إِنَّمَا جَزَٰٓؤُا۟ ٱلَّذِينَ يُحَارِبُونَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَيَسْعَوْنَ فِى ٱلْأَرْضِ فَسَادًا أَن يُقَتَّلُوٓا۟ أَوْ يُصَلَّبُوٓا۟ أَوْ تُقَطَّعَ أَيْدِيهِمْ وَأَرْجُلُهُم مِّنْ خِلَـٰفٍ أَوْ يُنفَوْا۟ مِنَ ٱلْأَرْضِ ۚ ذَٰلِكَ لَهُمْ خِزْىٌ فِى ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَهُمْ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga va Uning Payg`ambariga qarshi urush qiluvchilar, yer yuzida fasod qiluvchilarning jazosi, albatta, o`ldirilmoqlari yoki osilmoqlari yoxud qo`l-oyoqlari qarama-qarshi tomondan kesilmog`i yoki yer yuzida surgun qilinmoqlaridir. Bu, ularga bu dunyoda or bo`lur. Oxiratda esa, ularga ulkan azob bor.Аллоҳга ва Унинг Пайғамбарига қарши уруш қилувчилар, ер юзида фасод қилувчиларнинг жазоси, албатта, ўлдирилмоқлари ёки осилмоқлари ёхуд қўл-оёқлари қарама-қарши томондан кесилмоғи ёки ер юзида сургун қилинмоқларидир. Бу, уларга бу дунёда ор бўлур. Охиратда эса, уларга улкан азоб бор.Alauddin Mansour: Albatta, Alloh va paygʻambariga qarshi urushadigan va Yerda buzgʻunchilik qilish harakatida yuradigan kimsalarning jazosi — oʻldirilish yo dorga osilish, yoki oyoq-qoʻllari teskarisiga (yaʼni, oʻng qoʻl va chap oyoq yoki chap qoʻl bilan oʻng oyoq) kesilishi, yoxud oʻz Yerlaridan surgun qilinishlaridir. Bu jazo ular uchun bu dunyoda rasvolik — sharmandalik boʻlur. Oxiratda esa ular uchun ulugʻ azob bordir.Албатта, Аллоҳ ва пайғамбарига қарши урушадиган ва Ерда бузғунчилик қилиш ҳаракатида юрадиган кимсаларнинг жазоси — ўлдирилиш ё дорга осилиш, ёки оёқ-қўллари тескарисига (яъни, ўнг қўл ва чап оёқ ёки чап қўл билан ўнг оёқ) кесилиши, ёхуд ўз Ерларидан сургун қилинишларидир. Бу жазо улар учун бу дунёда расволик — шармандалик бўлур. Охиратда эса улар учун улуғ азоб бордир.
Bu yerda vasf qilinayotgan jinoyatchilar bugungi kundagi «uyushgan jinoyat» istilohiga toʻgʻri keladi. Yomon niyatli bir guruh kishilar toʻplanib olib, musulmonlarning oʻziga, mol-mulkiga va tinchliklariga tahdid solishi, musulmon hukumatga qarshi chiqishi, Islom shariatida «hiroba» deyiladi. Ularni Alloh taolo oyati karimada:
«Allohga va Uning Paygʻambariga qarshi urush qiluvchilar», – deb taʼriflamoqda.
Demak, musulmonlar jamoasi hayotiga, tinchligiga, molu mulkiga tahdid soluvchilar, shariat asosida hukm yuritayotgan hukumatga qarshi chiquvchilar, aslida, Allohga va Uning Paygʻambariga qarshi urush ochgan hisoblanadilar. Chunki, ular Allohning shariatiga amal qilayotgan, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilayotgan hukumat va jamoatga suiqasd qilmoqdalar. Allohning dinini ortga surishga sabab boʻlmoqdalar. Shuning uchun ham, ular «yer yuzida fasod qiluvchilar» degan sifatga sazovor boʻlmoqdalar. Demak, ularning
«jazosi, albatta, oʻldirilmoqlari yoki osilmoqlari yoxud qoʻl- oyoqlari qarama-qarshi tomondan kesilmogʻi yoki yer yuzida surgun qilinmoqlaridir».
Bular uchun toʻrt xil ogʻir jazo tayin qilindi. Oʻsha davrning hokimi davr sharoitiga va jinoyatchilarning jinoyati holatiga qarab, ushbu hukmlardan qaysi birini munosib topsa, oʻshanisini qoʻllaydi. Yo ularni oʻldirishga hukm chiqaradi, yo ularni osib oʻldirishga hukm qiladi, yo oʻng qoʻliyu chap oyogʻini yoki, aksincha, chap qoʻliyu oʻng oyogʻini kesishga buyuradi va yoki surgun qilishga amr etadi.
Qurʼoni Karimda bu masalada ijtihod qilishga yoʻl ochib qoʻyilganligi uchun ham mujtahid ulamolarimiz keng bahs etib, turli fikrlarni aytganlar.
Hanafiy, Shofeʼiy va Hanbaliy mazhabi ulamolari, jazo jinoyatchilar sodir etgan jinoyatga qarab boʻladi, deganlar. Shunga binoan, jinoyatchilar guruhi odam oʻldirsa-yu, molu mulkini olmasa, ular oʻldiriladilar. Molu mulkini olsalar-u, odam oʻldirmasalar, qoʻl-oyoqlari kesiladi. Ham odam oʻldirib, ham molu mulkini olsa, oldin oʻldirilib, keyin osiladi. Kim tahdid qilsa-yu, odam ham oʻldirmasa, molu mulkini ham olmasa, surgun qilinadi, deganlar.
«Bu, ularga bu dunyoda or boʻlur».
Islom shariati boʻyicha bunday jinoyatchilar qoʻlga tushib, jinoyatlari isbot boʻlib, hukm chiqqandan soʻng, hukmni ijro etish paytida jamoatchilik toʻplanadi. Ularning jinoyatlari haqida maʼlumot beriladi. Va koʻpchilik huzurida hukm ijro etiladi. Agar jinoyatchi oʻldirilsa, oʻlimidan oldin or-nomusga qolib oʻladi. Urugʻavlodi, bola-chaqasi ham or-nomusga qoladilar. U osiladigan boʻlsa, odamlar toʻplanadigan, koʻpchilik oʻtadigan joyga osiladi. Bu ham katta or boʻladi. Baʼzi ulamolar: «Jinoyatchilarni tiriklayin osib qoʻyib, har zamonda nayza suqib turiladi, asta-sekin oʻladi», deyishgan. Bu yana ham kattaroq or boʻladi. Shuningdek, surgun ham ornomusdir. Tinch yurtidan boshqa, uzoq va qiyinchilikli joylarga surgun qilinadi. Bunday kimsaning umri afsus-nadomatda, oru nomusda oʻtib ketadi.
Bu hukmlar faqat bir holatdagina ijro etilmay qolishi mumkin. Oʻsha istisno holat budir: