يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَٱبْتَغُوٓا۟ إِلَيْهِ ٱلْوَسِيلَةَ وَجَـٰهِدُوا۟ فِى سَبِيلِهِۦ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va Unga vasiyla axtaringiz hamda Uning yo`lida jihod qilingiz. Shoyadki, yutuqqa erishsangiz.Эй, иймон келтирганлар! Аллоҳга тақво қилинглар ва Унга васийла ахтарингиз ҳамда Унинг йўлида жиҳод қилингиз. Шоядки, ютуққа эришсангиз.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, Allohdan qoʻrqingiz va Unga yaqin boʻlish yoʻlini izlangiz hamda Uning yoʻlida jihod qilingiz, shunda shoyad najot topursiz!Эй мўминлар, Аллоҳдан қўрқингиз ва Унга яқин бўлиш йўлини излангиз ҳамда Унинг йўлида жиҳод қилингиз, шунда шояд нажот топурсиз!
Allohning amriga itoat qilmaslikning oqibati nima boʻlishi bilindi. Endi siz, ey, iymon keltirganlar:
«Allohga taqvo qilinglar va Unga vasiyla axtaringiz».
Dunyoda qoʻrqish lozim boʻlgan yagona zot Allohdir. Bu xavf esa, inson karomati–hurmat-eʼtiboriga loyiq xavfdir. Qachonki insonlarda Allohdan qoʻrqish hissi–taqvo hissi boʻlmas ekan, hech qanday qonun, hech qanday tuzum odamlarni yomonlikdan saqlab tura olmaydi. Qoʻyilgan mirshab yoki josuslar nazoratidan qochib, oldingidan ham battar ishlarni qilaveradilar. Insonda taqvo boʻlsa- chi? Unda, har bir inson oʻziga oʻzi qoʻriqchi va kuzatuvchi boʻladi. Hech kim uni nazorat qilmasa ham, hech kim koʻrmayotgan boʻlsa ham, yomonlik qilmaydi.
«Unga vasiyla axtaringiz hamda Uning yoʻlida jihod qilingiz».
Yaʼni, Allohga yaqin boʻlish, mahbub boʻlish yoʻlini axtaringiz. Hamda Allohning yoʻlida kuch-gʻayrat sarflangiz, jihod qilingiz. Shunda:
«Shoyadki, yutuqqa erishsangiz».
Kelasi oyatda kofirlarning holi bayon qilinadi.