QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят37

يُرِيدُونَ أَن يَخْرُجُوا۟ مِنَ ٱلنَّارِ وَمَا هُم بِخَـٰرِجِينَ مِنْهَا ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ مُّقِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular do`zaxdan chiqmoqchi bo`lurlar. Ammo undan chiqa olmaslar. Ularga muqim azob bor.Улар дўзахдан чиқмоқчи бўлурлар. Аммо ундан чиқа олмаслар. Уларга муқим азоб бор.Alauddin Mansour: Ular doʻzaxdan chiqmoqchi boʻladilar-u, hech undan chiquvchi boʻla olmaydilar — ular uchun doimiy azob bordir.Улар дўзахдан чиқмоқчи бўладилар-у, ҳеч ундан чиқувчи бўла олмайдилар — улар учун доимий азоб бордир.

114-sahifa · 6-juz · 12-hizb114-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يُرِيدُونَxohlarlarхоҳларларأَن-ni-ниيَخْرُجُوا۟chiqishniчиқишниمِنَ-dan-данٱلنَّارِdoʻzaxдўзахوَمَاva emasва эмасهُمularуларبِخَـٰرِجِينَchiquvchiчиқувчиمِنْهَا ۖundanунданوَلَهُمْva ulargaва уларгаعَذَابٌۭazob borазоб борمُّقِيمٌۭmuqimмуқим
TafsirТафсир

Kofirlarni qiyomat kunida alamli azob kutayotgani hammaga maʼlum. Hatto kofirlarning oʻzlari ham buni sezishadi. Farazan ushbu holatdan qutulish uchun ularning imkoni bor yoki yoʻqligini bahs qilinadigan boʻlsa, ular nima qilishlari mumkin? Qoʻllaridan nima keladi? Oyati karimada bor imkoniyatlarning eng kattasidan ham kattasi keltirilmoqda:

«Agar kufr keltirganlar qoʻlida yer yuzidagi hamma narsa va yana shuncha narsa boʻlsayu...»

Dunyodagi jami kofirlar yigʻilsa ham hosil qila olmaydigan imkoniyat–dunyodagi hamma narsalar ularning qoʻlida boʻlishligi. Bu imkonsiz narsa. Ammo, tasavvur uchun, mayli deyilsa, buning ustiga yana shuncha qoʻshilsa, yaʼni, dunyodagi hamma narsalar ikki barobar qilib kofirlar qoʻliga berilsa-da, ular:

«uni qiyomat kunining azobidan qutulishga toʻlov qilib bersalar ham, ulardan qabul qilinmas».

Bundan ularning qiyomat kuni azobidan qutulish imkonlari umuman yoʻqdir, degan maʼno chiqadi. Demak:

«Ularga alamli azob bor».

Oyati karima kofirlarning doʻzaxdan qutulish uchun qiladigan harakatlarini ajoyib tasvirlaydi:

«Ular doʻzaxdan chiqmoqchi boʻlurlar».

Buning uchun turli-tuman imkoniyatlar axtaradilar. Ammo chiqa olarmikinlar? Yoʻq!

«Ammo undan chiqa olmaslar. Ularga muqim azob bor».

Avvalgi oyatlarda kuch ishlatib, zoʻravonlik bilan odamlarning molini tortib olish haqida soʻz ketgan edi, kelgusi oyatda esa, odamlarning molini bildirmay–oʻgʻirlab olganlarning jazosi haqida gapiriladi: