QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят39

فَمَن تَابَ مِنۢ بَعْدِ ظُلْمِهِۦ وَأَصْلَحَ فَإِنَّ ٱللَّهَ يَتُوبُ عَلَيْهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim zulmidan keyin tavba etsa va amali solih qilsa, Alloh, albatta, tavbasini qabul qiladir. Shubhasiz, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.Ким зулмидан кейин тавба этса ва амали солиҳ қилса, Аллоҳ, албатта, тавбасини қабул қиладир. Шубҳасиз, Аллоҳ мағфиратли ва раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Ammo kim bunday (oʻgʻrilik bilan qilgan) jabru zulmidan keyin tavba qilib, oʻzini tuzatsa, albatta Alloh uning tavbasini qabul qilar. Albatta, Alloh magʻfiratli, mehribondir.Аммо ким бундай (ўғрилик билан қилган) жабру зулмидан кейин тавба қилиб, ўзини тузатса, албатта Аллоҳ унинг тавбасини қабул қилар. Албатта, Аллоҳ мағфиратли, меҳрибондир.

114-sahifa · 6-juz · 12-hizb114-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَمَنbas, kimбас, кимتَابَtavba etsaтавба этсаمِنۢ-dan-данبَعْدِkeyinкейинظُلْمِهِۦzulmidanзулмиданوَأَصْلَحَva amali solih qilsaва амали солиҳ қилсаفَإِنَّbas, albattaбас, албаттаٱللَّهَAllohАллоҳيَتُوبُtavbasini qabul qiladiтавбасини қабул қиладиعَلَيْهِ ۗungaунгаإِنَّshubhasizшубҳасизٱللَّهَAllohАллоҳغَفُورٌۭmagʻfiratliмағфиратлиرَّحِيمٌrahmli zotdirраҳмли зотдир
TafsirТафсир

Gunoh qilgan banda tavbaga shoshilmogʻi lozim. Ammo bu oyati karimaga chuqurroq nazar soladigan boʻlsak, unda:

«tavba etsa va amali solih qilsa», deyilmoqda.

Musulmon odam uchun yomonlikdan qaytishning oʻzi kifoya qilmas ekan. Yomonlikdan qaytish bilan birga, yaxshilik amallarni qilishi ham zarur ekan. Chunki yomonlikni qilmay qoʻyib yuraversa, orada boʻshlik paydo boʻladi va bu boʻshlik uni yana yomonlikka qaytarishi mumkin. Shuning uchun ham, yaxshilik qilish tavbani qabul etish shartlariga qoʻshilmoqda. Oʻgʻrilikka qoʻl urgan odam afsus ila tavba qilib, uning shartlariga rioya etsa, Alloh taolo huzurida albatta uning tavbasi qabuldir. Ammo u qoʻlga tushib, ishi qozixonaga yetsa, unga nisbatan chora qoʻllanishi shart. Bu yerda uni kechirib boʻlmaydi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlarida bir odam qimmatbaho ridosini boshiga qoʻyib uxlab yotganda, boshqa bir shaxs astagina u ridoni oʻgʻirlaydi. Ammo bir oz oʻtib qoʻlga tushadi. Ridoning egasi uni ushlab Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib boradi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam oʻgʻrining qoʻlini kesishga amr qiladilar. Shunda ridoning egasi rahim qilib: «Mayli, men roziman, bitta rido uchun qoʻli kesilib ketmasin», deydi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam unga: «Shu gapingni buni mening oldimga olib kelmay turib aytganingda, boʻlar edi. Ammo endi mumkin emas», deydilar.

Oʻgʻrining aybini oʻgʻirlangan mol egasi kechib yubora olmaganidek, hokim ham, kim boʻlishidan qatʼinazar, kechib yubora olmaydi.

Madiynai Munavvarada bir ayol oʻgʻrilik qilib qoʻlga tushadi. Uning qarindosh-urugʻlari bundan qattiq tashvishlanadilar. Agar qoʻli kesilsa, butun urugʻimizga or boʻladi, deb qaygʻuradilar. Maslahatlashishib, Usoma ibn Zayd Paygʻambarimizning erkasi, uni ishga solaylik, kechirib yuborsalar ajab emas, deyishadi. Usoma ibn Zayd roziyallohu anhu vositachilik qiladilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qattiq gʻazablanadilar va masjidda jamoat namozidan soʻng xutba qilib: «Sizga nima boʻldiki, Allohning haddidan boʻlmish bir hadda menga vositachi qoʻyasizlar! Allohga qasamki, agar Muhammadning qizi Fotima oʻgʻrilik qilsa ham, qoʻlini kesaman! Sizdan oldin oʻtganlarning halok boʻlishiga sabab ham oddiy odamga hadni joriy etib, obroʻliga joriy etmaslik edi», dedilar («Had» deganda sharʼiy jazo tushuniladi).

Jinoyat va uning jazosi hamda tavba va magʻfirat haqidagi oyatlardan keyin, bu dunyoyu u dunyodagi mukofot va jazoning umumiy qoidasi zikr qilinadi: