QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят34

إِلَّا ٱلَّذِينَ تَابُوا۟ مِن قَبْلِ أَن تَقْدِرُوا۟ عَلَيْهِمْ ۖ فَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Magar, ularga qodir bo`lishingizdan oldin tavba qilsalar, bilingki, albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.Магар, уларга қодир бўлишингиздан олдин тавба қилсалар, билингки, албатта, Аллоҳ мағфиратли ва раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Magar sizlar qodir boʻlishingizdan (qoʻlga tushishlaridan) ilgari tavba qilgan kishilar boʻlsa, bilingizki, Alloh magʻfiratli, mehribon Zotdir.Магар сизлар қодир бўлишингиздан (қўлга тушишларидан) илгари тавба қилган кишилар бўлса, билингизки, Аллоҳ мағфиратли, меҳрибон Зотдир.

113-sahifa · 6-juz · 12-hizb113-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِلَّاmagarмагарٱلَّذِينَoʻshalarўшаларتَابُوا۟tavba qilsalarтавба қилсаларمِن-dan-данقَبْلِoldinолдинأَن-ish-ишتَقْدِرُوا۟qodir boʻlishingizқодир бўлишингизعَلَيْهِمْ ۖulargaуларгаفَٱعْلَمُوٓا۟bas, bilingkiбас, билингкиأَنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳغَفُورٌۭmagʻfiratliмағфиратлиرَّحِيمٌۭrahmli zotdirраҳмли зотдир
TafsirТафсир

Qoʻlga tushmasdan oldin tavba qilish haqiqiy afsus-nadomatning, yaxshilikka qaytishga qilingan qatʼiy qarorning alomatidir. Ular oʻz jinoyatlarini davom ettiraversalar ham boʻlardi, ammo insofga kirib, ishlarining notoʻgʻri ekanini anglab yetibdilar, Islom dini bu ragʻbatni taqdirlaydi. Ikkinchidan, bunday hukm boshqa jinoyatchilarning ham tavba qilib, toʻgʻri yoʻlga tushishlariga sabab boʻladi. Boshqa sharʼiy hukmlar qatori ushbu hukmga ham amal qilingan davrda elu ulus tinch boʻlib, hamma omonda edi. Bepoyon sahroda qoʻy boqib yurgan choʻpon qoʻylariga boʻri hujum qilishidan xavfsiramasa, boshqa qoʻrqinchi yoʻq edi. Ammo hozir-chi? Odamlar uyida tinch oʻtira olmaydilar. Har qadamda jonlari ham, molu mulklari ham xavf ostida. Dunyodagi jami hukumatlar birlashib ham jinoyatchilarni jilovlay olmayaptilar. Allohning hukmiga yurmaslikning oqibati–shu.

Odam oʻldirish va jinoyatchi guruhlar haqidagi soʻzdan keyin taqvo haqida vaʼzu nasihat keladi: