QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят36

إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَوْ أَنَّ لَهُم مَّا فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًا وَمِثْلَهُۥ مَعَهُۥ لِيَفْتَدُوا۟ بِهِۦ مِنْ عَذَابِ يَوْمِ ٱلْقِيَـٰمَةِ مَا تُقُبِّلَ مِنْهُمْ ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar kufr keltirganlar qo`lida yer yuzidagi hamma narsa va yana shuncha narsa bo`lsa-yu, uni qiyomat kunining azobidan qutulishga to`lov qilib bersalar ham, ulardan qabul qilinmas. Ularga alamli azob bor.Агар куфр келтирганлар қўлида ер юзидаги ҳамма нарса ва яна шунча нарса бўлса-ю, уни қиёмат кунининг азобидан қутулишга тўлов қилиб берсалар ҳам, улардан қабул қилинмас. Уларга аламли азоб бор.Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan kimsalar esa Yerdagi bor narsa ikki barobar boʻlib ularning mulkiga aylanib, oʻshani Qiyomat Kunidagi azobdan (najot topish uchun) sarf qilmoqchi boʻlsalar, ulardan qabul qilinmas. Ular uchun alamli azob bordir.Кофир бўлган кимсалар эса Ердаги бор нарса икки баробар бўлиб уларнинг мулкига айланиб, ўшани Қиёмат Кунидаги азобдан (нажот топиш учун) сарф қилмоқчи бўлсалар, улардан қабул қилинмас. Улар учун аламли азоб бордир.

113-sahifa · 6-juz · 12-hizb113-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَoʻshalarўшаларكَفَرُوا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларلَوْagarагарأَنَّshukiшукиلَهُمularda boʻlsaуларда бўлсаمَّاnarsaнарсаفِى-dagi-дагиٱلْأَرْضِyer yuziер юзиجَمِيعًۭاhammaҳаммаوَمِثْلَهُۥva yana shunchaва яна шунчаمَعَهُۥu bilan birgaу билан биргаلِيَفْتَدُوا۟toʻlov qilib berish uchunтўлов қилиб бериш учунبِهِۦuniуниمِنْ-dan-данعَذَابِazobазобيَوْمِkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِqiyomatқиёматمَاemasэмасتُقُبِّلَqabul qilinurқабул қилинурمِنْهُمْ ۖulardanуларданوَلَهُمْva ulargaва уларгаعَذَابٌazob borазоб борأَلِيمٌۭalamliаламли
TafsirТафсир

Kofirlarni qiyomat kunida alamli azob kutayotgani hammaga maʼlum. Hatto kofirlarning oʻzlari ham buni sezishadi. Farazan ushbu holatdan qutulish uchun ularning imkoni bor yoki yoʻqligini bahs qilinadigan boʻlsa, ular nima qilishlari mumkin? Qoʻllaridan nima keladi? Oyati karimada bor imkoniyatlarning eng kattasidan ham kattasi keltirilmoqda:

«Agar kufr keltirganlar qoʻlida yer yuzidagi hamma narsa va yana shuncha narsa boʻlsayu...»

Dunyodagi jami kofirlar yigʻilsa ham hosil qila olmaydigan imkoniyat–dunyodagi hamma narsalar ularning qoʻlida boʻlishligi. Bu imkonsiz narsa. Ammo, tasavvur uchun, mayli deyilsa, buning ustiga yana shuncha qoʻshilsa, yaʼni, dunyodagi hamma narsalar ikki barobar qilib kofirlar qoʻliga berilsa-da, ular:

«uni qiyomat kunining azobidan qutulishga toʻlov qilib bersalar ham, ulardan qabul qilinmas».

Bundan ularning qiyomat kuni azobidan qutulish imkonlari umuman yoʻqdir, degan maʼno chiqadi. Demak:

«Ularga alamli azob bor».

Oyati karima kofirlarning doʻzaxdan qutulish uchun qiladigan harakatlarini ajoyib tasvirlaydi:

«Ular doʻzaxdan chiqmoqchi boʻlurlar».

Buning uchun turli-tuman imkoniyatlar axtaradilar. Ammo chiqa olarmikinlar? Yoʻq!

«Ammo undan chiqa olmaslar. Ularga muqim azob bor».

Avvalgi oyatlarda kuch ishlatib, zoʻravonlik bilan odamlarning molini tortib olish haqida soʻz ketgan edi, kelgusi oyatda esa, odamlarning molini bildirmay–oʻgʻirlab olganlarning jazosi haqida gapiriladi: