʻgʻli emas, oddiy inson–bashardirsizlar. Boshqa gapga hojat yoʻq. Shuning oʻzi ularning daʼvosi puch ekanini, Allohning adolati mutlaq ekanini, bandalarga beriladigan mukofot yoki jazo faqat bir qoida asosida–insonning iymoni va amaliga qarab boʻlishini, bundan boshqa qoida yoʻqligini bildiradi. Alloh shuni iroda qilgan, uning irodasi amalga oshgusidir.

«Kimni xohlasa, magʻfirat qiladi. Kimni xohlasa, azoblaydir. Osmonlaru yer va ularning orasidagi narsalar Allohnikidir».

Zero, U zot Oʻz mulkida xohlaganini qiladi. U qarindoshlik yoki shaxsiy aloqalarga qarab emas, iymon va amalga qarab mukofot yoki jazo berishni iroda qilgan. Demak, har bir inson, jumladan, yahudiy va nasorolar ham, Allohning amriga binoan iymon keltirib, amal qilishlari lozim. Aks holda, bilib qoʻysinlarki:

«Qaytib borish faqat Uning Oʻzigadir».

Soʻngra yana bir bor ahli kitoblarga xitob qilinib, Paygʻambar alayhissalomning haq ekanliklari taʼkidlanadi: